Sotilgan tovarlarning tannarxiga:
tovarlarning sotib olish bahosidagi summasiga:
Debet 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi»;
Kredit 2910 «Ombordagi tovarlar».
sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keluvchi sotib olishga doir qo‘shimcha xaraj atlar summasiga:
Debet 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi»;
Kredit 1520 «Tovarlarni sotib olishga doir qo‘shimcha xarajatlar».
Oldindan to ‘lov summasini yopilishiga:
Debet 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar»
Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»
Xaridorlardan qarzni kelib tushishiga:
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti».
Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;
4110 «Alohida bo‘ linmalardan olinadigan schotlar»;
4120 «Shu‘ba va qaram xo‘jaliklardan olianadigan schotlar».
Tovarlarni sotishdan olingan daromadlarni hisobot davri oxirida moliyaviy natijalar schotiga о ‘tkazilishiga:
Debet 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar»
Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
Sotilgan tovarlar tannarxini hisobot davri oxirida moliyaviy natijalar schotiga о ‘tkazilishiga:
Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»;
Kredit 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi».
Sotilgan tovarlar xaridorlar tomonidan turli sabablarga ko‘ra qaytarilishi mumkin. Bunday hollarda qaytarilgan tovarlar omborlarga son va sitatj ihatdan qayta kirim qilinadi. Shuningdek, sotishdan olingan daromad va sotish tannarxi summalariga quyidagicha tuzatish yozuvlari beriladi (24.5-jadva):
24.5 -jadval
Tovarlarning qaytarilishiga doir operatsiyalarni schotlarda aks ettirish tartibi ,
№
|
Operalsiyaniiig mazmuni
|
Summa
|
Schotlar
korrespondeiisiyasi
|
Asos
|
Debet
|
Kredit
|
1.
|
Xaridorlardan kelib tushgan oldindan to'lov summasi qa\ taril ishi
|
300000
|
6310
|
5110
|
Bank
ko'chirmasi
|
2.
|
Xaridorlar tomonidan qaytarilgan tovarlarning sotish bahosidagi qivmati
|
2000000
|
9040
|
4010. 4110. 4020
|
Schot-faktura
|
3.
|
Qaytarilgan tovarlar tannarxini ifodalovchi summa: a) tovarlarning sotib olish bahosidagi summasi:
b) qaytarilgan tovarlarga to'g'ri keluvchi sotib olishga doir qo'shimcha xarajatlar summasi
|
1600000
150000
|
2910
1520
|
9120
9120
|
Schot-faktura,
kirim
dalolatno
masi
|
4.
|
Xaridorga kelib tushgan oxirgi to'lov qaytarilishi
|
1700000
|
4010.
4110.
4120
|
5110
|
Bank
ko'chirmasi
|
5.
|
Qaytarilgan tovarlar bo'yicha sotishdan olingan daromad kamaytirilishi (9040 schotni yopilishiga)
|
2000000
|
9020
|
9040
|
Bosh kitob
|
Tovarlarni ichki almashuvining hisobi. Tovarlarni omborlar o‘rtasidagi ichki almashuviga unga guvohlik beruvchi ichki nakladnoylar asosida quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 2910 «Ombordagi tovarlar» (oluvchi);
Kredit 2910 «Ombordagi tovarlar» (beruvchi).
Omborlardan tovarlarni xususiy chakana savdo do‘koniga berilishida buxgalteriya va marketing bo‘limi ularni chakana sotish baholarini aniqlab beradi. Chakana sotish bahosiga tovaming ta’minotchidan sotib olgan bahosi, tovami sotib olishga sarflangan qo‘shimcha xarajatlarning hissasi, shuningdek sotib olish tannarxi ustiga qo‘yiladigan savdo ustamasi kiritiladi. Misol: ombordan savdo do 'koniga 10 dona bolalar kostyumi berildi, lining har birining sotib olish bahosi 20000 so ‘m, ushbu о ‘nta kostyumga to'g'ri keladigan sotib olishga doir qo‘shimcha xarajatlarning summasi 5000 so ‘m, demak, xar bir kostyumga to ‘g 'ri keluvchi xarajat summasi -500 so ‘m. Kostyumlarni savdo do ‘koniga berishda sotib olish tannarxi ustiga 10% ustama qo ‘yildi, ya ’ni har bir kostyum bahosi ustiga qo ‘yiladigan ustama -2050 so ‘m. Ichki almashuv nakladnoyida tovarlarning narxi 20000 so ‘m qilib ко 'rsatiladi. Savdo do ‘koniga kirim qilish dalolatnomasida tovaming kirim bahosi 22550 so ‘m (20000+500+2050), jami summa 225500 so'm (22550 *10) etib ко ‘rsatiladi.
Buxgalteriyada ushbu hujjatlar asosida tovarlarni ombordan savdo do‘koniga kirimiga quyidagi yozuvlar qilinadi:
tovarlarni sotib olish bahosidagi qiymatiga:
Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» -200000so‘m;
Kredit 2910 «Ombordagi tovarlar» -200000so‘m.
sotib olishga doir qo 'shimcha xarajatlarning tovaming sotish bahosiga kiritilishiga:
Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - 5000 so‘m; Kredit 1520 «Tovarlarni sotib olishga doir qo‘shimcha xarajatlar» - 5000 so‘m.
tovarlarga qo ‘yilgan savdo ustamasi summasiga:
Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» -20500 so‘m;
Kredit 2980 «Savdo ustamasi»-20500 so‘m.
Tovarlarning boshqa chiqimlarining hisobi. Ulgurji savdo
korxonalari o‘zlarining tovarlarini boshqa korxona va tashkilotlarga investisiya sifatida kiritishlari, bepul berishlari, xo‘jalik maqsadlarida ishlatilganligi va boshqa sabablarga ko‘ra hisobdan chiqarishlari ham mumkin. Harakatdagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ushbu xarakterdagi operatsiyalar ham tovarlarni sotish va sotilgan tovarlarning tannarxi schotlari orqali quyidagicha aks ettiriladi (24.6-jadval).
Ulgurji savdo korxonalarida o‘zga tashkilotlarga tegishli bo‘lgan va vaqtinchalik mas’ul saqlashga shartnoma asosida qabul qilingan tovar- moddiy boyliklarning hisobi balansdan tashqari 002 «Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklar» schotida qabul qilish - topshirish
dalolatnomalari yoki schot-fakturalarda ko‘rsatilgan baholarda olib boriladi. Ushbu baholarda tovar-moddiy boyliklarni mas’ul saqlashga kirim qilinishi ushbu schotning debetida, qaytarilishi esa ushbu schotning kreditida aks ettiriladi. Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklarning tahliliy hisobi korxonalar bo‘yichaularning tovar-moddiy boyliklari uchun ochilgan kartochkalarda, partion kartalarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |