«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi
15.3. Temir ishlab chiqarish texnologiyasi.
10
Cho‘yan xossalari. Tuzilishiga ko‘ra cho‘yanlar oq va kulrang bo‘ladi. Bunday ranglar, cho‘yanni ikkiga bo‘lganda unda sementit yoki grafit borligini bildiradi. Oq cho‘yan mo‘rt va juda qattiq. U asosan po‘lat va bolkalashbop cho‘yan olishda ishlatiladi. Kulrang cho‘yanning mexanik xossalari asosan undagi grafit singari moddalarning miqdoriga bog‘liq. Mo‘rtligi bo‘yicha oq cho‘yandan keyin turadi. Ishlatilayotgan vaqtdagi siqilishga bo‘lgan mustahkamligi cho‘zilishga qaraganda 3–4 marta katta bo‘ladi. U asosan siqilishga ishlaydigan buyum va konstruksiyalar (ustun, tayanch taglik, oqova suv quvurlari va h.k.) tayyorlashda ishlatiladi. Kulrang cho‘yanning mexanik xossalarini yanada yaxshilash uchun oq suyuq cho‘yanga maxsus modifikatorlar qo‘shiladi va yuqori mas’uliyatli ob’ektlar qurilishida ishlatiladi. Bolg‘alashbop cho‘yan yuqori plastikligi, qayishqokligi qamda qayta ishlash osonligi bilan boshqa cho‘yanlardan farq qiladi. Ok, cho‘yan neytral yoki oksidlovchi (qum yoki simobda) muhitda uzoq vaqt (100 soat) davomida yuqori haroratda (980—760°S) qizdirib olinadi. Bu jarayon cho‘yanning toliqishi deb ataladi.
«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi
15.3. Temir ishlab chiqarish texnologiyasi.
11
Po‘latning xossalari. Qurilishda temir konstruksiyalar tayyorlashda asosan oddiy uglerodli, qizdirib qayta ishlangan konvertordan chiqqan, kam legirlangan konstruksiyabop po‘latlar ishlatiladi. Dinamik (to‘satdan ta’sir etuvchi kuch) kuch ta’sirida ishlaydigan konstruksiyalar marten o‘chog‘ida eritilgan yoki kam legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi.
Qurilishda payvandlaydigan konstruksiyalar tayyorlashda oqish chegarasi (350—400) 9,8·105 N/m2 ga teng bo‘lgan mustahkamligi oshirilgan po‘latlar hamda oqish chegarasi (600—800) 9,8·105 N/m2 ga teng yuqori mustahkam po‘latlarni ishlatish iqtisodiy tomondan samaralidir. Qurilish konstruksiyalarini tayyorlashda asosan kam uglerodli va kam legirlangan po‘lat navlari ishlatiladi. Kam legirlangan po‘lat ishlatilganda 20 %ga, yuqori mustahkam po‘lat ishlatilganida esa 40 %ga yaqin po‘latni tejash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |