Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish


Yoqilg’ining o’z-o’zidan yonishga moyilligi


Download 2.88 Mb.
bet15/27
Sana12.11.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1769170
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Иссиклик техникаси амалий

Yoqilg’ining o’z-o’zidan yonishga moyilligi yoqilg’ini tashishi va saqlashda muhim ahamiyatga ega. Qattiq yoqilg’ilarni saqlashda ularning havoda yemirilishi, havodagi kislorod bilan birikib yonishi xususiyatlariga egadir.
Yonganda ko’p miqdorda issiqlik chiqadigan, tevarak atrofdagilarga zararli ta’sir qilmaydigan, issiqlik olish uchun ishlatilishi maksadga muvofiq hamda iqtisodiy jihatdan foydali bo’lgan barcha moddalardan yoqilg’i sifatida foydalanish mumkin. Elektr, mexanik va issiqlik energiyasini olishni asosiy manbai organik yoqilg’i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzmda ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan energiyaning 70% ni organik yoqilg’ining kimyoviy energiyasi hisobidan va faqat 30% gina suv, shamol, quyosh va atom energiyasidan foydalanish hisobidan olinadi.
Organik yoqilg’i energiya manbai bo’lishi bilan bir qatorda, u kimyo sanoati uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Organik yoqilg’ilarni qayta ishlash natijasida ko’plab muhim kimyoviy mahsulotlar olinadi. Kazib olingan joyi va ishlatilishiga ko’ra maxalliy yoqilg’i (torf va slanets) va tashib keltiriladigan yoqilg’ilar bo’ladi.
Yoqilg’i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo’ladi. Organik moddalargauglerod (S), vodorod (N), kislorod (O2), azot (N2) va oltinguturt (S) kiradi. Bu kimyoviy ele-mentlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg’ida turlicha bo’ladi. Masalan, neft’ va uning mahsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan.
Yoqilg’i tarkibiga yonuvchan elementlar, namlik va yoqilganda kulga o’tadigan minerallar kiradi. Yoqilg’ini tarkibi kimyoviy elementlarning massaviy foiz miqdori, namligi va kul miqdori bilan tavsiflanadi.
Qattiq va suyuq yoqilg’ining elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
C+N+S+O+N+A+W=100%
Yoqilg’ining yonuvchan qismiga uglerod, vodorod va oltingugurt kiradi. Yoqilg’ining yonmaydigan qismiga esa, azot, kislorod, namlik W va yoqilg’i yonganda kulga aylanadigai mineral moddalar A kiradi. Yoqilg’ining tarkibi ishchi, kuruq, yonuvchan va organik massalarga ajratiladi. Har bir massa tarkibiga mos ravishda quyidagidek indekslar beriladi: ishchi i; quruq - q; yonuvchan - yo; va organik - o;
Yoqilg’i iste’molchiga qaysi holda berilsa va yondirilsa, shu holda yoqilg’iga ishchi yoqilg’i massasi va elementar tarkibi esa, mos ravishda ishchi massa va ish tarkibi deyiladi. Ishchi massaning elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling