Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Qurilish mahsuloti va jarayonlari sifatini baholash uslublari
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bino va inshootlar tuzilmalari sifatini nazorat qilish .
Qurilish mahsuloti va jarayonlari sifatini baholash uslublari.
Qurilish mahsuloti va jarayonlari sifatini baholash uchun o’lchash, qayd etish, hisoblash, organoleptik, ekspert va sotsialogik usullar ishlatilishi mumkin. O’lchash usuli mahsulot sifat ko’rsatgichlarining qiymatlarini texnik o’lchash vositalari yordamida saqlashga asoslangan. Bu usul xom ashyo buyum va tuzilmalarning ko’pgina sifat ko’rsatgichlarini o’lchash va nazorat qilish uchun ishlatiladi. Masalan, buyumlarning geometrik o’lchamlari, massasi, zichligi, mustahkamligi, suv shimuvchanligi va boshqa xossalarini baholashda metrologik o’lchash usullari yotadi. Qayd etish usuli muayyan hodisalar, buyumlar va harakatlarni kuzatish va miqdorini sanashga asoslangan. Uni buyumlarni sinashda rad qilishlarni qayd etish, turkumdagi nuqsonli buyumlar miqdorini sanash uchun ishlatadilar. Hisoblash usuli qo’llanilganda, mahsulot sifat ko’rsatgichlari va parametrlari nazariy va empirik ifodalarga asosan hisoblanadi. Mazkur usul asosan bo’lajak mahsulotni loyihalashda, yahni u hali eksperimental tadqiqot obhekti bo’lmagan paytda ishlatiladi. Hisoblash usulida mahsulotning ayrim sifat ko’rsatgichlari o’rtasida o’zaro bog’lanishlar aniqlanadi. Organoleptik usulda sifat nazorati insonning his qilish organlari orqali qabul qilingan mahlumotlar (ko’rish, eshitish, hid bilish, issiq va sovuqni sezish kabi) asosida amalga oshiriladi. Tarixda organoleptik usul uskunaviy usul bilan birgalikda, uskunaviy usullar yetarlicha taraqqiy etgan ilmiy asosga ega bo’lgunga qadar ishlatib kelingan. Ekspert usuli mahsulot sifat darajasini atroflicha baholashda keng qo’llanilib, ekspertlar tomonidan qabul qilingan qaror asosida sifatga baho beriladi. Sotsialogik usul amaldagi va ehtimoldagi istehmolchilarning mahsulot sifati to’g’risidagi fikr - mulohazalarini yig’ish va tahlil qilishga asoslangan. Bino va inshootlar tuzilmalari sifatini nazorat qilish . Bino va inshootlarning tuzilmalarini tayyorlash, saqlash, tashish va montaj jarayonlarida ular sifat nazoratidan o’tkazib boriladi. Barcha turdagi tuzilmalarning o’lchamlari nazoratdan o’tkaziladi, ulardagi tashqi nuqsonlar qayd etiladi, temirbeton buyumlarning mustahkamligi, yoriqbardoshligi, bikrligi tekshiriladi. Metall tuzilmalar va dastgohlarning korroziyaga qarshi himoyalanishi ham sifat nazoratidan o’tkaziladi. Nazorat o’tkazishda buzmasdan sinash usullari va vositalari, jumladan, elektromagnit, radiatsion, ulptratovush asboblaridan samarali foydalaniladi. Bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda sifatni uskunaviy nazorat qilish Sanoat va fuqaro binolarini, shuningdek, inshootlarni foydalanishga qabul qilishda ular albatta sifat nazoratidan o’tkazilishi zarur. Bu jarayonda barcha qurilish jarayonlarining bajarilish sifati buyurtmachi, pudratchi, moliyalashtiruvchi va qurilish sifati uchun mashul tashkilotlar vakillari ishtirokida baholanadi va binoning foydalanishga yaroqligi to’g’risida yakuniy xulosa qabul qilinadi. Bino va inshootlarni foydalanishga topshirishdan oldin ularni sifat nazoratidan o’tkazishdan maqsad qurilishning amaldagi mehyorlar va loyiha hujjatlariga qanday muvofiqlikda bajarilganligini tekshirish, yo’l qo’yilgan nuqson va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash va bajarilishini tahminlashdir. Bunda bino zilzilabardoshligini tahminlash bo’yicha loyiha yechimlari va konstruktiv tadbirlarning bajarilish sifatiga alohida e’tibor berish zarur. Agar binolar o’ta mashuliyatli bo’lsa, sifatni nazorat qilishda buzmasdan sinash usullari bilan bir qatorda statik va dinamik yuklamalar ta’siri ostida sinov yoki tekshiruv o’tkazish ham ko’zda tutiladi. Binolarni foydalanishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: ishchi hayhat tomonidan qabul qilish va davlat hayhati tomonidan qabul qilish. Ishchi hayhat buyurtmachi tomonidan tashkil etiladi. Hayhat tarkibiga buyurtmachi vakili (rais), bosh pudratchi va subpudratchilar, kasaba uyushmalar kengashi texnik nazorati, buyurtmachi kasaba uyushmasi, sanitariya va yong’in xavfsizligi nazorati vakillari kiradi. Ishchi hayhat istiqbolda davlat hayhatiga taqdim etiladigan barcha hujjatlarni tekshiruvdan o’tkazadi. Binoni topshirish - qabul qilish tadbirlari barcha qurilish-montaj ishlari yakunlangandan keyin amalga oshiriladi. Ijrochilar barcha qilingan ishlar sifatini yana bir bor ko’zdan kechiradilar va yaxlit inshootni geodezik nazoratdan o’tkazadilar. Jumladan, rezervuarlar germetikligi, devorlarining mustahkamligi va zichligi sinovdan o’tkaziladi. Mazkur sinovlar dasturi me’yoriy hujjatlar va loyiha talablariga muvofiq belgilanadi. Sinov natijalari esa yopiladigan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari kabi rasmiylashtiriladi. SHuningdek, zilzila xavfi mavjud tumanlarda qurilgan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda loyihada ko’zda tutilgan antiseysmik tadbirlarning amalga oshirilish sifati alohida tekshirilishi kerak. Jumladan, zilzilaga qarshi choklarning bunyod etilish sifati, asosiy yuk ko’taruvchi tuzilma va devorlarning mustahkamlik xususiyatlari, binodagi fazoviy bikrlikni tahminlovchi bog’lanishlar tizimi amaldagi me’yoriy hujjatlar va loyiha asosida teshirilishi zarur. Ishchi hayhatga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak: o’rnatilgan tuzilmalarning ishchi chizmalari (bunda o’rnatish jarayonida yo’l qo’yilgan loyihadan chetlanishlar va bu to’g’rida loyiha tashkiloti bilan kelishuvlar aks etgan bo’lishi kerak); o’rnatilgan po’lat va temirbeton buyumlarning sertifikat yoki pasportlari; montaj qilishda ishlatilgan ashyolar sifatini tasdiqlovchi hujjatlar; choklarni payvandlash va to’ldirish bo’yicha laboratoriya tahlili hujjatlari; payvandchilar malakasi to’g’risidagi guvohnomalar ro’yxati; tarx o’qlarini o’tkazish va tuzilmalarni o’rnatishda bajarilgan geodezik o’lchash natijalari; yopilgan ishlar dalolatnomalari; tuzilmalarda o’tkazilgan sinashlar dalolatnomalari (agar bunday sinovlar ko’zda tutilgan bo’lsa); montaj va payvand ishlari, shuningdek, yuqori mustahkamlikdagi boltlarni o’rnatish va choklarni to’ldirish jurnallari; machtalar tortqilari va minoralar hovonlarida o’lchangan oldindan zo’riqtirish qaydnomalari va hokazolar. Ishchi hayhat lozim topsa, hujjatlar aks ettirilgan mahlumotlarning amalda bajarilgan ishlarga muvofiqligini aniqlaydi; qo’shimcha sinashlar o’tkazadi; ayrim yopilgan ishlarning tuzilgan dalolatnomalarga mosligini tekshiradi. Ishchi hayhat tomonidan aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgandan so’ng, buyurtmachi qurib bitkazilgan inshootni davlat hayhatiga topshirishni tashkil etadi. Davlat arxitektura - qurilish nazorati idorasi barcha texnik va yuridik hujjatlarning to’liqligi va to’g’riligini tekshiradi, binoni dastlabki tekshiruvdan o’tkazadi, shu asosda davlat qabul hayhatini belgilash mumkinligi to’g’risida hujjat tuzadi. Bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda sifatni uskunaviy tekshirish tartibi va hajmi binoning turi va o’lchamlariga bog’liqdir. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling