Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Klinkerni saqlash
Issiq klinkerni tuyish uchun tegirmonlarga yo‘naltirish mumkin emas, uning harorati 50 o S ga tushgandan so‘nggina shunday qilish mumkin. Bu xol issiq klinkerni to‘yish ba’zan tegirmonda ikki suvli gipsning suvsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda sementning qotish muddati standart talablaridan chiqib ketishi mumkin. Klinker haroratini talab qilingan chegaralarigacha tushirishni uni ma’lum muddat saqlash yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Klinkerni saqlash bundan tashqari yana bir maqsadni - pechlarda remont ishlari ketayotgan davrda sement tegirmonlari to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun rezerv zaminini yaratishni ham nazarda tutiladi. Klinker usti yopiq, tirgaklarda ega bo‘lgan devorlarning balandligi 3-6 m bo‘lgan, ko‘priksimon kranlar bilan jihozlangan omborlarda saqlanadi. Pechdan chiqqan klinkerning tarkibida ma’lum miqdorda erkin kalsiy oksidi SaO bo‘ladi, klinkerning saqlanib turishi bu ohakning va sement sifatini yaxshilinishiga imkon beradi. Sement ishlab chiqarilishini nazorat qilish Sifatli sement olish uchun zavodlarda sement ishlab chiqarishdagi barcha texnologik jarayonlarni nazorat qilishi zarurdir. Bo‘larga quyidagilar kiradi: xom ashyo sifatini, har bir ishlab chiqarish jarayonida moddalarni xossalarini, asbob- uskunalarni ishini aniqlash. Sement xossalarini, xususiyatlarini va standart talablariga javob berishini aniqlash. Xom-ashyo moddalarni kimyoviy tarkibi, xususan SaO (titr bo‘yicha) ning ohakdagi miqdorini nazorat qilinadi. Sementni sifatini, uning hajmiy og‘irligi bo‘yicha baxolanadi va 1550 — 1650 g/l oraliqda tebranadi. Erkin holatdagi SaO miqdori 1% dan ortmasligi kerak. 140 Sementni qo‘shimchalar bilan tuyish jarayonida, uning nazorat qilinishi komponentlarini nisbatini aniqlash bilan chegaralanadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling