Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar


KRISTALLANISH JARAYONINING NAZARIYASI


Download 0.56 Mb.
bet23/26
Sana01.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1239835
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
атж

KRISTALLANISH JARAYONINING NAZARIYASI Kristallanish jarayoni moddalarning turli suyuqliklarda (ya’ni erituvchilarda) eruvchanlik xossalariga asoslanadi. Noorganik moddalar uchun eng ko‘p kullaniladigan erituvchilar katoriga birinchi navbatda suv kiradi. Organik moddalarni eritish uchun esa uglevodorodlar, spirtlar, efirlar va boshka organik erituvchilar ishlatiladi.Eruvchanlik deb birorta moddaning erituvchidagi konsentrasi-yasiga aytiladi. Odatda eruvchanlik 100 g, 1000 g yoki 1000 mol erituvchiga to‘g‘ri kelgan moddaning grammlar yoki mollar soni bilan ifoda kilinadi. Xisoblashlar uchun eruvchanlikni 1 m3, 1 l yoki 1 kg eritmadagi moddaning kg yoki mollar xisobida olingan mikdori bilan ulchash kulay xisoblanadi.zonasi.Eruvchanlikning ma’lum temperaturalar chegarasida erigan modda va erituvchining xossalaridan boglikligi eruvchanlik egri chizigi orqali ifoda kilinadi. Eritmalarning xolat diagrammasida eruvchanlik chizigini temperaturaga boglikligi ko‘rsatilgan. Grafikda: A — noturgun zona (yoki o‘ta tuyingan eritmalar zonasi); B nisbatan turgun zona; V — turgun zona (yoki tuyinmagan eritmalar zonasi).Nisbatan turgun zonaning chegaralari eritmaning temperatu-rasi 1 ga, uning sovitish tezligiga, aralashish darajasiga va boshka omillarga boglik bo‘ladi. Agar eruvchanlik egri chizigi tik bo‘lsa (a), temperaturaning biroz kamayishi bilan eritma nisbatan turgun zonadan o‘ta tuyingan eritmalar zonasiga o‘tadi va bu yerda qattiq fazaning ajralishi yuz beradi. Bunda eritmaning konsentrasiyasi pasayadi. Bu turdagi, ya’ni tuyinishga yakin bo‘lgan eritmalarni sovitish orqali kryastallantirish mumkin.Agar eruvchanlik temperatura t ning ortishi bilan sekin ko‘paysa (b), eritmani o‘ta tuyingan zonaga utkazish uchun uni sezilarli darajada sovitish zarur bo‘ladi, bunday xolatda kam miadordagi qattiq fazaning ajralishi yuz beradi. Bunday eritmalarni kristallantirish uchun erituvchining bir kismini buglantirish kerak. V da ko‘rsatilgan grafikda temperaturaning keng intervalida eruvchanlik sezilarli uzgarmaydi. Bunday sharoitda kristallanish prosessi buglatish bilan birgalikda olib bori-ladi.Kristallanish prosessiningtezligi eritmaning temperatura-siga, uning o‘ta tuyinish darajasiga, kristall markazlarining paydo bo‘lish tezligiga, aralashtirish darajasiga va boshka omillarga boglik bo‘ladi. Kristallanish markazlari o‘ta tuyin­gan yoki o‘ta sovigan eritmalarda o‘z-o‘zidan xosil bo‘ladi. Bunday markazlarning xosil bo‘lishi tezligini oshirish uchun temperatu-rani ko‘paytirish, aralashtirish, silkitish, sirtki — aktivmoddalarni ko‘shish maqsadga muvofik bo‘ladi. Amaliyotda kristallanish markazlarining paydo bo‘lishini osonlashtirish uchun apparatga qo‘shimcha kristallsimon moddaning mayda kukuni kushiladi.Kristall kurtaklarining yaxshi usishi uchun ular ma’lum ulchamga ega bo‘lishi kerak. Xosil bo‘layotgan kurtakning ulchami ancha kichik bo‘lsa kaytadan molekulalarga parchalanib ketadi, agar ulchami kattarok bo‘lsa kurtak saqlanib qoladi. Saqlanib qolishi mumkin bo‘lgan kristall kurtaklarining ulchami eritma­ning tuyinish darajasiga, temperaturaga, xamda erigan modda va erituvchining xossalariga boglik bo‘ladi. X,isoblashlar shuni ko‘rsatdiki, kand ishlab chikarishidagi vakuum-apparatlarida saqlanib qoladigan kristall markazlari (yoki kurtaklari) ning ulchami eng kami bilan 0,7-10-6 sm, kurtakdagi molekulalarning soni esa 200 ta atrofida bo‘lishi kerak. Xosil bo‘layotgan kurtakning saqlanib qolish xolatiga to‘g‘ri kelgan ulchami kritik ulcham deb ataladi. Yuqorida ko‘rsatilgan misol uchun kurtakning kritik ulchami 0,7-10-6 sm ga teng.Yagona olingan kristallning xosil bo‘lishi quyidagicha boradi: 1) o‘ta tuyingan eritmada kristallanish markazi (yoki kurtagi) ning paydo bo‘lishi; 2) ushbu kristallanish kurtagi asosida kristallning usishi.Kristall to‘g‘ri panjara sifatidagi fazaviy tuzilishga ega bo‘lib, panjaraningtugunlarida kristallning tarkibiga kirgan ionlar, atomlar yoki molekulalar joylashgan bo‘ladi. Suvning molekulasi ko‘pincha qattiq kristallning tarkibiga kirgan bo‘ladi, bunday kristallni kristallogidrat deb ataladi. Kristall panjaralari simmetriyasining 32 ta kurinishi mavjud bo‘lib, ular 7 guruxga bo‘linadi. Bu guruxlar bir yoki bir necha uxshash simmetriya elementlaridan iborat bo‘ladi: 1) uch ponali; 2) ko‘p ponali; 3) rombik; 4) trigonal; 5) tetragonal; b) geksagonal va 7) kubik.rasmda kristallanish tezligining vaktga boglikligi ko‘rsatilgan. Grafikdan kurinib turibdiki, o‘ta tuyinish daraja-si katta bo‘lgan paytda kristallanish tezligi keskin uzgaradi. Eritmalarning tuyinish darajasi ortishi bilan kristallarning usishiga nisbatan, kristallanish markazlarining paydo bo‘lishi tezrok boradi. Oqibat natijada mayda kristallar xosil bo‘ladi. Yirik kristalli maxsulot olish uchun eritmani tuyintirishini sekin-asta pasaytirish zarur.Kristallanishning shart-sharoitlari xosil bo‘layotgan kris­tallarning shakli va ulchamlariga xamda xosil bo‘layotgan maxsulotning tozalik darajasiga ta’sir kiladi.Davriy kristallanish prosessi ikki boskich (kristallar kurtaklarining xosil bo‘lishi va ularning keyingi usishi) dan tashkil topgan. Uzluksiz kristallanishda esa ikkala boskich bir vaktning uzida davom etadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling