Debet 2021,2022,2023 Kredit 1010-1090 - material xarajatlariga;
l)ebet 2021, 2022,2023 Kredit 1110 - o‘stirishda va boquvdagi o‘lgan mollarning qiymatiga;
Debet 2021,2022,2023 Kredit 6710 - mehnat haqi xarajatlariga;
Debet 2021, 2022, 2023 Kredit 6520 - ijtimoiy sug‘urta xarajatlariga;
Debet 2021, 2022, 2023 Kredit 6510 - mollarni sug‘urtalash xarajatlariga;
Debet 2021, 2022, 2023 Kredit 6010,6990 - ish, xizmat xarajatlariga;
Debet 2021,2022,2023 Kredit 2310 - yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarilishiga;
Debet 2021, 2022, 2023 Kredit 2510 - umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishiga
Ishlab chiqarish xarajatlari schotlarining kreditida hisobot yili davomida olingan mahsulotlar reja tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi, ya’ni unga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 2810 Kredit 2021, 2022, 2023.
Hisobot yili oxirida chorvachilik ishlab chiqarishining har bir sohasi bo‘yicha yyetishtirilgan mahsulotlarning reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq summalari hisob-kitob qilinadi.
Reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi barcha mahsulotlar bo‘yicha quyidagicha topiladi:
Tf = (Tx-Tr) x Mts,
bu yerda:
Tf- bir biriik mahsulot reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi farq summasi;
Тх - bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi;
Tr- bir birlik mahsulotning reja tannarxi;
Mts - yyetishtirilgan mahsulotning miqdori.
Reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari schotlarida «qizil yozuv» yoki «qo‘shimcha yozuv» usullari bo‘yicha aks ettiriladi. Bunda reja tannarxi haqiqiy tannarxdan yuqori bo’lgan hollarda «qizil yozuv» usuli, reja tannarxi haqiqiy tannarxdan past bo‘lganda esa «qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.
Qizil yozuvlar yoki qo‘shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schotlarga berilishini aniqlashda olingan mahsulotlarning to‘liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatida saqlanayotganligi e’tiborga olinishi kerak. Chunonchi, olingan naslning reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq summalari bevosita 1110 «0‘ stirishdagi va boquvdagi mollar» schotiga, toiiq sotib yuborilgan mahsulotlar bo‘yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summalari bevosita 9130 «Sotish tannarxi» schotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo‘yicha ushbu farq ularning sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schotlar o‘rtasidataqsimlanishi lozim.
Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi maxsus reestrlarda yuritiladi:
«Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi»;
«Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi».
Chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash usullari
Chorvachilikdan olingan mahsulotlar asosiy va yordamchi mahsulotlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |