Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar


Uzluksiz ishlaydigan kristallizatorlar


Download 0.56 Mb.
bet20/26
Sana01.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1239835
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
атж

Uzluksiz ishlaydigan kristallizatorlar quyuqlashtirgich, kristall generatori va kristall o‘stirish kamerasidan iborat. qurilma konstruksiyasi kristallarni devorlarga cho‘kib qolmasligini ta’minlovchi, intensiv sirkulyasiyali bo‘lishi kerak. Undan tashqari, uning issiqlik almashinishi yuqori va bir xil kattalikdagi kristallar olishni ta’minlashi kerak.
5.126-rasmda qand ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladi uzluksiz ishlaydigan krisstallizator konstruksiyasi keltirilgan. quyuqlashtirgich va kristall generatorlari xalqasimon segment ko‘rinishida yasalgan bo‘lib, isitish yuzalari zarur o‘lchamdagi trubalardan xosil qilingan. qurilmaning boshqa qismlaridan quyuqlashtirgich ajratilgan va yaxshi zichlangan. Shuning uchun xam, uning ichida boshqa qismlariga bog‘liq bo‘lmagan xolda ortiqcha bosim xosil qilish imkoni bor. Kristall generatorining yuqori, ochiq qismi kristall o‘stirish kamerasi utfel usti bo‘shlig‘i bilan bog‘langan. Odatda, kristall o‘stirish kamerasi silindrik ko‘rinishda bo‘lib, silindrik va radial to‘siqlar yoradamida 4 ta bo‘limga ajratilgan bo‘ladi.
Turg‘un rejim o‘rnatilgandan so‘ng, qiyom (patoka) quyuqlashtirgich va kristall o‘stirish kamerasiga o‘zatiladi.
quyuqlashtirgichdagi yuqori bosimda va kristall xosil bo‘lish temperaturasidan 10...15°S yuqori temperaturada qiyom konsentrasiyasi oshiriladi. So‘ng esa, quyuqlashtirilgan eritma kristall generatoriga yuboriladi va u yerda qaynaydi. Natijada eritmadagi erituvchining bir qismi bug‘lanadi va temperaturasi pasayadi. Bu xol o‘ta to‘yinish koeffisiyentining keskin o‘sishiga olib keladi. qiyomning sirkulyasiyasi davrida intensiv ravishda kristallar xosil bo‘lib boshlaydi. quyuqlashtirgichdagi qiyomning o‘ta qizish kattaligi va kristall generatoriga uzatilayotgan bug‘ miqdori bilan kristallar tarkibini rostlash mumkin.
Kristall generatorida olingan utfel va qiyom uzluksiz ravishda kristall o‘stirish kamerasining birinchi bo‘limiga uzatiladi. Utfel esa birinchi bo‘limdan to‘rtinchisiga oqib o‘tadi, qaynatib quyultiriladi va to‘kish moslamasi orqali uzluksiz ravishda chiqarib turiladi.
qurilma ishlashi avtomatik ravishda boshqariladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling