Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Tekshirishning asosiy bosqichlari
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
Tekshirishning asosiy bosqichlari
Qurilish tuzilmalarni tekshirish 3 ta bosqichdan iborat: loyiha hujjatlari, ishchi ijro chizmalari va ishlarni yopish dalolatnomalari bilan birlamchi tanishuv; obhektni vizual tekshirish, obhektning loyihaga mos kelishini aniqlash, ko’zga ko’ringan nuqsonlarni aniqlash, inshootni tekshiruvdan o’tkazish rejasini tuzish, buzmasdan sinash usullari yordamida kompleks tadqiqotlar o’tkazish; inshoot holatining tahlili va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish. Loyiha hujjatlarini o’rganib chiqish natijasida tanlangan konstruktiv yechimga baho berish, eng noqulay sharoitda ishlayotgan inshoot elementlari uchun haqiqiy yuklamalarning chegaraviy miqdorini aniqlash mumkin bo’ladi. Obhektni vizual ko’rib chiqishda tekshirilayotgan tuzilma to’g’risida birlamchi mahlumot olinadi, konstruktsiya elementlarining eskirish foizi aniqlanadi va keyingi tekshiruv bosqichlarining ishchi dasturi tuziladi. Inshootlarni tekshirishda muhandislik geodeziyasi usullari keng qo’llaniladi. Ular yordamida binoning cho’kishi, siljishi, yoriq va deformatsiya choklari parametrlari, elementlar salqiligi o’lchanadi. Tayyorlanayotgan qurilish konstruktsiyalari sifatini nazorat qilish buzib va buzmasdan sinash usullarini qo’llagan holda amalga oshiriladi. Buzib sinashda konstruktsiya o’zini yuklama ostida qanday tutishi va uning kuchlanganlik-deformatsiyalangan holati to’g’risida to’la mahlumotga ega bo’lamiz. Lekin har bir tayyorlangan mahsulotni buzib sinab mustahkamligini aniqlaydigan bo’lsak, barcha mahsulot yaroqsiz holga kelgan bo’lur edi. Buzmasdan sinash esa sinalayotgan tuzilma to’g’risida doimo ham to’la mahlumot bera olmaydi. Hisoblash texnikasini qo’llagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda ham real tizimlarning haqiqiy ishchi holati to’g’risida to’laqonli mahlumot olib bo’lmaydi. SHuning uchun amaliyotda nazariy tadqiqotlar, buzib va buzmasdan sinash usullarini birgalikda olib borish lozim. Demak, bino va inshootlar tuzilmalarini sinash tekshirishning ajralmas bir qismi bo’lib, o’zining apparat tahminoti va qayta ishlash usullari bilan eksperimental mexanikaning alohida yo’nalishi hisoblanadi. Inshootlarni tekshirish va sinashning bosh vazifalaridan biri, ularni haqiqiy holatini va kelgusida ekspluatatsiya qilishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Bu muammo qaralayotgan tizimning ishochliligini baholash bilan bevosita bog’langan. Ishonchlilik deganda ma’lum bir vaqt oralig’ida, muayyan ekspluatatsiya sharoitida tizim oldiga qo’yilgan funktsiyani bajarish xususiyati tushuniladi. Ishonchlilik kompleks xususiyatlardan iborat bo’lib, beto’xtovlik, uzoq muddatga chidamlilik va tahmirga yaroqlilik kabilarni o’z ichiga oladi. Beto’xtovlik - obhektning ma’lum vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlash xususiyati. Uzoq muddatga chidamlilik - obhektning uzoq muddat chegaraviy holatga tushmay, ishga yaroqligini saqlash xususiyati. Tahmirga yaroqlilik - obhektning buzilish oldidan o’zini namoyon qilib borishi va tahmirlab tuzatishga yaroqlilik xususiyati. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling