Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet290/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

27.1-jadval
Sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo ustamalarining
hisob- kitobi

JV»

Savdo do'kon

Savdo

ustamasi (2980

schot)

Sotilgan
tovarlar
summasi
(9020-
schotning
kredit
aylanmasi)

Bosh qoldiq (kredit)

Kirim
qilingan
tovarlarga
qo'yilgan
ustama
(kredit
aylanmasi)

Jami
(1+2)

A

В

1

2

3

4

1.

«Xo'jalik tovarlari»

60000

300000

360000

1600000

2

«Oziq -ovqatlar»

50000

500000

550000

2800000




Shu kahi boshqalar
















Jami

110000

800000

910000

4400000




Oy oxiridagi tovarlar summasi (2920- sehotning qoldig'i)

Jami tovarlar summasi (4+5)

Savdo ustamasi- ning o'rtacha foizi (3/6*100)

Qoldiq
tovarlarga
to'g'ri
keladigan
savdo
ustamasi
(7*5/100

Sotilgan tovarlarga to'g'ri keladigan savdo ustamasi (3-8)

5

6

7

8

9

400000

2000000

18%

72000

288000

500000

3300000

16.7 %

83500

466500
















900000

5300000

17,28 %

155500

754500



schotining kreditida aks ettirilgan qoldiq tovarlarga to‘g‘ri keluvchi va kirim qilingan tovarlarga qo'yilgan savdo ustamalari asosida sotilgan tovarlarga to'g'ri keluvchi savdo ustamasining miqdori maxsus hisob-kitob orqali topiladi. Ushbu hisob-kitob barcha savdo shoxobchalari bo'yicha quyidagi tarzda amalga oshiriladi (27.1 -jadvalga qarang).
Uchinchidan, sotishdan olingan daromad summasidan sotilgan tovarlarga to'g'ri keluvchi savdo ustamasini ayirish orqali sotilgan tovarlarning tannarxi aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bo'yicha ushbu summa 3645500 so'mni tashkil qilgan (4400000- 745500).

  1. -jadvalda keltirilgan hisob- kitoblarga asosan sotilgan tovarlarning tannarxi 21 - son BHMS ga muvofiq schotlarda quyidagicha aks ettiriladi:

  • Sotilgan tovarlarni sotish baholarida hisobdan chiqarilishiga:

Debet 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» - 4400000;
Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - 4400000.

  • Sotilgan tovarlarga to ‘g ‘ri keluvchi savdo ustamasi summasiga:

Debet 2980 «Savdo ustamasi» -754500;
Kredit 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» - 754500.
9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» schotining debet va kredit aylanmalari farqi (bizning misolda 3645500 so‘m)jami sotilgan tovarlarning tannarxini bildiradi va ushbu summa korxonaning oxirgi moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» schotga o'tkaziladi, ya’ni:
Debet 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» -3645500;
Kredit 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» - 3645500.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida sotish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, ya’ni sotilgan tovarlar tannarxi davriy hisob tizimida boshqacha tartibda ham aniqlanishi mumkin. Ushbu tartibga ko'ra savdo korxonasida 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” qo'llanilmaydi, uning o' miga 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” va 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo'yicha tuzatishlar” vaqtinchalik schotlaridan foydalaniladi. Tovarlarni sotib olinishi tannarxi bo'yicha dastlab 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” schotining debetida va 6010 «Ta’minotchilarga to'lanadigan schotlar» schotining kreditida aks ettiriladi. Oy oxirida inventarizatsiya qilish yo' li bilan tovarlarning haqqoniy qolgan qoldig'i topiladi. Topilgan oxirgi qoldiq summasi 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotining bosh qoldig'i bilan taqqoslanadi va aniqlangan farq 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schotida aks ettiriladi. Chunonchi, oxirgi qoldiq summasi bosh qoldiq summasidan ko‘p bo‘lsa, u holda farq summasiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar»;
Kredit 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”.
Agar oxirgi qoldiq summasi bosh qoldiq summasidan kichik boisa, u holda farq summasiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”; Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar».
Hisobot davri oxirida 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” schotining debetida to‘plangan, shuningdek 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schotining debeti yoki kreditida to‘plangan summa to‘lig‘icha 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi. Bunda Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» Kredit 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” va 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” yozuvlari summalarining yig‘ indisi jami sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar ya’ni sotilgan tovarlar tannarxi summasini ifodalaydi. Agar tovarlarning oy oxiridagi qoldig‘i oy boshidagi qoldig‘idan katta bo‘lsa, bu holda sotilgan tovarlar tannarxi Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» Kredit 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” yozuvi summasidan Debet 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» yozuvining summasini ayirish orqali topiladi.
Davr xarajatlarining hisobi. Savdo korxonalarida davr xarajatlariga tovarlarni sotishga, ma’muriy-boshqaruviga va boshqa operasion faoliyatiga doir xarajatlar kiradi.
21 -son BHMS ga muvofiq savdo korxonalarining davr xarajatlari hisobi boshqa korxonalar singari quyidagi schotlarda olib boriladi:
9410 “Sotish xarajatlari”- ushbu schotning debetida yil mobaynida sotishga doir xarajatlar (reklama xarajatlari, sotish bilan bog‘liq xodimlarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, tashish va boshqa shu kabi sotish bilan bogliq xarajatlar) aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (5110,5010,6710,6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
9420 “Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari”- ushbu schotning debetida yil mobaynida boshqaruvga doir xarajatlar (ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, safar xarajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog'liq xarajatlar) aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0200,0500,1000,5110,5010,6710,

  1. va boshqa schotlar) aks ettiriladi.

9430 “Boshqa operasion xarajatlar” - ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalarining sotish va boshqaruvdan tashqari umumfaoliyatiga doir davr xarajatlari (moddiy yordam, kompensasion to'lovlar, mulkni sotishdan va berishdan ко‘ri lgan zararlar, turli xizmatlar va boshqa shu kabi operasion xarajatlar) aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (1000, 5110, 5010, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210,9220 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy faoliyatga doir xarajatlariga qimmatli qog'ozlarni chiqarish va joylashtirish, valuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni olish, uzoq muddatli ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli xarajatlar kiradi. 21 -son BHMS ga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy faoliyatga doir xarajatlari hisobi quyidagi schotlarda olib boriladi:
9610 “Foiz ko'rinishidagi xarajatlari”- ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalari tomonidan olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan xarajatlar, shuningdek uzoq muddatli ijara uchun to‘lovlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va 6920 “Hisoblangan foizlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
9620 “Valuta kurs farqlaridan ko‘rilgan zararlar”- ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalari balansining valuta moddalarini ifodalovchi schotlarga doir operatsiyalar bo'yicha kurslar o'rtasidagi salbiy farqlardan ko'rilgan zararlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu zararlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (4010,4310,5020,5210,5220,6010,6310 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
9630 “Qimmatli qog‘oz!arni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha xarajatlar” - ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalarida aksiya va boshqa qimmatli qog'ozlarni chiqarish vajoylashtirish bilan bog'liq xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning
debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (1000,5110,

  1. va boshqa schotlar) aks ettiriladi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling