Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Portlandsementning qotish nazariyalari


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
6.3 Portlandsementning qotish nazariyalari 
Mavjud nazariyalar ichida Le-Shatelye, Mixaelis, N.A. Baykovlar nuqtai nazari 
eng katta qiziqish uyg‘otdi. 


142 
Le-Shatelye 
1887 
yilda 
qotishning 
kristallanish 
nazariyasini 
taklif etgan. Bu nazariyaga ko‘ra boshlang‘ich suvsiz sement minerallari suvda ularni 
gidrolizlovchi mahsulotlarga nisbatan ancha yuqoriroq eruvchanlikka ega bo‘lib, 
gidratli yangi tuzumlarga nisbatan o‘ta to‘yingan eritmalarni hosil qiladilar. 
Gidratli yangi tuzilmalar kristalchalar ko‘rinishida ajralib chiqadilar va ular o‘ta 
to‘yingan eritmadan ajralib chiqa borgan sari yetarli darajada mustaxkamlikka ega 
bo‘lgan kristall o‘simtalar hosil qiladilar. 
1893 yilda Mixaelis kolloid nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyaga ko‘ra, 
mustahkamlik shakllanishining asosiy sababchilari qilib qotishda hosil bo‘luvchi o‘ta 
tuyilgan Sa(ON)
2
, va kalsiy gidroalyuminatlarni ko‘rsatadi.
Ular eritmadan kristall strukturali (tuzilishli) cho‘kindi ko‘rinishda ajraladi. 
Mixaelis fikricha ular gidravlik qotishda faol qatnashmaydilar. Qotishni asosini u gel 
massani hisoblagan va undan chuqur joylashgan sement zarrachalar qatlami suvni 
so‘rib oladi. Shunda massa zichlanadi va mustahkamlanadi. 
A. A. Baykov (1923) sementning qotishini kristallanish va kolloid jarayonlarning 
birgalikda kechishi bilan izohlaydi. Nazariya bo‘yicha qotish 3 ta davrga bo‘linadi: 1 
— bog‘lovchi modda suvda erib, to‘yingan eritma hosil qiladi: 2 — sement qattiq 
fazasiga suv qo‘shiladi, va gidrat birikmalar hosil qiladi va bu holat — kolloid
holatga o‘ta boradi: 3 — kolloid holatda yoki muhitdan kristall donachalar hosil 
bo‘ladi va tuzum qotib mustahkamligi oshadi. 
Bugungi kunda gilsimon mahsulotlar ham kristall ekanligi, ammo kolloid 
dispersionlik hususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. 
Yuqorida sanab o‘tilgan olimlarning izlanishlari rus olimlari ishlarida o‘zining 
ravnaqini topdi. P.A. Rebinder, V.B. Ratinovlar fikriga ko‘ra qotish jarayoni 
kristalanish mexanizmi bo‘yicha kechadi, ya’ni qotish beqaror boshlang‘ich 
fazalarning erishi, to‘yingan eritmalardagi gidratli birikmalarning kristallanishi bilan 
bog‘liq. Ularda gidrolizlanish jarayoni shunday kechishi mumkin, bog‘lovchi modda 
to‘liq gidratga aylanganda qotish tuzilishi paydo bo‘lmaydi — kristallar erimagan 
holda o‘sadilar, deb hisoblaydilar. Ionlarning sement minerallari panjarasidan suvli 


143 
muhitga o‘tishi va ularning gidrolizlanishi qotishning boshlang‘ich bosqichidir. 
Eritmadan ajralayotgan kristalchalar yangi fazaning koʻrtaklari bo‘ladi. Yetarlicha 
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan kristallanish strukturasi sinchning paydo bo‘lishi 
qotishning keyingi bosqichi bo‘ladi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling