Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


YIGIRMA BIRINCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet106/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184
Bog'liq
Документ

YIGIRMA BIRINCHI JUZ’ *************************



  1. (Ey, mo'minlar,) sizlar Kitob ahli bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilinglar, illo ularning orasidagi zulm (tajovuz) qilganlar bundan mustastnodirlar. Shuningdek, aytinglar: "Bizlar o'zimizga nozil qilingan (Qur'on)ga ham, sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil)ga ham imon keltirganmiz. Bizlarning ilohimiz va sizlarning ilohingiz bir (Iloh)dir va bizlar Ungagina bo'yin sunuvchimiz".


  1. (Ey, Muhammad,) shuningdek, Sizga Kitob (Qur'on) nozil qildik. Bas, Biz Kitob (Tavrot va Injil) ato etgan zotlar unga (Qur'onga) imon keltirurlar. Ana ular (Makka ahli orasi)da ham unga imon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor qilurlar.


  1. Siz ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va o'z qo'lingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda buzg'unchilar, albatta, shubhaga tushgan bo'lur edilar.

Izoh: Ya'ni, ular: "Muhammad yozuvchi bo'lgani uchun Qur'onni o'zi yozib chiqayotgandir", - deb shubha qilishlari mumkin edi.

  1. Yo'q, u (Qur'on) ilm berilgan zotlarning dillaridagi aniq oyatlardir! Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilurlar.


  1. Ular (kofirlar): "Unga (Muhammadga) ham Parvardigori tomonidan mo''jizalar tushganida edi", - dedilar. Ayting: "Mo''jizalar Allohning huzuridadir. Men esa faqat aniq ogohlantiruvchiman, xolos".


  1. Axir ularga tilovat qilinayotgan (shu) Kitobni Biz Sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?! Albatta, bu (Kitob)da imon keltiradigan qavm uchun rahmat va eslatma bordir!


  1. Ayting: "Alloh men bilan sizlarning o'rtangizda yetarli guvohdir. U osmonlar va Yerdagi bor narsani bilur. Botil narsaga (butlarga) imon keltirib, Allohga kofir bo'lganlar - ana o'shalar ziyon ko'ruvchilarning o'zidirlar!"


  1. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Agar belgilangan muddat (qiyomat kuni) bo'lmasa edi, albatta, ularga (darhol) azob kelgan bo'lur edi. (Kelganda ham), albatta, ular sezmagan hollarida to'satdan kelur.


  1. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Albatta, jahannam kofirlarni qamrab oluvchidir!


  1. U kunda azob ularning ustilaridan ham, oyoqlarining ostidan ham o'rab olur va (Alloh) aytur: "Qilgan ishlaringizning jazosini totinglar!"


  1. Ey, imon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilingizlar!


  1. Har bir jon o'lim (achchig'i)ni totuvchidir! So'ngra Bizga qaytarilursizlar.


  1. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, jannatda ostidan anhorlar oqib turadigan ko'shklarga joylashtirurmiz. Ular u yerda mangu qolurlar. (Yaxshi) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir!


  1. Ular sabr qilgan va yolg'iz Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.


  1. O'z rizqini ko'tara (topa) olmaydigan qanchalab jonzotlar bor. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizq berur. U eshituvchi va biluvchidir!


  1. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni (toatiga) bo'yin sundirgan zot kim?" - deb so'rasangiz, albatta, ular: "Alloh", - derlar. Bas, (shunday ekan), qayoqqa burilib ketmoqdalar?!


  1. Alloh bandalaridan o'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (O'zi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir!


  1. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib yerni "o'lganidan" so'ng

"tiriltirilgan" zot kim?" - deb so'rasangiz, albatta, ular: "Alloh", derlar. Siz (ularga): "Allohga hamd!", -deb ayting! Yo'q, ularning aksariyati aql yurgizmaydilar!

  1. Bu dunyo hayoti faqat (ozgina) o'yin kulgidir! Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (haqiqiy) hayot (joyi)dir.


  1. Qachonki, ular kemaga minsalar (g'arq bo'lishdan qo'rqib,) Allohga chin ixlos bilan iltijo qilurlar. Bas, qachonki, (Alloh ularni quruqlikka chiqarib,) najot bergach, banogoh ular (Allohga yana) shirk keltirurlar.


  1. Biz ularga ato etgan ne'matlarga noshukr bo'laversinlar va (shu dunyodagi hayotdan) "foydalanib" qolsinlar. Hali yaqinda (haqiqatni) bilib olajaklar!


  1. Ular o'zlarining atroflaridagi odamlar qirg'inga uchrab turgan bir paytda, Biz (Makkani) osoyishta haram qilib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?! Nahotki, ular botil (butlar)ga imon keltirib, Allohning ne'mati (Islom)ni inkor etsalar?!


  1. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan yoki Haq (Qur'on) kelgan chog'da uni yolg'onga yo'ygan kimsadan kim ham zolimroqdir?! Kofirlar uchun jahannamda joy bor emasmi?!


  1. Bizning (yo'limiz)da jihod (jiddu jahd) qilganlarni, albatta, O'z yo'llarimizga hidoyat qilurmiz. Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir!

RUM SURASI
Surada VII asrning eng yirik davlatlari - Rum bilan Fors o'rtasida boshlangan jangda Rumning mag'lubiyatga uchragani, lekin yaqin kelajakda u g'alabaga erishishi to'g'risida xabar beriladi. Darhaqiqat, yetti yildan so'ng rumliklar forslar ustidan g'alaba qozonib, Qur'onning ilohiy mo'jizaligi yanada ravshanlashadi. Suraning boshqa oyatlarida yana ilohiy da'vat va ibratli qissalar davom ettiriladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling