Mustaqil tayyorlanish va nazorat uchun savollar
Mexanik asosda ishlovchi qanday o’lchov asboblarini bilasiz?
Soatsimon indikator qanday tuzilishga ega?
Indikatorlar yordamida qanday aniqlikda va qanday diapozonda o’lchashlarni amalga oshirish mumkin?
Richagli-tishli indikatorlar ko’chishlarni qanday diapozonda o’lchaydi?
Dinamometrlar yordamida nima o’lchanadi?
Dinamometrlarning qanday turlari mavjud?
Tebranishlarning qanday turlari mavjud?
Vibrometrlar nima?
Vibrograflar nima maqsadda ishlatiladi?
Vibrogramma yordamida tebranishning qanday parametrlarini o’rganish mumkin?
5-Amaliy mashg’ulot: Mavzu: Zamonaviy metrologiyaning ayrim fizik kattaliklarini o’lchash bo’yicha imkoniyatlari
Reja:
Metrologiyada lazerlarni qo’llash
Introskopiya
Ximotronikani metrologiyada qo’llash to’g’risida
Davlat etaloni asosiy va hosilaviy o’lchov birliklarini ifodalashning hozirgi paytda erishilgan eng yuqori aniqlik chegarasi hisoblanadi. Lekin zamonaviy fan va texnika talablari bilan mavjud etalonlarning aniqligini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, fizik kattaliklarning istehmoldagi etalonlari bu talablarni to’liq qanoatlantirmaydi yoki juda oz aniqlik zahirasiga ega, tabiiyki, jiddiy takomillashtirishga muhtoj.
Mukammallashgan etalonlar yaratish metrologiyaning yaqin kelajakdagi asosiy vazifalaridan biridir. Jumladan, zamonaviy prezitsion dastgohsozlik talablari uzunlik o’lchami - metrning o’lchash xatoligini 2 marta kamaytirishni taqozo qilmoqda. Fan va texnika, amaliyot ehtiyojlari vaqt va takroriylikni o’lchashda aniqlikni oshirish, sekundni o’lchashdagi xatolikni 510-13 darajaga kamaytirishni zarurat qilib qo’ymoqda. Bundan tashqari Kandela, Amper, Volpt, Om kabi birliklarning ifodalash xatoligi ikki va undan ortiq marta kamaytirilishi zarur.
SHu bilan bir qatorda harorat, kuch, bosim, zichlik, yopishqoqlik kabi fizik kattaliklarni o’lchash sohasiga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim. Masalan, hozirgi davr talabi haroratni 1000000S gacha, bosimni 1010-1011 Pa(105-106 atm) gacha, vakuumni 1,310-11 -1,310-12 Pa(10-13-10-14mm simob ustuni) gacha yetarli aniqlikda o’lchashni taqozo qilmoqda.
Etalonlarni takomillashtirish yoki yanada aniqroq yangi etalonlar yaratish o’ta murakkab va qiyin vazifadir. Hozirgi zamon fani, eng avvalo, fizikaning muvaffaqiyatlari asosiy fizik kattaliklarni etalonlashtirishning yangi yo’llari va usullarini ochib bermoqda. Mazkur maqsadlarda molekulyar fizika, atom va yadro jarayonlariga tayanish istiqbollidir. Aytib o’tilgan jarayonlardan o’lchov birliklarini etalonlashtirishda foydalanishning katta ustunliklaridan biri ularning qathiy qonuniyatga muvofiq sodir bo’lishi, tashqi sharoitlarga nisbatan mustaqilligi va o’lchov birliklarini ifodalash uchun juda qulayligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |