Guvohlik beruvchi hujjat
1. Mehnat xarajatlari
|
Naryad bo'yicha ishlangan soat miqdorini 1 soatlik tarifga ko'paytirish yo'li bilan topiladi
|
Naryad, tabel. hisob-to'lov qaydnomasi
|
2. Ijtimoiy sug'urtaga ajratma
|
Hisoblangan ish liaqini belgilangan stavkaga ko'paytirish yo‘li bilan topiladi
|
Maxsus hisob-kitob
|
3. Urug'lik sarfi
|
Ekin turi bo'yicha ekilgan maydon hajmini 1 ga yerga sarflangan urug'lik miqdoriga va 1 kg urug'likning haqiqiy taniiitrxiga ko'paytirish yo‘ 1 i bilan topiladi
|
Urug'lik sarfi dalolatnomasi
|
4. O'g'it sarfi
|
Ekin turi bo'yicha ekilgan maydon hajmini 1 ga erga sarflangan o’g'it miqdoriga va 1 t o'g'itning haqiqiy tannarxiga ko'paylirish yo'li bilan topiladi
|
O'g'it sarfi dalolatnomasi
|
5. Yoqilg'i sarfi
|
Ekin turlari o‘rtasida qishloq xo'jalik texnikasi va boshqa transportlarning har bir sohada ishlagan vaqti miqdoriga (soatiga) qarab taqsimlanadi
|
Mexanikning raporti, naryadlar. yo'l varaqalari
|
6. Sug'urta to'lovlari
|
Har bir mahsulot turi bo'yicha hisoblangan sug'urta to'lovi bo'yicha
|
Sug'urta polisi. shartnoma
|
7. Ish va xizmatlar
|
Hisob siyosatida belgilangan tartib bo'yicha taqsimlanadi
|
Bosh agronom tomonidan tuziladigan maxsus taqsim- lash hisob-kitobi
|
8. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari
|
Hisob siyosatida belgilangan tartib bo'yicha taqsimlanadi
|
Maxsus taqsimlash hisob- kitobi
|
9.Umumishlab chiqarish xarajatlari
|
Hisob siyosatida belgilangan tartib bo‘yicha taqsimlanadi
|
Maxsus taqsimlash hisob- kitobi
|
12.2 - jadval
Dehqonchilik mahsulotlarini kirim qilish- topshirish joylari
Mahsulot turi
|
Kirim-topshirish joyi
|
1. Paxta
|
Franko-dala
|
2. Don
|
Franko-dala (saqlash joy) i)
|
3. Kartoshka, poliz ekinlari, sabzavot. qand lav Iasi
|
Franko-dala (saqlash joyi)
|
4. Mevalar, rezavor. uzum. tamaki, maxorka va choy bargi. dorivor efir moy ekinlari va giilchilik mahsulotlari
|
Franko-qabul qilish (saqlash)joylari
|
5. O't. zig'ir, sabzavot va boshqa ekinlar urug'lari
|
Franko-saqlash joylari
|
6. Oziqa uchun ko'k massa
|
Franko-iste'mol joyi
|
7. Somon. Xashak
|
Franko-saqlash joyi
|
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va tahliliy hisobi
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2000 «Asosiy ishlab chiqarish schotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schotlar tizimida dehqonchilik sohalariga qarab quyidagi schotlarni ishchi schotlar rejasida ochish mumkin: 2011 «Paxtachilik»; 2012 «G‘allachilik»; 2013 «Sabzavotchilik» va boshqalar.
Ishlab chiqarish xarajatlarining tahliliy hisobi dehqonchilik sohalarining yo‘nalishlariga qarab yuritiladi. Masalan, 2013 «Sabzavotchilik» schoti bo‘yicha quyidagi tahliliy schotlarni ochish mumkin: kartoshka; pomidor; piyoz; sabzi; karam va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari schotlarining(2011, 2012,2013) debetida haqiqatda qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Bunda, mos ravishda xarajatlarning moddalariga ko‘ra quyidigj yozuvlar qilinadi:
Debet 2011, 2012, 2013 Kredit 1010-1090-material xarajatlariga;
Debet 2011,2012,2013 Kredit 6710 - mehnat haqi xarajatlariga;
Debet 2011,2012,2013 Kredit 6520 - ijtimoiy sug‘urta xarajatlariga;
Debet 2011, 2012, 2013 Kredit 6510 - ekinlarni sug‘urtalash xarajatlariga;
Debet 2011,2012,2013 Kredit 6010,6990 - ish, xizmat xarajatlariga;
Debet 2011,2012,2013 Kredit 2310 - yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarilishiga;
Debet 2011, 2012, 2013 Kredit 2510 - umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishiga.
Ishlab chiqarish xarajatlari scliotlarining kreditida hisobot yili davomida olingan mahsulotlar reja tannarxi bo'yicha aks ettiriladi, ya’ni unga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 2810 Kredit 2011, 2012, 2013. .
Yil boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri xarajatlariga kiritiladi. Yil oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish kuzgi ekinlarni ekish xarajatlari bo‘yicha inventarizatsiya yo‘li bilan topiladi.
Hisobot yili oxirida har bir soha bo'yicha yetishtirilgan mahsulotlarning reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o’rtasidagi farq summalari hisob-kitob qilinadi.
Reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi barcha mahsulotlar bo‘yicha quyidagicha topiladi:
Tf= (Tx-Tr) x Mts,
bu yerda:
Tf — bir birlik mahsulot reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi farq summasi;
Tx - bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi;
Tr—bir birlik mahsulotning reja tannarxi;
Mts - yetishtirilgan mahsulotning miqdori (ts.)
Reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari schotlarida «qizil yozuv» yoki «qo‘shimcha yozuv» usullari bo‘yicha aks ettiriladi. Bunda reja tannarxi haqiqiy tannarxdan yuqori bo‘lgan hollarda «qizil yozuv» usuli, reja tannaixi haqiqiy tannarxdan past bo‘lganda esa «qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.
Qizil yozuvlar yoki qo‘shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schotlarga berilishini aniqlashda yetishtirilgan mahsulotlarning to‘liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatida saqlanayotganligi e’tiborga olinishi kerak. Chunonchi, toiiq sotib yuborilgan mahsulotlar bo‘yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summalari bevosita 9130 «Sotish tannarxi» schotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo‘yicha ushbu farq ularning sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schotlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim. 0‘z maqsadlarida ishlatilgan mahsulotlar (masalan, yem-xashaklarni chorva mollariga berilishi) bo‘yicha reja tannarxi va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq mos ravishdagi ishlab chiqarish schotlariga olib borilishi kerak.
Barcha yetishtirilgan mahsulotlar bo‘yicha haqiqiy tannarx va reja tannarx o‘rtasidagi farq summalarining hisob-kitobi hamda ularni tegishli schotlarda aks ettirish tartibi misol tariqasida 12.3-jadvalda keltirilgan.
12.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |