Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar


Davriy ishlaydigan kristallizatorlar


Download 0.56 Mb.
bet21/26
Sana01.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1239835
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
атж

Davriy ishlaydigan kristallizatorlar mexanik aralashtirgichli va zmeyevikli vertikal, si silindrik qurilmalardir. Bunday qurilmalarda kristallash jarayoni va eritmani sovitish bir vaqtda olib boriladi.
Lentali aralashtirgichli tog‘orasimon tipdagi kristallizator 5.127-rasmda ko‘rsatilgan. Ayrim xollarda lentali aralashtirgich o‘rniga uzluksiz vint shaklidagi shnekli aralashtirgich o‘rnatilishi mumkin
Bu turdagi kristallizatorda olingan kristallar o‘lchami 0,5...6 mm dan oshmaydi. Tog‘orasimon kristallizatorlar tuzilishi sodda, ekspluatasiya qilish qulay va ishonchliligi yuqori.
Barabanli kristallizatorlar tarkibida suv yoki xavoli sovitish moslamali bo‘ladi. xavo yordamida sovutilganda, eritmadan xavoga issiqlik berish koeffisiyenti kichik bo‘ladi.
Shuning uchun yirik, katta o‘lchamli kristallar xosil bo‘ladi. Lekin, kristallizator ish unumdorligi, suv bilan sovitish usuliga qaraganda, kamroq bo‘ladi.
Barabanli kristallizator aylanuvchi, silindrik barabandan tashkil topgan. Odatda baraban eritma xarakat yo‘nalishi bo‘ylab, ufq chizig‘iga nisbatan ma’lum qiyalik burchagida o‘rnatiladi (5.128-rasm).
Eritma barabanning tepa qismiga beriladi va xosil bo‘lgan kristallar uning pastki uchidan to‘kiladi. Baraban aylanishi paytida uning devorlari eritma bilan xo‘llanadi va natijada suvning bug‘lanish yuzasi ortadi.
Baraban qobiq ichiga joylashtirilgan bo‘lib, ular orasidagi xalqasimon bo‘shliqqa sovuqlik eltkichlar, ya’ni suv yoki xavo yuboriladi. Eritma va sovuqlik eltkich qarama - qarshi yo‘nalishda xarakatlanadi. 1 m3 eritmani sovitish uchun taxminan 5 m3 suv sarflanadi. qurilma devorlarida kristallar cho‘kib yoki yopishib qolish oldini olish maqsadida barabanning pastki qismi qizdirib turiladi. Buning uchun qobiq va baraban orasidagi bo‘shliqqa zmeyevik o‘rnatiladi. Mavxum qaynash qatlamli kristallizatorlar kristallash jarayonini intensiv rejimlarda o‘tkazish imkoniyatini beradi (5.129-rasm).
Kristallanish jarayoni erituvchining bir qismini bug‘latib yo‘qotish yoki eritmani sovitish usullarida tashkil etilishi mumkin.
Sirkulyasion trubada boshlang‘ich eritma sirkulyasiya qilayotgan kristallari ajratib olingan eritma qoldig‘i bilan aralashadi. So‘ng, aralashma issiqlik almashinish qurilmasida qizdiriladi, qaynash trubasi orqali qurilmaga o‘tadi va u yerda intensiv ravishda qaynab bug‘ xosil qiladi. Jarayon mobaynida xosil bo‘lgan o‘ta to‘yingan eritma kristallizatorning pastki qismiga tushadi. Bu yerda, eritmaning sirkulyasiyasi xisobiga mavxum qaynash qatlami paydo bo‘ladi. xosil bo‘lgan yirik (2 mm gacha) kristallar qurilma tubiga cho‘kadi va ular chiqarib yuboriladi.
Mayda kristallar esa, jarayonda qatnashib, o‘sishda davom etadi yoki yig‘gich 3 orqali chiqariladi.
Mavxum qaynash qatlamida suspenziyaning intensiv aralashishi tufayli eritmada moddaning diffuziya tezligi ortadi va kristalllarning o‘sish jarayoni tezlashadi. Bunda, eritmaning o‘ta to‘yinish darajasi kamayadi va kristallarning o‘sish tezligi kristallash markazlari xosil bo‘lish tezligiga nisbatan katta bo‘ladi. Mavxum qaynash qatlamida kristallash jarayonida boshqa usullarga nisbatan yaxshi granulometrik tarkibli kristallar olinadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling