Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar


Download 0.56 Mb.
bet15/26
Sana01.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1239835
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
атж

16.19-rasm. Markazdan kochma ekstraktorda suyuqliklarningxarakatlanish sxemasi:1- galvirsimon spiral tusik;2 - tugri burchakli kesimga ega bo‘lgan kanallar.
16.18-rasm. Vibrasion ekstraktor:1-kolonna; 2-shtok; 3-galvirsimon tarelkalar; 4-elektrli uzatma; 5-ekssentrik.

16.19-rasmda markazdan kochma kuch ta’sirida ishlaydigan rotasion ekstraktordagi suyuqliklar kursatilgan. Bunday ekstraktor katta chastota bilan ishlaydigan i orizontal silindrik rotor va barabandan iborat. Barabanning ICHKI K.ISMI galvirsimon spirali tusik I yordamida tugri burchak kesimli kanallar 2 ga bulingan. Suyuqliklar apparatga aloxida kanallar buylab nasoslar yordamida beriladi va barabanning ichida qarama-qarshi yunalish bilan xarakat kiladi, suyuqlik tpiiklardan utishida bir necha marta aralashadi, nixoyat xosil bo‘lgan fazalar xam markazdan kochma kuch ta’sirida ajraladi. Markazdan kochma ekstraktorlarning ish unumi rotorning kengligiga, nazariy pog‘onalarning soni esa rotorning diametriga boglik. Sanoatda ishlatilayotgan ekstraktor — rotorlarning aylanishlar soni taxminan 1200^-5000 min-1 atrofida, bu xol asa baraban ulchamlarini chegaralashga olib keladi (barabanning diametri 1,2—1,5 m dan oshmaydi).


ADSORBSIYA Gaz aralashmalari gaz yoki bug‘larni yoki eritmalardan erigan moddalarni qattiq, g‘ovaksimon jism yordamida yutish jarayoni adsorbsiya jarayoni deb nomlanadi. Gaz yoki suyuq faza tarkibida bo‘lib, adsorbsiya jarayoni paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb nomlanadi va yutuvchi modda esa– adsorbent deb ataladi.Adsorbent tarkibiga yutilib bo‘lgan modda esa adsorbat deyiladi. Adsorbsiya jarayonining o‘ziga xosligi shundaki - u selektiv va qaytar jarayondir. Jarayonning qaytar bo‘lishligi tufayli adsorbent yordamida bug‘ – gaz aralashamalaridan bir yoki bir necha komponentlarni yutish, so‘ng esa maxsus sharoitda ularni adsorbentdan ajratib olish mumkin. Adsorbsiyaga teskari jarayon desorbsiya jarayoni deb nomlanadi. Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish va uni adsorbsiya jarayonida qaytadan ishlatish xam desorbsiya deyiladi.Adsorbsiya jarayoning ishlatilish maqsadi: Adsorbsiya jarayoni xalq xo‘jaligining turli soxalarida keng tarqalgan bo‘lib, gazlarni tozalash va qisman quritish, eritmalarni tozalash va tindirish, bug‘ - gaz aralashmalarini ajratish uchun ishlatiladi.Kimyo sanoatda adsorbsiya quyidagi jarayonlarni: gazlar va eritmalarni tozalash va quritishda, eritmalardan qimmatbaxo moddalarni ajratib olishda, neft va neft maxsulotlarini tozalashda, neftni qayta ishlashda xosil bo‘ladigan gaz aralashmalaridan aromatik uglevodorodlarni (etilen, vodorod, benzin fraksiyalaridan aromatik uglevodorodlarni) ajratib olishda ishlatiladi. Masalan, xavo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt apparatiga berishdan oldin tozalash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya keng ishlatilmoqda. Bu usul yordamida xom ashyo va maxsulotlarning sifatini xam yaxshilash mumkin. Sanoatda gazlarini SO2, NO2, NO va boshqa shu kabi birikmalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof muxitni muxofaza qilishga xizmat qiladi.Oziq - ovqat sanoatida esa qand qiyomi va diffuzion sharbatlarni tozalashda, pivo va mevalar sharbatlarini tindirish, vino, konyak, aroq va spirtlarni organik va boshqa birikmalardan tozalash, kraxmal-patoka sanoatida qiyomlarni tozalashda qo‘llaniladi.Adsorbsiya jarayon qattiq jismning yuzasiga ta’sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko‘ra adsorbsiya ikki xil bo‘ladi: fizik adsorbsiya va  kimyoviy adsorbsiya (xemosorbsiya). Fizik adsorbsiya molekulyar kuchlarning o‘zaro ta’sir etishiga asoslangan. Xemosorbsiya esa kimyoviy kuchlarning o‘zaro ta’sirlanishi orqali yuz beradi.►Fizik va ►Kimyoviy adsorbsiya jarayonlarida agar, adsorbent va adsorbtiv molekulalarining o‘zaro tortishishi Van-der-Vaals kuchlari ta’siri ostida sodir bo‘lsa, bunday jarayon fizik adsorbsiya deb nomlanadi.Fizik adsorbsiya jarayonida  adsorbent va adsorbtivlar o‘rtasida kimyoviy o‘zaro ta’sir bo‘lmaydi.
Adsorbsiya jarayonida bug‘larning yutilishi paytida ular kondensasiyalanadi, ya’ni adsorbent kovaklari suyuqlik bilan to‘lib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, adsorbentda kapillyar kondensasiya ro‘y byeradi.Kimyoviy adsorbsiya yoki xemosorbsiya  adsorbent va yutilgan modda molekulalari orasida kimyoviy bog‘lar xosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu albatta kimyoviy reaksiyaning natijasidir. Undan tashqari, xemosorbsiya jarayonida kimyoviy reaksiya tufayli katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Odatda adsorbsiya jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik adsorbsiya issiqligi (J/kg) deb nomlanadi va u tajribaviy usulda yoki quyidagi formula yordamida xisoblanadi:

bu yerda: p1 va p2 - tegishli absolyut temperaturalar T1 va T2 larda adsorbent ustidagi yutilayotgan moddaning muvozanat bosimlari.Shunday qilib, xemosorbsiya jarayoni yuqori temperaturada kichik tezliklarda sodir bo‘ladi.Adsorbsiya jarayonining selektivligi adsorbent va yutilayotgan komponentning konsentrasiyasiga temperaturaga, tabiatiga va gazlar yutilayotganda bosimga bog‘liqdir.Undan tashqari, jarayon tezligi adsorbentlarning solishtirma yuza kattaligiga xam bog‘liq.Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish xam kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik o‘rtasida yuz beradigan murakkab diffuzion jarayon xisoblanadi. Bu jarayonda qattik. jism (ionit yoki ion almashtirgich) o‘zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. Masalan, tabiiy birikmalar qatoriga kirgan alyumosilikatlarning kristall panjarasi tarkibidagi K, Na, Sa metall ionlari eritmada bo‘lgan boshqa kationlar bilan o‘rin almashinishi mumkin. Shunday qilib, eritma tarkibidan ajratib olinishi lozim bo‘lgan ion adsorbentda yutiladi va so‘ngra regenerasiya yo‘li bilan ajratiladi.Suyuqlik aralashmalarini ion almashinish yo‘li bilan ajratish kimyo, neftь kimyosi, oziq-ovqat sanoati va boshqa soxalarda ishlatilmoqda.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling