Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar


Ko‘p korpusli vakuum – kristallash qurilmasi


Download 0.56 Mb.
bet22/26
Sana01.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1239835
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
атж

Ko‘p korpusli vakuum – kristallash qurilmasi 5.130-rasmda keltirilgan. Odatda bunday qurilmalar tarkibida 3...4 ta aralashtirgichli vakuum kristallizator bo‘ladi. Eritma, xar bir quyidagi joylashgan korpusdan yuqoridagi korpusga vakuum xisobiga so‘rib olinadi. xar bir korpus sirtiy kondensator va bug‘ oqimchali nasos bilan ta’minlangan. Oxirgi korpusdagi vakuum, barometrik kondensator yordamida xosil qilinadi. Sirtiy kondensatorlar boshlangich eritma yordamida sovutiladi. Suspenziya esa, oxirgi korpusdan chiqariladi.
Ko‘p korpusli vakuum - kristallizatorlar tuzilishi sodda, iqtisodiy jixatdan samarador va yirik, ko‘p tonnajli korxonalarda ishlatiladi.
Kristalizasiya jarayoni xaqida umumiy tushunchalar.Eritma yoki suyuq kotishma tarkibidagi qattiq fazani kristallar xolida ajratib olish jarayoni kristallanish deb ataladi. Kristallanish jarayoni eritishning teskarisi xisobla-nadi. Ikkala jarayon xam qattiq faza — suyuqlik sistemasida yuz beradi. Kristallanish jarayoni odatda suvli eritmadagi kris-tallanishi lozim bo‘lgan moddaning eruvchanligini kamaytirish orqali, ya’ni uning temperaturasini uzgartirish yoki erituvchining bir kismini buglatish yuli bilan amalga oshiriladi. Suyuq kotishmalardan kristallarni ajratib olish uchun esa ular sovitiladi.Kristallanish jarayoni eritmadagi qattiq faza eruvchanligi-ning uzgarishiga asoslangan. Temperatura ortishi bilan modda­larning eruvchanligi ko‘payib, ular yaxshi eruvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Temperatura ortishi bilan ba’zi moddalarning eruvchanligi kamayib ketadi va ular yomon eruvchan moddalar xisoblanadi.Berilgan temperaturada eritmaning qattiq faza bilan muvozanat xolatida bo‘lishi tuyingan eritma deyiladi. Tuyingan eritma tarkibidagi erigan moddaning mikdori eruvchanlik darajasini belgilaydi. Eruvchanlik erigan- moddaning va erituvchining xossasiga, temperaturaga xamda qo‘shimcha kompo-nentlarning borligiga boglik. Tuyingan eritma uz tarkibida imkoni boricha ko‘p mikdorda erigan modda ushlaydi. Bu xolatdagi eritma turgun bo‘ladi.O‘ta tuyingan eritma esa uz tarkibida eruvchanlik xususiyati­ga nisbatan ortikcha mikdorda erigan modda ushlaydi. Shu sababli o‘ta tuyingan eritmalar turgun bo‘lmaydi. Bunday eritmalardan ortikcha erigan moddalar kristall xolida ajrala-di, sungra esa eritma yana tuyingan xolatga o‘tadi.Eritmalarning o‘ta tuyinish xolatiga quyidagi usullar bilan erishish mumkin: 1) ochiq idishda erituvchining bir kismini buglatish (eritmaning temperaturasi uning kaynash temperatura-sidan kam bo‘lgan paytda, ya’ni tqay); 2) buglatish apparatida kaynayotgan eritmadagi erituvchining bir kismini buglatish; 3) eritmaga suvni uziga tortuvchi moddalar ko‘shish; 4) tuyingan eritmani sovitish (ko‘pchilik tuzlarning eruvchanligi temperatu-raning pasayishi bilan kamayadi).Kristallanish tezligi bir necha omillarga boglik bo‘ladi: eritmaning o‘ta tuyinishi darajasi, aralashtirish tezligi eritma tarkibida qo‘shimchalarning borligi va xokazo. Ushbu jarayon odatda kristallanish markazlarining paydo bo‘lishidan boshlana-di, sungra bu markazlar atrofid|a kristallarning usishi yuz beradi. Kristallanish markazlarining paydo bo‘lish tezligiga temperatura, mexanik kuchlar (masalan, aralashtirish, silkitish), apparat yuzasining gadir-budirligi, aralashtirgichning turi, qo‘shimcha moddalarning borligi (masalan, sirt-aktiv moddalari) va boshka shu kabi omillar ta’sir kiladi.Kristallanish tezligi doimiy kattalik emas; bu qiymat dastlab kattalashib boradi, sungra kamayadi. Temperaturaning ko‘tarilishi bilan kristallarning usishi tezlashadi, chunki bunda diffuziya tezlashadi va eritmadagi yangi-yangi molekulalarning qattiq faza tomon siljishi osonlashadi.Sanoatda kristallanish jarayoni quyidagi boskichlarda boradi: 1) kristallanish; 2) xosil bo‘lgan kristallarni eritmalardan ajratib olish; 3) kristallarni yuvish va kuritish.Kimyoviy texnologiyada kristallanish jarayoni turli modda-larni toza xolatda olish uchun keng kullaniladi. Ozik-ovkat sanoatida kristallanish jarayoni Sand-shakar ishlab chikarishda, glyukoza olishda, konditer sanoatida va boshka soxalarda ishlatiladi.Kristallanish moddalarni ajratishning boshka usullariga nisbatan kator afzalliklarga ega: 1) energetik xarajatlari past, chunki moddalarning solishtyrma suyulish issimigi ular-ning buglanish solishtyrma issikligiga nisbatan 6—8 marotoba kam bo‘ladi; 2) ish temperaturalari past; 3) yakin kaynovchi komponent va azeotrop aralashmalarni ajratish imkoniyati mavjud; 4) erituvchilarni ishlatishga extiyoj yuk; 5) modda suyultirilgan xolatdan kristall xolatga utganida katta termodi­namik ajratish koeffisiyentiga ega bo‘lganligi sababli kris­tallanish prosessi yuqori samaradorlikka ega.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling