Yirik panelli binoni uskunaviy tekshirish tartibi.
Tekshiruv guruhi obhektga jo’nashdan oldin binoga tegishli loyiha hujjatlarni oladi. Loyihani o’rganishda quyidagilarga rioya qilish zarur: hisob sxemasi, yuk ko’taruvchi devorlar qadami, ishlatilgan tuzilmalar turkumlari, devor va orayopma panellarining o’lchamlari, tom va texnik yerto’la tuzilmalari, pollar va ichki pardoz turlari, shuningdek, tuzilmalarning uzoq muddat ishlashini tahminlash bo’yicha loyihada ko’zda tutilgan tadbirlar.
Uskunaviy tekshiruvdan o’tkaziladigan xonadonlar soni binoning qavatlar va sektsiyalar miqdoriga qarab aniqlanadi. Tekshirish uchun xonadonlarni birinchi, o’rta va oxirgi qavatlardan tanlanadi.
Xonadonlar soni 60 tadan kam bo’lgan uylarda 3 ta xonadon uskunaviy tekshiruvdan o’tkazilishi kerak.
Uskunaviy tekshiruvda quyidagilar o’lchanadi va nazorat qilinadi.
binoning notekis cho’kishlari;
tegra yo’laklar (to’shama) qiyaligi;
devor va orayopmalardagi yoriqlar;
devor va orayopmalarning o’rnatilish sifati;
tashqi devor panellari choklarining germetikligi;
orayopmalar salqiligi;
xonadonlarning harorat-namlik rejimi;
bolaxona va tomlar qiyaligi;
sanitariya tugunlari pollari, hammom, bolaxona va tomning namlanishdan himoyasi;
gulqog’ozlar yopishtirish, bo’yoq va koshinlash ishlari sifati;
pollar va duradgorlik buyumlari sifati;
pardadevorlar va orayopmalarning tovush o’tkazmasligi.
Uskunaviy tekshiruv natijalari bo’yicha barcha mahlumotlar ilmiy-texnik hisobot shaklida rasmiylashtiriladi.
Mustaqil tayyorlanish va nazorat uchun savollar
Sanoat va qurilish mahsulotining sifati deb nimaga aytiladi?
Sifat nazoratining qanday turlari mavjud?
Sifat menejmenti nima?
Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi nima?
Sertifikatlashtirish nima maqsadda amalga oshiriladi?
SHtrix – kodlarda qanday mahlumotlar keltiriladi?
Qurilish laboratoriyalari zimmasiga qanday vazifalar yuklatiladi?
Qanday inshootlar foydalanishdan oldin sinovdan o’tkazilishi kerak?
Qurilish mahsuloti va jarayonlari sifatini baholashning qanday usullari mavjud?
Bino va inshootlar tuzilmalari sifatini nazorat qilishda qanday buzmasdan sinash usullari va vositalari ishlatiladi?
Zilzila xavfi yuqori bo’lgan joylarda qurilgan binolarni foydalanishga qabul qilishda qanday tuzilmalar sifatiga alohida e’tibor berish zarur?
Ishchi qabul hayhatining vazifasi nima?
Davlat qabul hayhati kimning tashabbusi bilan tuziladi?
Yirik panelli binoni uskunaviy tekshirishda qanday parametrlar o’lchanadi va nazorat qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |