Qurilishi
Download 150.33 Kb.
|
4-ma\'ruza (1)
Ta’mirboplik ko’rsatkichlari, bu ayrim konstruktiv elementlar, detallar, qismlarni almashtirish imkoniyatlari, shuningdek ta’mirning mehnat talabligi va narxi.
Bunday ko’rsatkichlar yordamida ekspluatasiya sharoitida mahsulotning xususiyatlarini tiklashga ketadigan vaqt va resurslar sarfi tavsiflanadi. Mahsulotni sertifikasiyalashda ergonomik ko’rsatkichlarni ham hisobga olish zarur. Ular, mahsulot xususiyatlarining odamning gigienik va fiziologik imkoniyatlariga mos kelish darajasini ko’rsatadi. Yo’l qurilishida ergonomik ko’rsatkichlar tosh maydalash qurilmalari, asfaltbeton zavodlari va bitum bazalariga ko’proq taaluqli. U yerlarda sirt-aktiv qo’shilmalar, chiqindi gaz changlari ko’p uchraydi; ular ishchilar va xodimlarning sog’lig’iga zarar yetkazishi mumkin. Qoidalarga muvofiq, havoning chang bilan, yengil bug’lanuvchi kimyoviy elementlar va boshqa materiallar bilan ifloslanishi cheklab qo’yilishi kerak. Mahsulotning estetik ko’rsatkichlari uning tashqi ko’rinishini va zamonaviy stil va modaga mosligini ko’rsatadi. Bular shakli, rangi, fakturasi, badiiy ifodalilik va boshqalar. Tashiluvchanlik ko’rsatkichlariga o’ramning material bilan tuyinganligi (sig’imi) va mehnattalabligi, konteynerga joylash imkoniyatlari, ortish-tushirish qurilmalariga va transport talablari kiradi. Yuqoridigilardan ko’rinadiki, sertifikasiyalanadigan mahsulotning texnikaviy darajasini ifodalovchi ayrim ko’rsatkichlarning ahamiyati katta emas, shuning uchun ularni tushirib qoldirish mumkin. Mahsulot sifati darajasining muhim mezoni sifat ko’rsatkichlarining turg’unligi hisoblanadi. U asosiy ko’rsatkichlar qiymatlarining ma’lum oraliqda yoyilganlik darajasi bilan tavsiflanadi; bunday qiymatlar mahsulot namunalardan keyingi olti oy davomida olinadi, shuningdek, standart va texnik shartlarning talablariga rioya qilinish ko’rsatkichlari, yaroqsiz va reklamasiyalar soni, kafolat muddatlari bilan aniqlanadi. Turg’unlik mezoni ishlab chiqaruvchi zavoddagi texnologik jarayonning turg’unligini ham baholaydi. Texnologik jarayonlarning turg’unligi ko’p jihatdan mahsulotning bir xilligini belgilaydi. Turg’unligi hisoblanishi zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichlar tayyorlanayotgan mahsulotning xususiyatlarini tahlil qilish asosida belgilanadi. GOST 12801-98 da ko’rsatilishicha, issiq asfaltbeton qorishmalar uchun turg’unlik ko’rsatkichlarini siqilishdagi mustaxkamlikka (00S, +200S va +500S da) asfaltbeton namunalarning suvga tuyinishiga va suvga chidamlilik koeffisientiga hisoblash kerak; bu sinovlar joriy nazorat jarayonida, sertifikasiyadan oldin, ABZ laboratoriyasi sharoitida bajariladi. Mahsulot sifati darajasining mezoni iqtisodiy samaradorlik bo’ladi. Sertifikasiyalanuvchi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini baholashda quyidagi ma’lumotlar ishlatiladi: Tannarx, mehnattalablik, rentabellik, ishlab chiqarishga sarflangan solishtirma kapital mablag’, mahsulotni ishlab chiqarish va iste’moldan xalq xo’jaligida olinadigan iqtisodiy samaradorlik. Mahsulotning tashqi bozordagi raqobatbardoshligi, agar u eksportga chiqariladigan bo’lsagina baholanadi. Agar u eksport qilinayotgan bo’lsa, raqobatbardosh hisoblanadi. Mahsulot sifati darajasining me’zoni sifatida standartlar va texnik shartlarning holati ham xizmat qiladi. Bu hujjatlar davlat standartlari olganida mahsulot sertifikasiyaga qo’yilishidan oldin tasdiqlanadi va ro’yxatga olinadi. Me’yoriy texnik xujjatlarda xalqaro standartlarning talablari ham hisobga olinishi kerak. Download 150.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling