138
Bu texnologik jarayon ochiq yoki yopiq sikl bo‘yicha
ishlovchi ayirish
qurilmalarida amalga oshiriladi. Ichi po‘lat zirx plitalar bilan qoplangan va teshikli
to‘siqlar bilan ikki-to‘rt kameraga bo‘lingan bararban ko‘rinishidagi trubali tegirmon
shular jumlasidandir. Xom-ashyo ulardagi, tuyuvchi jismlar — po‘lat sharlar, (yirik
qilib tuyuvchi kameralarda) va silindrlar (mayda qilib tuyish uchun)
yordamida
tuyiladi. Ochiq sikl bo‘yicha ishlayotganda modda yirik tuyish kamerasi tomonidan
g‘ovak o‘k orqali keladi, tuyilgan modda esa mayda tuyish kamerasidan chiqadi (7.4-
rasm).
Klinkerni tuyish jarayonini samaradorligini oshirish
uchun sirti faol moddalar
qo‘shish tavsiya etiladi. Masalan, milonaft, petrolatum, sulfat — achitqich va hokazo.
Bu moddalarni miqdori tajriba orqali o‘rnatiladi. Portlandsementning tutib qolishini
sekinlashtirish uchun tuyish vaqtida klinkerga (SO
3
ning sementdagi umumiy tarkibi
3,5% dan ortmaydigan qilib) gips toshi qo‘shiladi (7.5-rasm). Hosil bo‘lgan sement
havoli so‘rg‘ichlar orqali saqlash omborlariga jo‘natiladi.
7.4-rasm. Klinker, gips va qo‘shimchalarni maydalash texnologik chizmasi.
1-dozatorlar; 2-tasmali transporter; 3-tegirmon; 4-elevator; 5-separatorlar; 6-aerojelob; 7-
kamerali nasos; 8-siqilgan havo filtri; 9-shaxta; 10-siklon; 11-yengsimon filtr; 12-ventilator.
139
So‘rg‘ichlardan tashqari tashish vositalari sifatida cho‘michli elevator, pnevmatik
tashuvchilar, aerojeloblar ishlatiladi. Sementni odatda temirbeton siloslarda (d-8-18
m, balandligi 25-40 m) saqlanadi.
Iste’mol qiluvchi korxonalarga sement qog‘oz
qoplarda, vagonlarda jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: