Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Portlandsementning qotish nazariyalari
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
6.3 Portlandsementning qotish nazariyalari Mavjud nazariyalar ichida Le-Shatelye, Mixaelis, N.A. Baykovlar nuqtai nazari eng katta qiziqish uyg‘otdi. 142 Le-Shatelye 1887 yilda qotishning kristallanish nazariyasini taklif etgan. Bu nazariyaga ko‘ra boshlang‘ich suvsiz sement minerallari suvda ularni gidrolizlovchi mahsulotlarga nisbatan ancha yuqoriroq eruvchanlikka ega bo‘lib, gidratli yangi tuzumlarga nisbatan o‘ta to‘yingan eritmalarni hosil qiladilar. Gidratli yangi tuzilmalar kristalchalar ko‘rinishida ajralib chiqadilar va ular o‘ta to‘yingan eritmadan ajralib chiqa borgan sari yetarli darajada mustaxkamlikka ega bo‘lgan kristall o‘simtalar hosil qiladilar. 1893 yilda Mixaelis kolloid nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyaga ko‘ra, mustahkamlik shakllanishining asosiy sababchilari qilib qotishda hosil bo‘luvchi o‘ta tuyilgan Sa(ON) 2 , va kalsiy gidroalyuminatlarni ko‘rsatadi. Ular eritmadan kristall strukturali (tuzilishli) cho‘kindi ko‘rinishda ajraladi. Mixaelis fikricha ular gidravlik qotishda faol qatnashmaydilar. Qotishni asosini u gel massani hisoblagan va undan chuqur joylashgan sement zarrachalar qatlami suvni so‘rib oladi. Shunda massa zichlanadi va mustahkamlanadi. A. A. Baykov (1923) sementning qotishini kristallanish va kolloid jarayonlarning birgalikda kechishi bilan izohlaydi. Nazariya bo‘yicha qotish 3 ta davrga bo‘linadi: 1 — bog‘lovchi modda suvda erib, to‘yingan eritma hosil qiladi: 2 — sement qattiq fazasiga suv qo‘shiladi, va gidrat birikmalar hosil qiladi va bu holat — kolloid holatga o‘ta boradi: 3 — kolloid holatda yoki muhitdan kristall donachalar hosil bo‘ladi va tuzum qotib mustahkamligi oshadi. Bugungi kunda gilsimon mahsulotlar ham kristall ekanligi, ammo kolloid dispersionlik hususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Yuqorida sanab o‘tilgan olimlarning izlanishlari rus olimlari ishlarida o‘zining ravnaqini topdi. P.A. Rebinder, V.B. Ratinovlar fikriga ko‘ra qotish jarayoni kristalanish mexanizmi bo‘yicha kechadi, ya’ni qotish beqaror boshlang‘ich fazalarning erishi, to‘yingan eritmalardagi gidratli birikmalarning kristallanishi bilan bog‘liq. Ularda gidrolizlanish jarayoni shunday kechishi mumkin, bog‘lovchi modda to‘liq gidratga aylanganda qotish tuzilishi paydo bo‘lmaydi — kristallar erimagan holda o‘sadilar, deb hisoblaydilar. Ionlarning sement minerallari panjarasidan suvli 143 muhitga o‘tishi va ularning gidrolizlanishi qotishning boshlang‘ich bosqichidir. Eritmadan ajralayotgan kristalchalar yangi fazaning koʻrtaklari bo‘ladi. Yetarlicha yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan kristallanish strukturasi sinchning paydo bo‘lishi qotishning keyingi bosqichi bo‘ladi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling