Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet108/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Ya'ni berilgan zakot boylikni kamaytirish o'rniga unga baraka kiritadi.

  1. Alloh - sizlarni yaratgan, so'ngra sizlarni rizqlantirgan, so'ngra vafot ettiradigan, so'ngra

(qiyomatda) tiriltiradigan zotdir! (Keltirayotgan) shirklaringiz ichida shu (mazkur)lardan birortasini qila oladigani bormi?! Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir!

  1. Odamlarning qilmishlari tufayli quruqlik va dengizda buzg'unchilik paydo bo'ldi. Bu ularning (o'z qilmishlaridan) qaytishlari uchun qilgan ba'zi (yomon) ishlari (jazosi)ni ularga tottirish uchundir.


  1. Ayting: "Yerda sayr qilinglar, bas, oldingilar oqibati ne bo'lganini ko'ringlar! Ularning aksariyati mushriklar edi.


  1. Alloh (tomoni)dan qaytarilishi bo'lmaydigan Kun kelmay turib, to'g'ri din (Islom)ga yuzingizni to'g'rilang! O'sha kunda (odamlar turli xillarga) bo'linurlar.


  1. Kimki kofir bo'lgan bo'lsa, bas, kufri o'ziga! Kimki solih (amal) qilgan bo'lsa, bas, o'zlari uchun oldini olgan bo'ladilar.


  1. (Bu) imon keltirib, solih (amal)larni qilganlarni O'z fazlidan mukofatlashi uchundir. U kofirlarni suymas.


  1. Uning belgilaridan biri (yomg'ir ёg'ishidan) xushxabar beruvchi, Uning rahmati (yomg'iri)dan sizlarni bahramand etishi uchun, Uning amri bilan kemalar suzishi uchun, Uning fazli (rizqi)dan istashlaring va shukr qilishlaringiz uchun shamollarni yuborishidir.


  1. Sizdan oldin ham payg'ambarlarni o'z qavmlariga yuborganmiz. Bas, (elchilarimiz) ularga hujjatlarni keltirganlar. Jinoyatchilardan esa intiqom (o'ch) olganmiz. Bizning zimmamizda mo'minlarga madad berish haqqi bordir.


  1. Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib, bulutlarni qo'zg'aydi, bas, uni osmonda xohlaganicha yoyadi va uni bo'lak-bo'lak qilgach, uni orasidan yomg'ir chiqishini ko'rasiz. Bas, qachonki uni (yomg'irni) O'z bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan shodlanib keturlar,


  1. garchi oldin ularga (yomg'ir) yog'may turganda ular noumid bo'lsalar ham.


  1. Allohning rahmati (yomg'iri) asoratlariga boqing - yerni "o'lgani"dan keyin qanday qilib uni "tiriltiradi"! Albatta, U (Alloh) o'liklarni tiriltiruvchi va U har narsaga qodirdir.


  1. Bordi-yu bulutlarni yuborsa-yu, uni sarg'aygan (yomg'irsiz) holda ko'rsalar, shundan keyin ham (baribir) kofirliklaricha qolavergan bo'lardilar.


  1. Aniqki, Siz "o'liklar"ga (so'zingizni) anglata olmassiz, orqa o'girib ketayotgan "kar"larga ham da'vatni uqtira olmassiz.


  1. Yana Siz ("ko'r"larni o'z zalolatlaridan (qaytarib), hidoyat qiluvchi emassiz. Siz faqat bizning oyatlarimizga imon keltiradigan kishilargagina (o'z so'zlaringizni) uqtira olursiz. Bas, o'shalar musulmonlardir.


  1. Alloh shunday zotdirki, sizlarni zaif narsadan (bir tomchi suvdan) yaratdi, so'ngra (sizlar uchun) zaiflikdan keyin (quvvat paydo) qildi. So'ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilikni (paydo) qildi. U O'zi xohlagan narsani yaratur. U bilimdon va qudratlidir.


  1. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda jinoyatchi kimsalar (dunyoda) bir soatdan ortiq turmaganlariga qasam ichurlar. Ular (dunyoda ham) mana shunday (rostdan yolg'onga) buriluvchi edilar.


  1. (Shunda) ilm va imon berilgan zotlar ayturlar: "Aniqki, sizlar Alloh (Lavhul-Mahfuzda) yozib qo'yganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, mana shu tirilish kunidir. Lekin, sizlar (buni haq ekanini) bilmas edinglar".


  1. Ana o'sha kunda zulm qilgan kimsalarga uzr (bahona)lari foyda bermas va ulardan qaytish ham talab qilinmas.


  1. Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun har (turli) masaldan bayon etdik. Qasamki, agar Siz, (ey, Muhammad,) ularga (talab qilishgan) mo''jizani keltirsangiz ham, albatta, kofir bo'lgan kimsalar: "Sizlar, albatta, yolg'onchidirsizlar", - derlar.


  1. Alloh (haqiqatni) bilmaydigan kimsalarning dillarini ana shunday muhrlab qo'yar.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. (Oxiratga) ishonmaydigan kimsalar (qilmishlari) Sizni yengiltaklik (qarg'ash)ga olib kelmasin!

LUQMON SURASI
Luqmon - tarixda Luqmoni hakim deb shuhrat topgan habashiy bir dono shaxsning nomi. Ulamolar uning payg'ambar yoki valiy bo'lgani haqida bir fikrga kelisha olmaganlar. Chunki na Qur'onda va na hadislarda uning kim bo'lgani to'g'risida aniq ma'lumot berilmagan. Faqat Qur'oni karimda uning o'z o'g'liga qilgan foydali, ibratomuz nasihatlaridan asosiy qismi berilgan. Qolgan qismlarini esa rivoyatlar orqali naql qilinib, to bizning asrimizgacha ham yetib kelgan. Suraning boshqa oyatlarida tavhid va imonga da'vat, kufr va shirkdan qaytarish kabi o'gitlar talqin etiladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling