Xorijiy ta ’sischilardan ta ’sis badali sifatida kelib tushgan tovarlar bo ‘yicha
korxona ro‘yxatdan o‘tgan sanadagi kurs bo‘yicha hisoblangan kirim bahosidagi qiymatga:
Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»;
Kredit 4610 «Ta‘ sischilarning ustav kapitaliga badallar bo‘yicha qarzlari».
Kelib tushish va ta’sis sanalari o‘rtasida vujudga kelgan kurs farqlari summasiga:
Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»;
Kredit 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlari».
Bepul olingan tovarlarning kelib tushish bahosidagi qiymatiga:
Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»;
Kredit 8530 «Bepul olingan mulk».
Qarzga olingan tovarlarni kelishuv baholardagi qiymatiga:
Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»;
Kredit 6820 «Qisqa muddatli qarzlar».
Tovarlar sotilishi va boshqa chiqimlarining hisobi
Tovar sotilishining hisobi. Ulgurji savdo korxonalari tovarlarni o‘zlarining distribyutorlariga (chakana savdo korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlarga), shuningdek boshqa tovarlarni o‘z xo'jalik maqsadlarida foydalanuvchi tashkilot va muassasalarga tuzilgan shartnomalar asosida kelishuv baholarida yirik va mayda partiyalar bilan naqd pulsiz hisob- kitoblar asosida sotadilar. Tovarlarni ulguiji sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlar tannarxini hisobga olish uchun 21-son BHMSda 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar» va 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» schotlar ko‘zda tutilgan. Ushbu schotlar orqali tovarlarni sotilishidan olingan daromadlar va sotilgan tovarlar tannarxini hisobga olish quyidagicha amalga oshiriladi:
Xaridorlcirdan kelib tushgan oldindan to ‘lov summasiga:
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»;
Kredit 6310 «Xaridorva buyurtmachilardan olingan bo‘naklar».
Xaridorlarga sotilgan tovarlarning sotish bahosidagi qiymatiga:
Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;
4110 «Alohida bo‘linmalardan olinadigan schotlar».
4120 «Shu‘ba va qaram xo‘jaliklardan olinadigan schotlar»;
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar»;
Do'stlaringiz bilan baham: |