Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Mahsulot haqidagi mahlumotlarni standartlashtirish va kodlash
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
Mahsulot haqidagi mahlumotlarni standartlashtirish va kodlash
SHtrix-kodlarni mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora o’tgan asrning 30-yillarida AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda foydalanish bir necha o’n yillardan so’nggina, aniqrog’i, 60-yillardan boshlangan. SHtrix-kodlar dastlab temir yo’llar tizimida ishlatilgan bo’lib, shu usul orqali temir yo’l vagonlari identifikatsiyalangan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSH da Mahsulotning universalp kodi (IRC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YeAN (Eurorean Article Numbering) tahsis etildi va hozir undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda. SHtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (bo’sh joy) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo’lib, bu chiziqlarning o’lchamlari standartlashtirilgan. SHtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o’qishga mo’ljallangan. Ular vositasida shtrixlar mikroprotsessorlar orqali raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi mahlumotlar komppyuterda to’planadi. Ko’pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda qadoqlangan mahsulotda shtrix-kodning bo’lishi majburiy sanaladi. Aks xolda savdo tashkilotlari mahsulotni qabul qilishdan voz kechishlari mumkin. Bu qoidaga xalqaro savdo munsoabatlarida ham rioya etiladi. Ushbu tizimning iqtisodiy samaradorligi mahsulotning 85 foizidan ko’pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo’ladi. Bundan tashqari kodlashtirish mahsulotga nisbatan bo’lgan talab va extiyojlarni aniqlash, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, buxgalteriya hisoblarida va hujjatlarni rasmiylashtirishda, hamda mahsulotlarni saqlash va savdoda sifatni nazorat etishda alohida o’rin tutadi. Asosan EAN kodlarining ikki tizimidan ko’proq foydalaniladi: 13 xonali va 8 xonali raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki xona) ikki shtrix va ikki bo’sh joydan iborat bo’ladi (12.1 - rasmga qarang). 13 xonali kodning tarkibida quyidagi kodlar ko’rsatiladi: davlat kodi ("davlat bayrog’i"); korxona (firma) - tayyorlovchi kodi; mahsulotning kodi; nazorat raqami. Tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) korxonaning kodi har bir davlatda tegishli mahkamalar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo’lib, davlat kodidan keyin keladi. Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo’ladi. Bu kodning talqini standartga dahldor bo’lmay, u mahsulotga taalluqli bo’lgan muayyan xususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o’zigagina ma’lum bo’lgan va shu mahsulotning qayd etilish tartib raqamiga xos bo’lgan mahlumotlarni ifodalashi ham mumkin. Odatda, birinchi raqam – mahsulotning nomini, ikkinchi raqam – mahsulotning istehmol xususiyatlarini, uchinchi raqam – o’lchamlari va massasini, to’rtinchi raqam – ingredientlarni, beshinchi raqam – rangini ifodalaydi.
13 – xonali YeAN kodi EAN assotsiatsiyasi tomonidan turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Frantsiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-83 oraliqlari tavsiya etilgan. Bahzi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan, Gretsiya – 520, Rossiya - 460, Braziliya – 789, O’zbekistonda esa – 478. Quyida keltirilgan 12.1 - jadvalda bahzi bir davlatlarning litsenziya asosida olingan kodlari keltirilga EAN tizimi bo’yicha mahsulotlarni shtrixli kodlashtirish uchun ayrim davlatlarning kodlari
Nazorat raqami EAN algoritmi bo’yicha kodni skaner vositasida to’g’ri o’qilganligini va mahsulotning haqiqiy ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi. Buning uchun shtrixli kodlar ustida ma’lum ketma-ketlikdagi hisoblar amalga oshiriladi. Misol tariqasida 12.1 – rasmda keltirilgan shtrixli kodni hisoblaylik. 1. Juft o’rinlardagi raqamlar o’zaro qo’shiladi: 6+1+2+1+0+1=11 2. Yig’indini 3 ga ko’paytiramiz: 11x3=33 3. Nazorat raqamidan boshqa toq o’rinlarda joylashgan raqamlar o’zaro qo’shiladi: 5+0+7+1+1+0=14 4. Ikkinchi va uchinchi bandlarda ko’rsatilgan sonlar qo’shiladi: 33+14=47 5. Hosil bo’lgan sondan 10 liklarni tashlab yuboramiz, natijada 7 qoladi. 6. Beshinchi bandda hosil bo’lgan sonni 10 dan ayiramiz: 10-7=3 Agar ushbu tartibdagi hisoblar natijasida olingan oxirgi raqam shtrixli koddagi nazorat raqami bilan bir xil bo’lmasa, mahsulot noqonuniy ishlab chiqarilganligini bildiradi. SHuningdek, shtrixli kodlarda ishlab chiqaruvchi mamlakat uchun 3 ta raqam, korxona uchun 4 ta raqam ajratilgan holatlar ham bo’ladi. Bunday shtrixli kodlarda raqamlar soni 8 ta bo’ladi. EAN-8 kodi qadoqlangan kichik o’lchamli mahsulotlar uchun mo’ljallangan. EAN-8 kodlari quyidagi tarkibdan iborat (12.1 - rasmga qarang): davlat kodi ("davlat bayrog’i"); korxona (firma) - tayyorlovchi kodi; nazorat raqami. 8 – xonali YeAN kodi Bahzan, tayyorlovchi korxona kodining o’rniga mahsulotning qayd etish tartib raqami keltirilishi ham mumkin. Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo’ljallangan. Talabgar (xaridor) uchun mahlumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va mahlumotnomalarda keltiriladi yoki maxsus mahlumotlar bankida saqlanishi mumkin. To’liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlari yoki savdo subhektlari uchun muhim bo’lib, mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish uchun va kerak bo’lsa mahsulotning sifati kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan bo’lsa, buning uchun javobgar idoraga aniq manzil bo’yicha raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi. O’zbekiston Respublikasida mahsulot sifatini sertifikatlashtirishda shtrix-kodlar tizimi tobora keng joriy etilmoqda. 1999 yilda «O’zdavstandart» qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix-kodlar masalalari bilan shug’ullanuvchi markaz tashkil etilgan. Ushbu markazni tahsis etishdan maqsad - mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ’ib etishdir Albatta, bunda xalqaro me’yoriy hujjatlarni hisobga olgan xolda kodlashning standartlashtirilishi alohida ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning joriy etilishi, eng avvalo, 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan "Istehmolchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida" qonunning 4 moddasida ko’zda tutilgan, istehmolchining xarid qilinayotgan mahsulot haqida zarur va ishonchli mahlumot olish huquqini tahminlash bo’yicha davlat kafolatini amalga oshirishda mustahkam zamin yaratadi. SHtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi afzalliklarni vujudga keltiradi: avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining joriy etilishini osonlashtiradi; ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash, sotish va ayriboshlash kabi faoliyatlarda hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi; resurslarni chuqur tahlil qilish uchun imkoniyat yaratadi; hujjatlar aylanishini tezlashtiradi; muntazam ravishda mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli mahlumotlarni yig’ishni yo’lga qo’yish mumkin; boshqaruv va nazorat mahkamalarining so’rovlari bo’yicha mahsulot xususidagi mahlumotlarni tezkor ravishda taqdim etish mumkin. Biroq xaridor faqat sotib olayotgan mahsulotini ishlab chiqargan davlat to’g’risidagi mahlumotnigina emas, balki tegishli barcha mahlumotlarni ham bilishni istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish vositasida hal etilishi mumkin. Biroq buning uchun sertifikatlashtirish vositasida taomilga kiradigan, majburiy standart talablari ro’yxatini kengaytirish lozim bo’ladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling