Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Bino va inshootlarni tekshirish va sinashning maqsadi va vazifasi
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
Bino va inshootlarni tekshirish va sinashning maqsadi va vazifasi - harakatdagi obhektlarning holati va xususiyatini tavsiflovchi, sifat ko’rsatgichlarini baholash uchun belgilangan usul va uskunalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularda kechayotgan jarayonlarni o’rganish, tuzilma materiallarining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlarini tajriba orqali aniqlash va ularni texnik sharoitlarga mosligini tekshirishdan iborat.
Qurilish tuzilmalari, bino va inshootlarni tekshirish tarkibiga tuzilmalarni tayyorlash va montajidagi sifat nazorati usullari, loyiha hujjatlariga qanchalik mosligi va tizimning haqiqiy ishini o’rganish kiradi. Masalan, temirbeton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanayotgan orayopma plitalari standartlarga asoslangan holda ishchi chizmalar asosida tayyorlanishi va belgilangan texnik talablarga javob berishi lozim. Uzunligi, eni, qalinligi, notekisligi, diagonallar uzunligi farqi, qoplama detallarining joylashishi, himoya qatlam qalinligi bo’yicha ma’lum kattalikdagi chetlashishlarga ruxsat etiladi. Beton qorishmasini tayyorlash uchun qo’llaniladigan materiallar shu materiallarga nisbatan qo’llaniladigan davlat standartlari talablariga javob berishi va mustahkamlik loyihadagi beton sinfiga mos bo’lishi kerak. Ishchi armatura uchun belgilangan beton himoya qatlami ishchi chizmalarda ko’rsatilgan qiymatlarga mos kelishi lozim. Qurilish tuzilmalarini tekshirish natijasida sifatga oid kamchiliklar topiladi, tahlil qilinadi va olingan xulosalar asosida u yoki bu tuzilma hisobiy sxemasiga yoki hisobiga o’zgartirishlar kiritiladi. SHu nuqtai nazardan inshootlarni tekshirish katta amaliy ahamiyatga egadir. Bino va inshootlarni tekshirish usullarining ahamiyati va samaradorligi avval bo’lib o’tgan zilzilalar oqibatlarini o’rganish asosida qurilish amaliyotiga tadbiq etilgan antiseysmik chora-tadbirlarda yaqqol ko’rinadi. 1976 yilda Gazli shahrida bo’lib o’tgan zilzila natijalarini o’rganib chiqib, tegishli antiseysmik chora va tadbirlarni amalga oshirib qurilgan bino va inshootlar 1984 yili qayta takrorlangan zilzilada qisman zarar ko’rgan xolos. 1985 yilda Meksikada bo’lgan zilzilada 500 dan ortiq binolar, shu jumladan 40 ta osmono’par baland binolar buzilgan, ayni paytda bir qator binolarda zilzila ta’sirini kamaytiruvchi chora - tadbirlar ko’rilgani uchun zilzila ularga aytarli zarar yetkazmagan. 1985 yili Qayroqqumda bo’lib o’tgan zilzilada Qayroqqum gilam korxonasining 50-yillarda antiseysmik chora-tadbirlarsiz qurilgan binosi batamom buzilgan. Inshootlarni sinashning asosiy vazifasi ularning hisobiy sxemasi bilan real ishchi holati qanchalik mosligini o’rnatishdan iborat. Muhandislik inshootlari murakkab kuchlanish - deformatsiyalanish holatida ishlovchi mexanik tizimlardan iboratdir. SHu sababli, qurilish mexanikasi va inshootlar dinamikasining hozirgi davrga kelib juda rivojlanib, ilgarilab ketganiga qaramasdan, loyihalash jarayonida obhektlarning hisobiy sxemalarini modellashtirish va soddalashtirishga to’g’ri keladi. Jumladan, amalda bir jinsli hisoblangan ST3 markali po’latning cho’zilishga mustahkamligi N.S.Streletsskiy tomonidan sinab ko’rilganda, oquvchanlik chegarasi 200 MPa dan 320 MPa gacha bo’lgan oraliqda o’zgarib turishi aniqlangan. Beton va yog’ochning mustahkamligidagi tarqoqlik yanada katta bo’ladi. Yuqoridagilarga asoslanib shunday xulosa qilish mumkinki, sinash har qanday materialning haqiqiy mustahkamligini baholashda, tuzilmalarning nazariy hisoblarini ularning haqiqiy ishchi holatiga yaqinlashtirishda hamda hisob algoritmlarini takomillashtirishda juda muhim o’rin tutadi. Sinovning asosiy maqsadi - tuzilmalarning yuklama ostidagi holatini o’rganishdir. Fan va texnika rivojlanib borayotgan bir paytda texnologik jarayonlar takomillashib boradi. Buning natijasida eskirgan texnologik tizimlar, uskunalarni yangisiga almashtirishga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatlar yuklamalarning ortishi va inshoot hisobiy sxemalarining o’zgarishiga sabab bo’lib, tuzilmalarning haqiqiy ishchi holatini o’rganish zaruratini vujudga keltiradi. Muhandis-quruvchilar qurilish tuzilmalari, bino va inshootlarning ekspluatatsiyaga yaroqligi, tahmirtalabligi yoki kuchaytirish lozimligi to’g’risidagi masalani hal qilishda inshootlarni tekshirish, sinash uslublariga murojaat qiladilar. SHuningdek, zilzila, ko’chkilar, shamol kabi tabiiy ofatlar, urush harakatlari natijasida shikastlangan inshootlarni tiklash jarayoni ham bevosita tekshirishdan boshlanadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling