Qurilishi


Download 150.33 Kb.
bet12/13
Sana20.12.2022
Hajmi150.33 Kb.
#1036691
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-ma\'ruza (1)

Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash

Bazan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko’rinarli joyida yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni korishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan. Xo’sh, shtrixkodlar nima va qachon paydo bolgan? Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora o’tgan asrning 30-yillarda AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda foydalanish bir necha on yillardan songgina, yani, 60- yillardan boshlangan. Shtrix-kodlarni dastlabki qo’llovchilar temir yolchilar bo’lib, ekspluatatsiya usul orqali temir yo’l vagonlarini identifikasiyalashtirilgan. Mikroprosessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSHda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YeAN (European Article Numbering) tasis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda. Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bolib, bu chiziqlarning olchamlari
standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar – skanerlar yordamida oqishga moljallangan. Uning vositasida, mikroprosessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi malumotlar kompyuterga uzatiladi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1 International” (YeAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assosiasiyasi tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi. U boyicha bu tovar qaerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin. Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizasiya qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning istemolchilik xossalari olchami, massasi, tarkibi, shakli, oramining korinishi va boshqa ma’lumotlar shifrlab qoyilgan. Bu raqamlar qatoriga muvofiq komp’yuter yordamida shtrixli kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan o’qilishi to’griligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga o’zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi korsatkichlar kiritilmaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan GS1 International” (YeAN Uzbekistan) tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish Markazida ro’yxatga olinadi. Dunyoning ko’pchilik mamlakati foydalanadigan bu tizimning qulayligi ekspluatatsiya ndan iborat-ki, u sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlarni avtomatlashtirilgan hisobini yuritishga imkon beradi. Zamonaviy texnika bilan jihozlangan magazinlardagi kassa apparati bu barcha tovarlarni va ularning narxlari xotirasiga kiritilgan kompyuterdir. Ularni savdo korxonasi o’zi belgilaydi, buyumlarda bir xil shtrixli kod bolsa ham turli savdo joylarida ular farq qilishi mumkin. Magazin raxbarlari ixtiyoriy paytda qancha so’mga va qanday buyumlar sotilganligi, qaysilariga talab borligi yoki ularni turib qolishini bilib olishlari mumkin. Tizim ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida doimo tezkor toplanadigan malumotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham, ulgurji va chakana savdo uchun ham qulaydir. Barcha jarayonlar ustidan nazorat kuchayadi, buxgalteriya hisobi, tovar-transport va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi.

Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samarasi aylanma mablaglar harakatini tezlashtirish, tovar zahiralarini boshqarish tezkorligini taminlash, omborxonalarda saqlash xarajatlarini kamaytirishdan tashkil topadi. Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega xaridor albatta zebra” belgili tovarni tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste’molchi uchun axborotga ega emasligini takidlash kerak. Hozirgi paytda shtrixli kod buyicha me’yoriy hujjatlarni xalqaro talablar bilan uygunlashtirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, ushbu muhim
sohada mutaxassislar tayyorlash bo’yicha kurslar amal qilmoqda. EAN assosiasiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo’lib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda lisenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 oraliqlari tavsiya etilgan. Bazi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan, Gresiya -520, Rossiya 460, Braziliya 789. Quyiroqda keltirilgan 3.1-jadvalda ba’zi bir davlatlarning lisenziya asosida olingan kodlari keltirilgan. Asosan EAN ning ikki kodidan ko’proq foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bolmaydigan kichik oramlar (upakovkalar) uchun moljallangan.


Download 150.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling