Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar


Download 0.56 Mb.
bet19/26
Sana01.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1239835
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
атж

Ko‘p pogonali vakuum kristallizator. Sanoatda ko‘p mik-dordagi kristallar olish uchun ko‘p pogonali kristallizator­lar ishlatiladi. Bunda bir necha apparat ketma-ket ulanib, vakuumning mikdori apparatlar soniga karab asta-sekin oshib boradi. Har kaysi apparat uchun ikkilamchi buglarni kondensasiyalashga aloxida yuzali kondensatorlar urnatiladi. Kondensatorlar sovituvchi suvning okim yunalishiga karab ketma-ket ulanadi. Issik kuyiltirilgan eritma uzluk­siz ravishda birinchi apparatga berilib, kisman buglati-ladi va vakuum xisobiga sovitiladi. Rasmda vakuum xosil kilish kurilmasi ko‘rsatilmagan. Birjuncha sovitish natijasida kristallar xosil bulgan tuyingan eritma, keyingi apparatlarda ko‘prok vakum bulgani uchun, ularga o‘z-o‘zidan oqib tushadi.

Ko‘p pogonali vakuum-kristallizator:


1— issik kuyiklashtirilgen erytmaning kirishi; 2 — suspenziyaning bir pogonadan ikkinchisiga utishi;3 — maxsulotning chikishi;4 — apparat (pogona); 5 — ikkilamchi bug; 6 — kondensat; 7 — yuzali kondensator; 8, 9 — sovituvchi suyuklikning kirishi na chikishi.

Kristall max.sulotlari oxirgi apparatdan barometrik truba yordamida tortib olinadi.


Rasmda ko‘rsatilgan ko‘p pogonali vakuum — kristalliza­tor adiabatik buglatkichlarga uxshab ishlaydi. Pogonalar soni 15 ta gacha buladi, xar bir pogonadagi temperaturalar farki 4—5°S, kristallarning ulchami esa 0,2—0,25 mm.


Kristallizatorlar konstruksiyalari Ishlash prinsipiga qarab kristallizatorlar davriy va uzluksiz qurilmalarga bo‘linadi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalar o‘z navbatida erituvchining bir qismini bug‘latuvchi va eritmani sovutuvchi kristallizatorlarga ajraladi. Undan tashqari, mavxum qaynash qatlamli kristallizatorlar xam bo‘ladi.
Tabiiy sirkulyasiyali, davriy ishlaydigan, osma isituvchi kamerali vakuum - kristallizator 5.125-rasmda tasvirlangan.
Isituvchi kamera konussimon teshikli panjara va trubalar o‘ramidan tarkib topgan. Trubalar ushbu panjaraga razvalsovka usulida maxkamlangan.
Isituvchi kameraning o‘qi bo‘ylab sirkulyasion truba joylantirilgan. qurilma qobig‘i va isituvchi kamera orasida xalqasimon bo‘shliq bo‘lib, unda utfel sirkulyasiya qiladi. qurilmada temperaturalar farqi tufayli chiziqli uzayishlar paydo bo‘ladi. Shu sababli, bug‘ni uzatish uchun temperatura deformasiyalarini kompensasiya qiluvchi maxsus moslama o‘rnatilgan.
Ushbu moslama isituvchi kamera bilan qattiq birlashtirilgan bo‘lsa, qurilma qobig‘i bilan esa - temperatura ta’sirida xosil bo‘ladigan uzayishlarni bartaraf qiluvchi membrana yordamida birlashtiriladi. Utfel sirkulyasiyasini yaxshilash maqsadida isituvchi kamera ostiga bug‘ yordamida puflash qo‘llaniladi.
Vakuum - kristallizatorlarda qo‘llaniladigan isituvchi kamera konstruksiyalari turli bo‘lishi mumkin. xozirgi kunda eng keng tarqalgan isituvchi kamera konstruksiyasi - bu osma kameralardir. Ularning teshikli panjarasi konussimon, sferik va boshqa murakkab shaklli bo‘lishi mumkin. Isituv bug‘ kameraning trubalararo bo‘shlig‘iga, bug‘latilayotgan eritma esa - truba ichiga yuboriladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling