Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


YIGIRMANCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet103/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184
Bog'liq
Документ

YIGIRMANCHI JUZ’ *************************



  1. (Lut) qavmining javobi esa faqat "Lut ahlini qishlog'ingizdan (quvib) chiqaringiz! Darhaqiqat, ular juda "pok"lanib ketayotgan kishilardir", - deyishlari bo'ldi.


  1. So'ng Biz (Lutga) va uning ahliga najot berdik. Illo, uning xotini (najot topmadi, chunki) halok bo'luvchilardan ekanini taqdir qilib - belgilab qo'ygan edik.


  1. Va ularning ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik! Bas, ogohlantiriluvchilar yomg'iri naqadar yomon bo'ldi!


  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Allohga hamd va (payg'ambarlik uchun) tanlagan bandalariga salom! Alloh yaxshiroqmi yoki ular sherik qilayotgan narsalarimi?!"


  1. Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv (yomg'ir) yog’dirib, u bilan go'zal bog'larni o'stirgan zotmi?! Sizlar uchun u (bog'lar)ning dov-daraxtini o'stirish imkoni yo'q edi. Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ular (Allohga o'zgalarni) teng (deb) biladigan qavmdirlar!


  1. Yoki Yerni qarorgoh qilib, uning o'rtasida daryolar paydo qilgan va uning uchun tutqi (tog')lar barpo qilgan hamda ikki (sho'r va chuchuk) dengiz (daryo) o'rtasida to'siq insho etgan zotmi?! Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ularning aksariyati bilmaydilar!


  1. Yoki noiloj odam duo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan va (undan) yomonlik (musibat)ni yo'q qiladigan hamda sizlarni Yerning o'rinbosarlari qiladigan zotmi?! Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Kamdankam eslatma olursizlar!


  1. Yoki sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida to'g'ri yo'lni ko'rsatadigan va O'z rahmati (yomg'iri) oldidan shamollarni xushxabar qilib jo'natadigan zotmi?! Alloh bilan birga yana (biror) iloh bormi?! Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan yuksakdir!


  1. Yoki ilk bor O'zi yaratib, so'ngra (oxiratda) qayta yaratadigan zotmi?! Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur? Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! (Ey, Muhammad, kofirlarga) ayting: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, hujjatingizni keltiringiz!"


  1. Ayting: "Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa g'aybni bilmas". Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar.


  1. Balki ularning oxirat haqidagi bilimlari pishib yetilgandir?! Yo'q, ular (oxiratdan) shakshubhadadirlar! Yo'q, ular u to'g'rida ko'rdirlar!


  1. Kofir bo'lgan kimsalar dedilar: "O'zimiz ham, ota-bobolarimiz ham tuproqqa aylanib ketganimizda (tirilib yana qabrlarimizdan) chiqariluvchimizmi?!


  1. Darhaqiqat, bizlarning o'zimizga ham, ilgari ota-bobolarimizga ham mana shu va'da qilingandi. Bu faqat o'tganlarning afsonalaridir!"


  1. Ayting: "Yerni aylanib, jinoyatchi kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ringlar!"


  1. (Ey, Muhammad,) Siz ularning (imon keltirmaganlari) ustida g'am chekmang va ular qilayotgan makrlardan siqilmang ham!


  1. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va'da (azob) qachon bo'ladi?" - deydilar.


  1. Ayting: "Ehtimol sizlar shoshtirayotgan narsa (azob)ning ba'zisi sizlarning izingizga tushib qolgandir".


  1. Albatta, Rabbingiz odamlarga nisbatan fazllidir. Lekin ularning aksariyati shukr qilmaydilar.


  1. Albatta, Rabbingiz ularning dillari yashiradigan narsani ham, oshkor qiladigan narsani ham bilur!


  1. Osmon va zamindagi har bir sir aniq Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) mavjuddir.


  1. Albatta, ushbu Qur'on Isroil avlodiga ular ixtilof qilayotgan narsalar ko'pining qissasini bayon qilib berur.


  1. Albatta, u mo'minlar uchun hidoyat va rahmatdir.


  1. Albatta, Rabbingiz (odamlar) o'rtasini O'z hukmi bilan ajrim qilur. U qudratli va bilimlidir!


  1. Bas, Siz Allohga tavakkul qiling! Albatta, Siz aniq haqiqat uzradirsiz!


  1. Aniqki, Siz (o'z da'vatingizni) "o'liklar"ga uqtira olmassiz va yuz o'girib ketayotgan "karlar"ga ham da'vatni uqtira olmassiz.


  1. Yana Siz "ko'rlar"ni ham zalolatlaridan (chiqarib, haq yo'lga) hidoyat qila oluvchi emasdirsiz. Siz faqat oyatlarimizga imon keltiradiganlargagina uqtira olursiz. Bas, ular musulmondirlar.


  1. Qachon (kofirlarning) ustiga so'z (azob) tushganda (ya'ni, qiyomat oldidan) Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar oyatlarimizga ishonmaydigan bo'lib qolganlari haqida gapirur.

Izoh: Islom aqidasiga binoan, qiyomat qoyim bo'lish oldidan Yeru osmonda turli g'ayri tabiiy alomatlar zohir bo'ladi. Shulardan biri "Dobbatul - Arz" - ya'ni Yer maxluqi. U yerdan chiqib kofirlarga la'nat o'qiydi.

  1. Biz har bir ummatdan bir guruh - oyatlarimizni inkor etadiganlarni to'plaganimizda ular tizilib turadigan kunni (eslang)!


  1. Bas, ular (hisobot beriladigan joyga) kelishgach, (Alloh) aytadi: "Sizlar aniq bilmagan holingizda oyatlarimni yolg'on dedingizmi?! Yoki nima qiluvchi bo'ldingizlar?!"


  1. Zolim (kofir) bo'lganlari sababli ularning ustiga (azob to'g'risidagi) so'z tushadi. Bas, ular so'zlay olmaslar.


  1. Biz ular taskin topishlari uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug' qilib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlar bordir!


  1. Sur chalinib, Alloh O'zi xohlagan zotlardan boshqa osmonlardagi va Yerdagi (barcha) kimsalar dahshatga tushib qolgan va barcha U zot (huzuri)ga taslim qilgan holda keladigan kunni (eslang)!


  1. Siz tog'larni ko'rib (mangu) qotib turuvchi, deb o'ylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlar (suzib) yurgandek (havoda suzib) yurarlar. (Bu) barcha narsani puxta qilgan zot - Allohning sinoatidir. Albatta, U zot sizlar qilayotgan (barcha) ishlardan ogohdir!

Izoh: Tog'larning suzib yurishini ikki xil tasavvur qilish mumkin. Birinchisi - qiyomat kuni tog'lar tuya yungi kabi havoda to'zib yurishi. Bu to'g'rida 101-suraning 5-oyatida ham zikr etilgan. Ikkinchisi - Yerni fazodan turib kuzatilganda tog'lar ham Yer bilan birgalikda bulutlar kabi sayr etayotgandek ko'rinishi.

  1. Kim yaxshilik (savob) bilan kelsa, bas, uning uchun (o'sha savobidan) yaxshiroq mukofot bo'lur. Va ular o'sha kuni dahshatdan omondadirlar.


  1. Kim yomonlik (kufr) bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do'zaxga tashlanurlar. (Va ularga aytilur): "Sizlarga faqat qilib o'tgan amallaringiz jazosi berilur".


  1. (Ey, Muhammad, ayting): "Men mana shu shaharning (Makkaning) Parvardigorigagina ibodat qilishga buyurilgandirman. (U bu shaharni) "harom" qilgandir (ya'ni, bu shaharda qon to'kilishi, zulm qilinishi, ov ovlanishi kabilar harom qilingandir). Barcha narsa Unikidir! Men musulmonlardan bo'lishga buyurilgandirman.


  1. Shuningdek, Qur'onni tilovat qilishga ham (buyurilgandirman). Bas, kim haq yo'lga yursa, faqat o'zi uchun yurar. Kim yo'ldan ozsa, u holda aytingki: "Men faqat ogohlantiruvchilardandirman".


  1. Ayting: "Hamd Allohgakim, U yaqinda sizlarga O'z mo''jizalarini ko'rsatur. Bas, sizlar u (mo''jizalarni) tan olursizlar (lekin u kundagisi foyda bermas)". Rabbingiz sizlarning qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir!

QASAS SURASI
Qasas - qissa.
Surada Muso(a. s.) ning hayot va faoliyatlari to'g'risida kengroq ma'lumot beriladi. Yovuzlik timsoli sifatida Fir'avn va Qorun kabi "quturgan" shaxslar haqida ham ibratomuz oyatlar berilgan. Qolgan oyatlarda, odatdagidek, tavhid, imon, e'tiqod, taqvo va solih amallarga targ'ibot, kufr, shirk, ma'siyat kabi razilliklardan poklanishga qaratilgan da'vatlar talqin etiladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling