Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»


Dinamik yuklamalarni vujudga keltiruvchi vositalar


Download 1.41 Mb.
bet26/33
Sana08.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1442925
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
amaliy mash usk

Dinamik yuklamalarni vujudga keltiruvchi vositalar
Dinamik yuklamalarni hosil qilishning mexanik, gidravlik, pnevmatik va elektrik (eloktromagnit, elektrodinamik, ppezoelektrik) usullari mavjud.
Mexanik usul vibrostol, vibrostend va vibroplatformalarda konstruktsiyalarni sinashda qo’llaniladi. Bunda tsiklik yuklamalar markazdan qochuvchi va krivoship mexanizmlar yordamida hosil qilinadi.
Gidravlik usul tashqi manba energiyasini siqilgan suyuqlik energiyasiga, siqilgan suyuqlik energiyasini esa obhekt qarshiligini yengishga ishlovchi mexanik energiyaga aylantirib berishga asoslangan.
Pnevmatik usul portlash yoki oldindan siqilgan havo energiyasini qo’llashga asoslangan. Elektrik usullar asosan tsiklik yuklamalar hosil qilishda qo’llaniladi.


Gravitatsion kuchlar yordamida tebranish hosil qilish usullari: a) balandlikdan yuk tashlash; b) konstruktsiyaga ip orqali ulangan yukni erkin qo’yib yuborish; v) ballistik mayatnik yordamida; g) konstruktsiyaga tarang tortilgan trossni tezlikda qo’yib yuborish
SHu yo’l bilan tuzilmaning tebranish shakli va davri aniqlanadi.

Pulunjerli gidropulpsatorning sxemasi: 1 – krivoship mexanizmi; 2 – tsilindr; 3 – plunjer; 4 – qo’shimcha tsilindr
Inshoot va uning modelini sinashda elementlarning yuklama ostidagi holati va yuklanish jarayonini tavsiflovchi juda ko’p parametrlar o’lchanadi. Bunday parametrlarga tashqi kuch va harorat ta’siri, tuzilma elementlarining chiziqli va burchakli ko’chishi, ko’chish tezligi, tezlanishi va boshqalar kiradi. Yuqorida keltirilgan parametrlarni o’lchash uchun har xil ish tamoyilga asoslangan, bir-biridan konstruktiv yechimi, sezgirligi, o’lchov diapazoni va boshqa tavsiflar bilan farqlanadigan o’nlab asboblar ishlatiladi. Qo’llaniladigan asboblarga qo’yiladigan talablar sinov oldiga qo’yilgan maqsadga bog’liqdir. Naturaviy sinov o’tkazilganda va inshoot tekshirilganda obhektga tez o’rnatiladigan, avtonom elektr manbaiga ega va keng o’lchov diapazonli asboblar qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Inshoot modelini sinashda (odatda laboratoriya sharoitida) to’laroq tadqiqot ishlari olib borish mumkin bo’ladi. Yahni kuch va harorat ta’sirining har xil rejimlarini modellashtirish, o’rganilayotgan konstruktsiyaning ko’proq kesim va nuqtalarida deformatsiya, ko’chish va haroratni o’rganish mumkin. Bunday holatda modelga har xil turdagi yuzlab, minglab asboblar o’rnatiladi. Modelda sinov o’tkazilganda unda yuzaga keladigan ko’chish va deformatsiyani qiymati juda kichik bo’lgani sababli, o’lchov uskunalariga qo’yiladigan asosiy talablardan biri sezgirlik va aniqlikning yuqori bo’lishidir. Sinov modeliga ko’plab miqdorda o’lchov uskunalari o’rnatilishi uchun ularning nisbiy massasi kichik bo’lishi va ko’rsatgichlarni yozib olishda yuqori tezlikni tahminlash talab etiladi. Ushbu talablarga avtomatlashtirilgan axborot-hisoblash komplekslari bilan tahminlangan zamonaviy sinov asboblari to’la javob beradi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling