Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish


Download 2.88 Mb.
bet16/27
Sana12.11.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1769170
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Иссиклик техникаси амалий

Qattiq yoqilg’ining yonishi. Qattiq yoqilg’ini yonish jarayoni ketma - ket keladigan quyidagi bosqichlardan tashkil topgan qizdirish, namlikni bug’lanishi, uchuvchan moddalarni ajralishi va koksning hosil bo’lishi, uchuvchan moddalar va koksni yonishi.
Bu bosqichlardan asosiysi, koksni, ya’ni uglerodni yonishi hisoblanadi. Bundan tashqari koksni yonishi qolgan bosqichlarga qaraganda ko’prok davom etadi (yonish vaqtining 90% gacha) va xuddi shu bosqich qolganlari uchun issiqlik sharoitini yaratadi. Yonish bosqichigacha bo’lgan bosqichlar uchun issiqlik sarflanadi. Bu sarflar yonish issiqligining 20 - 25 % gacha bo’lishi mumkin. Yonish to’liq va to’liqmas (chala) bo’ladi. Yoqilg’ining yonuvchan elementlari kislorod bilan quyidagicha reaktsiyaga kirishib yonsa, bunday yonish to’liq yonish deyiladi:
C + O2 =CO2+ Q
bunda Q - yonish vaqtida ajralib chiqkan issiqlik miqdori. Bu reaktsiya kilomollarda quyidagicha yoziladi.
12C + 32O2 = 44CO2 + 409 MJ/kmolь
yoki
C + 8/3O2 = 11/3CO2 + 34,1 MJ /kg
tenglamadan ko’rinib turibdiki, 1 kg utlerodni to’liq yonishi uchun 8/3 kg kislorod zarur bo’ladi. Reaktsiya natijasida 11/3 kg CO2 hosil bo’ladi va 34,1 MJ issiqlik ajralib chiqadi. Vodorodning yonishi:
2H3 + O2 = 2H2O + 242 MJ/kmolь
yoki H2 + 8O2 = 9N2O + 121 MJ/kg
Bu reaktsiyada 1kg H2 yonishi uchun 8 kg kislorod zarur bo’ladi, reaktsiya natijasida 9 kg suv bug’i hosil bo’ladi va 121 MJ/kg issiqlik ajralib chiqadi.
Oltingugurtning yonishi:
S+O2=SO2 + 289 MJ/kmolь
yoki
S + O2 = 2SO2 + 9.04 MJ/kmolь
1kg oltingugurt yonganda 1 kg kislorod sarflanadi. Reaktsiya natijasida esa 2 kg SO2 hocil bo’ladi va 9,04 MJ issiqlik ajraladi.
Yonish mahsulotlari ichida yonuvchan elementlar va yonmagan yoqilg’i zarralari qolgan bo’lsa, bunday yonish to’likmas (chala) yonish deyiladi.
Uglerodning chala yonishi:
2C + O2 = 2CO + 246 MJ/kmolь
yoki
C + 4/3O2 = 7/3CO + 103 MJ/kmolь
ya’ni 1 kg uglerod chala yolganda ½ kg kislorod sarflanadi, reaktsiya natijasida esa 7/3 kg CO hosil bo’ladi va 10,3 MJ issiqlik ajralib chiqadi.
Hosil bo’lgan utlerod oksidi yonadi:
2CO + O2 = 2CO2 + 286 MJ/kmolь
yoki
CO + 4/7O2 = 11/7 CO2 + 5,1 MJ/kg
ya’ni 1kg CO yonishi uchun 4/7 kg kislorod sarflanadi, reaktsiya natijasida esa 11/7 kg CO2 hosil bo’ladi va 5,1 MJ issiqlik ajraladi.
Yoqilg’i to’liq yonganda uglerod, vodorod va oltingugurtning yonishida olinishi mumkin bo’lgan barcha issiqlik chiqadi. Yonish mahsulotlarida yoka yonmaydigan moddalargina: karbonat angidrid CO2, suv bug’lari H2O va oltingugurt angidrid SO qoladi.
Yonuvchi elementlar chala oksidlanganda yonish mahsulotlari bilan birga ko’p miqdorda utlerod (II)-oksid CO, vodorod H2, metan CH4 va yona oladigan boshqa uglevodorodli birikmalar ham chiqib ketadi.
Hozirgi zamon o’txona texnikasida qattiq yoqilg’ini yoqishning asosan to’rt xil usuli - qatlamli, qaynayotgan qatlamli, mash’alali va uyurmali yonish usullaridan foydalaniladi (1 - rasm).

1-rasm. Qattiq yoqilg’i o’txonalari tasnifi: a) qatlamli usul; 6) qaynayotgan qatlamli usul; v) mash’alali usul; g) uyurmali usul.

Yonayotgan qatlam tuzilishini ko’rib chiqish yonish jarayonini chuqurroq o’rganish imkonini beradi (1 - rasm)


Qatlamli yonish - bu yoqilg’ini panjarali o’tdonda qatlamlab yoqish usulidir.


Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling