Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»


-Amaliy mashg’ulot: Bin ova inshootlarni tekshirish va sinash asoslari


Download 1.41 Mb.
bet18/33
Sana08.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1442925
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
amaliy mash usk

7-Amaliy mashg’ulot: Bin ova inshootlarni tekshirish va sinash asoslari.
Reja:

  1. Qurilishda sinashlar.

  2. Qurilish laboratoriyalarining vazifalari.

  3. Qurilishda texnologik jarayonlarning sifatini tahminlash

Sinash - mahsulot parametrlarining qiymatlari va sifat ko’rsatgichlarini tajribada, ishlatish jarayonida yoki ish sharoitiga yaqinlashtirilgan sharoitlarda aniqlash. Sinash obhektlari sifatida materiallar, tugunlar, tuzilmalar, binolar va inshootlar, butun boshli texnik tizimlar bo’lishi mumkin.
Naturada sinashlar bilan bir qatorda, u yoki bu materialdan maxsus tayyorlangan natura kattaligida yoki o’xshashlik nazariyasini qo’llab tayyorlangan kichiklashgan yoki kattalashgan maketlarda ham sinashlar o’tkaziladi.
Sinash jarayonida buyum bir yoki bir necha ta’sirga duchor etiladi. Buning natijasida tadqiqotni qiziqtiruvchi xossalar, tafsilotlar, parametrlar yoki buyumning sifat ko’rsatgichlari aniqlanadi. Turli materiallarni va tuzilmalarni sinashda mustahkamlik, qattiqlik, sovuqqa va issiqqa chidamlik, agressiv muhitlar ta’siriga turg’unlik, zarbiy moyillik, charchash, yemiruvchanlik, shuningdek, yoriqbardoshlik, suv, havo, issiqlik va tovush o’tkazmaslik kabi xossalarni o’rganish keng tarqalgan.
Sinash turlari bo’yicha har bir mamlakatning o’z standartlari mavjud, ularda sinash uslublari va sharoitlari, rejimlar, namunalarning shakllari va o’lchamlari belgilab qo’yiladi.
Sinashlar o’z obhektlari bo’yicha nazorat va tadqiqot sinovlariga bo’linadi.
Nazorat sinashlari deb, faqat naturaviy namunalarda, mahsulot sifatini ishlab chiqarish, foydalanish va saqlash jarayonida nazorat qilish maqsadlarida o’tkaziladigan sinovlarga aytiladi.
Tadqiqot sinashlari deb, mahsulotning parametrlari, xossalari va sifat ko’rsatgichlarini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan sinashlarga aytiladi. Bu sinashlar naturada yoki maketlarda o’tkazilishi mumkin.
Tadqiqot sinashlari ichida tayyor mahsulotni ekspluatatsion (ishlatishga) sinashlar alohida o’rin tutadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling