«Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar»
moddasida chorva mollarini o‘stirish, parvarishlash, boqish, sog‘ish, junni qirqish va shu kabi boshqa ishlar bilan band bo’lgan ishchilar mehnatiga haq to‘lash, mehnat ta'tillariga haq to‘lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisobga olinadi. Bu xarajatlar boshlang‘ich hujjatlar asosida bevosita tegishli chorva mollari va ish turlariga o‘tkaziladi.
«Yem-xashak» moddasida chorva mollarini boqish uchun sarflangan yem-xashaklar hisobga olinadi.
«Dori-darmonlar» moddasida chorva mollarini parvarishlashda sarflangan dori-darmon preparatlari xarajatlari hisobga olinadi.
«To‘shash materiallari» moddasida chorva mollari saqlanayotgan joylarda mollar tagiga to‘shaladigan material xarajatlari kiritiladi.
«Ish va xizmatlar» moddasida chorvachilik fermalariga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari aks ettiriladi.
«Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi. Ularga bu asosiy vositalarga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish xarajatlari, amortizatsiyasi ajratmalari va tuzatish xarajatlari kiritiladi.
Asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlariga asosiy vositalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat haqlari, ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, yoqilg‘i va moylash materiallari, yordamchi ishlab chiqarish, shuningdek chet tashkilotlar xizmatlari va boshqa xarajatlari kiritiladi.
Tuzatish xarajatlariga eng avvalo o‘zining ta’mirlash ustaxonalarining xarajatlari kiritiladi.
Amortizatsiya xarajatlarini asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari tashkil qiladi. Amortizatsiya ajratmalari har oyda alohida «Chorvachilikda ishlatiladigan asosiy vositalar bo‘yicha taqsimlangan amortizatsiya» tahliliy schotida qayd etib boriladi. Yil oxirida asosiy vositalarning eskirish summasi chorva mollari guruhlari va ish turlari bo‘yicha taqsimlanadi va bu maxsus qaydnoma orqali rasmiylashtiriladi. «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schotida hisobga olingan joriy tuzatish xarajatlari amortizatsiya summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |