Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 0.52 Mb.
|
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiallar hisobining bilvosita usulida
- Debet
- Debet 1
Materiallar hisobining bilvosita usulida ularning ta’minotchi tashkilotlardan harid qilinishi, o’z sexlaridan kirim qilinishi to’g’risidagi ma’lumotlar dastlab 1510 «Materiallarni tayyorlash va harid qilish» schyotining debetida to’planadi. Bunda materiallarning kelib tushish manbalarini ifodalovchi schyotlar (6010, 6990, 2310 va boshqalar) kreditlanadi. Materiallar boyliklarning omborlarga kirim qilinishi 1510 schyotning kreditida va 1010-1090 schyotlarning debetida aks ettiriladi. Bu usulda materiallarning hisob bahosidagi qiymati va harid qiymati o’rtasidagi farq summasi hisobot davrida alohida 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida materiallar qiymatidagi farq summalari quyidagicha hisobdan chiqariladi: kelib tushgan materal boyliklarning harid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan past bo’lganda: Debet 1510 «Materiallarni tayyorlash va harid qilish» Kredit 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» kelib tushgan materal boyliklarning harid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan yuqori bo’lganda: Debet 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» Kredit 1510 «Materiallarni tayyorlash va harid qilish» 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida to’plangan materiallarning hisob bahosidagi qiymati va harid qiymati o’rtasidagi farq summasi harajatlarni aks ettiruvchi schyotlarning (2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9430) debetiga sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib tarzda qo’shimcha yozuv yoki qizil yozuv (storno) asosida hisobdan chiqariladi. Materiallarning qurilish ishlariga sarflanishi, shuningdek ularning sotilishi, bepul berilishi, boshqa korxonalarga ta’sis badali sifatida kiritilishi, ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi, shunindek turli boshqa chiqimlari guvohlik beruvchi hujjatlar asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi (5-jadval). 5-jadval Qurilish tashkilotlarida materiallarning ishlatilishi va boshqa chiqimlarini schyotlarda aks ettirish
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling