Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»


Download 1.41 Mb.
bet13/33
Sana08.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1442925
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
amaliy mash usk

Introskopiya
Sanoatning turli tarmoqlarida mahsulot sifatini buzmasdan nazorat qilishda introskopiya uslublari keyingi yillarda keng qo’llanilmoqda. Elektron-optik almashtirgichlar introskop asboblar deyiladi. Ular vositasida asboblar metal va boshqa noshaffof materiallarda termik va mexanik ishlovdan keyin hosil bo’ladigan qoldiq kuchlanishlarni, bir jinslikning buzilish holatlarini tadqiq qilish mumkin.
Introskoplarning ishlash tamoyili ko’rinmas infraqizil nurlarni ko’rinadigan nurlarga almashtirib berishga asoslangan.
Yorug’lik spetrining infraqizil sohasida o’tkazuvchanlik koeffitsienti yuqori bo’lgan jismlar introskop asboblarda butunlay shaffof bo’lib ko’rinadi. Introskop asboblar yordamida monokristallarning tuzilishini o’rganish, infraqizil nurlar uchun shaffof hisoblangan materiallarning tozalik darajasini va tuzilishida bir jinsli emas joylarni aniqlash mumkin.
SHuningdek, ulptratovush nurlari ham ko’rinmaslarni ko’rish imkoniyatini yaratadi. Qisqa nur tutamlari ko’rinishida tarqaladigan qisqa ulptratovush nurlari yordamida optik noshaffof jismlar va ulardagi ichki nuqsonlarni o’rganish mumkin. CHunki ulptratovush nurlari ham yorug’lik nurlari kabi qaytadi va sinadi, yoki ularni ham tovush tasvirlari ko’rinishida fokuslash mumkin. Ulptratovush tasviri maxsus aslaha–elektron–akustik almashtirgich yordamida ko’rinadigan tasvirga aylantiriladi. Bunday asboblar yordamida suyuqlik tarkibidagi qattiq jismlar va gaz pufaklarini, shuningdek metall va betondagi yoriqlar, bo’shliqlar, shlak yoki metalli qo’shimchalar qayd etiladi, o’lchami baholanadi.
Ximotronikani metrologiyada qo’llash to’g’risida
Ximotronika – bu kimyoviy elektronika. Ximotronlar – elektrokimyoviy almashtirgichlar bo’lib, elektrokimyoviy qonuniyatlar asosida yaratiladi.
Ximotronlar juda yuqori sezgirlikka ega bo’lgan asboblardir. Masalan, bosimni ximotronlar yordamida milliondan bir atmosferagacha aniqlikda o’lchash mumkin.
Ximotron asboblar odatda mexanik ta’sirni elektr signaliga almashtiradi. Bosim ximotroni quyidagicha tuzilgan: elektrolit to’ldirilgan rezina qopqoqlari bo’lgan plastmassa tsilindr pardadevor orqali ikki bo’lmaga ajratilgan, unda kichik yoki ikki yoqlama teshik bo’lib, teshikka katod, pardadevorlarning ikki tomoniga anodlar joylashtiriladi; rezina membranaga berilgan bosim bir bo’lmadan ikinchi bo’lmaga suyuqlik oqib o’tishiga sabab bo’ladi, bu katodga yod eritmasi o’tkazishni tezlashtiradi, natijada zanjirda elektr oqimi ortadi,bosim qancha katta bo’lsa, elektr oqimi ham shuncha yuqori bo’ladi.
SHovqin, vibratsiya, tezlanish va shu kabilarni o’lchashga mo’ljallangan ximotron o’lchov asboblari ham shunga o’xshash kimyoviy jarayonlarga tayanib loyihalanadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling