Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Mexanik tebranishlarni o’lchovchi asboblar
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
Mexanik tebranishlarni o’lchovchi asboblar
Qurilish konstruktsiyalari va inshootlarining mexanik tebranishlarini o’lchash uchun vibrometrlar ishlatiladi. Tebranish takroriyligini aniqlashga mo’ljallangan vibrometrlar takroriylik o’lchagichlar deb ataladi, tebranish amplitudasiini aniqlashga mo’ljallangan vibrometrlar esa amplitudomerlar deyiladi. Eng oddiy takroriylik o’lchagich turli uzunlikdagi po’lat plastinkalar (yoki simlar) majmuasidan iborat bo’lib, hammasining bir uchi yagona tayanchga biriktirilgan bo’lib, boshqa uchiga yuklar o’rnatilgan bo’ladi. Yuklar shunday tanlanganki, har bir plastina ma’lum takroriylikka sozlangan bo’ladi. Asbob tebranayotgan konstruktsiyaga o’rnatiladi va plastinalarining holati kuzatiladi. Agar plastinalardan birontasi rezonans holatiga tushsa, demak, uning xususiy tebranish takroriyligi konstruktsiyaning tebranish takroriyligiga yaqindir. Rezonans holatidagi plastinaning tebranish takroriyligi oldindan mahlum, demak, unga asoslanib konstruktsiyaning tebranish takroriyligini baholash mumkin. Tebranishlar amplitudasini vibrogramma yozuvlarisiz aniqlash uchun vibromarkalar, indikatorlar, mayatniklar va boshqa asboblar o’lchov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Vibromarka (o’lchovli pona) yordamida tebranish amplitudasini tezkorlik bilan, yuqori aniqlik talab etmay aniqlash mumkin. Vibromarka chizma qog’ozining bir bo’lagi bo’lib, uzunligi 100 mm va balandligi 5 mm bo’lgan ponasimon uchburchak shaklidan iborat. Vibromarka tebranayotgan konstruktsiyaning vertikal yuzasiga yopishtiriladi. Amplitudani vibromarkalar asosida aniqlash inson ko’zining ko’rish xususiyatlariga asoslangan. Vibratsiya takroriyligi 8 Gts dan katta bo’lganda, insonning ko’zi uchburchak tasvirining oniy o’zgarishini payqamaydi va uni chekka (qamrovchi) holatlar bo’yicha yaxlit tasvir sifatida qabul qiladi. Vibromarkalar sxemasi: a – vibratsiya paytida; b – vibratsiyasiz holatda Qurollanmagan ko’z tebranish paytida uchburchakning uchini dastlabki – tebranishsiz uchburchak uchidan x masofada ko’radi. Tebranishning amplituda qiymati uchburchaklarning o’xshashlik xossalaridan foydalanib topiladi: . (7.1) Mexanik tebranishlarning davri, takroriyligi, amplitudasi va tebranish shaklini aniqlash uchun vibrogrammalardan foydalaniladi (7.5–rasm). Vibrogrammalar yordamida so’nuvchi, majburiy tebranishlar, zarb ta’sirlari ostidagi dinamik tebranishlarni o’rganish mumkin. Tebranishlarni yozish natijasida olinadigan vibrogrammalarning asosiy turlari: a – so’nuvchi tebranishlar; b – bir tonli oddiy tebranish; v – ikki tonli murakkab tebranish; g – uch tonli murakkab tebranish; d – zarb ta’siridan tebranish; ye – rezonans holatdagi tebranish Vibrogrammalar vibrograflar vositasida yozib olinadi. Vibrograflar sinov paytida tekshirilayotgan obhektga bog’lab qo’yilgan va bog’lanmagan bo’lishi mumkin. Vibrograflar sinalayotgan konstruktsiyaga o’rnatiladi va u bilan birga tebranadi. Vibrografda yozish qurilmasi bo’lib, uzluksiz holda tebranishni yozib boradi (7.6 – rasm). VR-1 rusumdagi vibrografning tuzilish sxemasi: 1- uchlik; 2 – naycha; 3 – shtift; 4 – qisqich vint; 5 – prujina; 6 – yozuvchi richag; 7 – yozuv tasmasi; 8 – vaqtni qayd etuvchi; 9 – yuritma bo’linmasi; 10 – batareya bo’linmasi; 11 – kalit; 12 – prujina Tebranishlarni yozish bilan bog’liq sinovlar tugagandan keyin tasma yirtib olinadi va yozuv tahlildan o’tkaziladi (7.7 – rasm). VR-1 rusumdagi vibrograf yordamida olingan tebranishlar amplitudasi va takroriyligi yozuvining sxemasi: 1 – yozuv tasmasi; 2 – vaqt belgisi; 3 – amplituda yozuvi Tebranishlar amplitudasi quyidagi formuladan topiladi: A= , (7.2) bunda k – asbob koeffitsienti, n –mikroskop shkalasining bo’laklari soni orqali ifodalangan ikkilangan amplituda kattaligi; d – mikroskopning bitta bo’lagi qiymati. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling