Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish


Download 2.88 Mb.
bet25/27
Sana12.11.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1769170
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Иссиклик техникаси амалий

O’quv topshiriklar
1
Guruh bilan ishlash qoidalari

Guruh a'zolarining har biri


  • o'z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim;

  • berilgan topshiriqlar bo'yicha faol, hamkorlikda va mas'uliyat bilan ishlashlari lozim;

  • o'zlariga yordam kerak bo'lganda so'rashlari mumkin;

  • yordam so'raganlarga ko'mak berishlari lozim;

  • guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;

  • "Biz bir kemadamiz, birga cho'kamiz yoki birga qutilamiz" qoidasini yaxshi bilishlari lozim.


-ilova


2-ilova
1. Bitta gap bilan savolga javobni shakllantiring.
Kar’erdan keltirilgan xom ashyo yirikligi qancha mm bo’ladi?

  1. “ Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi” bo’yicha sxema tuzing va namuna olish bosqichlarini alohida ko’rsating?




  1. Ushbu tushunchalarning mazmunini yoriting.

Keramik material, quritish jarayoni, pishirish, aylanish tezligi tushunchalarining mazmuni.


Tayanch so’zlar: Keramik materiallar, kuydirish jarayonlari, quritish.

Kar’erdan keltirilgan xom ashyo yirikligi 5 mm gacha qilib maydalanadi. Qattiq jinslar tosh maydalagich mashinalarida, yumshoqlari esa (tuproq, bo’r) suv bilan maxsus xovuzda qorishtirib maydalanadi.


Xovuzda xosil bo’lgan shlam deb ataluvchi qotmoqsimon bo’tqa quvur orqali tsilindr shaklidagi aylanma tegirmonga yuboriladi.
Po’lat yoki cho’yan sharchalar solingan tegirmon xar daqiqada 28 marta aylanadi va natijada undagi 35-45% gacha bo’lgan shlam mayda qilib tuyiladi. Tuyilgan shlamning kimyoviy tarkibini to’g’rilash uchun uni uzatuvchi quvurlar orqali shlam saqlagich xovuzlarga yuboriladi va oksidlar miqdori laboratoriyada aniqlanadi.
Pishirish. Tayyorlangan xom ashyo materiallari aylanma pechlarda pishiriladi. Pech’ qattiq pulat listlardan yig’ilgan uzun tsilindr bo’lib, uning ichki qismi o’tga chidamli material bilan qoplangan. TSilindr uzunligi 185...230 m, diametri 5-7m. Aylanma pech’ maxsus tayanchlarga bir tomonga nishab (4o) qilib o’rnatiladi. Aylanish tezligi daqiqasiga 1-2,5 aylanishga teng.
Xom ashyo namligi 34-40% bo’lgan shlam sifatida pechning yuqori qismiga tushadi. Uning nishab tomonidan esa bosim ostida issiqlik manbaidan olanga yuboriladi. Pechning tuxtovsiz aylanishi xisobiga xom ashyo asta-sekin yuqori harorat tomon siljiydi.
Asosiy fizik-kimyoviy jarayon aylanma pechda kuydirish vaqtida ro’y beradi. Bu jarayonlarni qurib o’tamiz.
Quritish qismida. 70...200oS haroratda xom ashyo quritiladi, aylanma pechda asta sekin siljib mayda-mayda donalarga aylanadi va u qizib tarkibidagi gigroskopik namlik parlanib chiqib ketadi.
Isitish qismida. 200...700oS haroratda xom ashyodagi organik aralashmalar yonadi, gil tuproq minerallaridagi kimyoviy bog’langan suv parlanib chiqib ketib suvsiz kaolinit – Al2O3  2SiO2 xosil buladi.
Parchalanish (dekarbonizatsiya) qismida. 700...1100oS xaroratda kal’tsiy va magniy karbonatlar SaO, MgO va SO2 ga ajraladi, giltuproqdagi alyumosilikatlar SiO2, Al2O3 va Fe2O4 ga ajraladi. Xosil bo’lgan qattiq xolatdagi kal’tsiy oksid kimyoviy bog’lanib, past asosli silikatlar – 2SaO  SiO2 , kal’tsiy alyuminat va kal’tsiy ferrit 2SaO  Fe2O4 larni xosil qiladi.
Ekzotermik jarayonlar qismida. 1100 ... 1300oS xaroratda quyidagi birikmalar xosil bo’ladi: uchkal’tsiyli alyuminat 3SaO Al2O3, to’rt kal’tsiyli alyumoferrit 4CaO Al2O3Fe2O4 , lekin kal’tsiy oksidning bir qismi ozod bog’lanmagan xolda qoladi. Bu davrda donachalar to’liq xosil bo’lib ulguradi.
Kuydirish qismida. 1300...1450oS xaroratda aralashma bir oz eriydi. Bunda 3CaOAl2O3; 4CaOAl2O3Fe2O4; MgO va tez eruvchi qo’shimcha aralashmalar eriydi. 2CaOSiO2 va CaO eritmada aralashib, o’zaro kimyoviy birikadi va klinkerning asosiy minerali 3CaOSiO2 ni xosil qiladi.


Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling