Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet111/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Ey, Payg'ambar, Allohdan qo'rqing! Kofirlar va munofiqlarga itoat etmang! Albatta, Alloh bilimli va hikmatli zotdir.


  1. Rabbingiz (tomoni)dan Sizga vahiy qilinadigan oyatlarga ergashing! Albatta, Alloh sizlar qilayotgan amallardan ogohdir.


  1. Allohga tavakkul qiling! Allohni O'zi yetarli vakil (homiy)dir.


  1. Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir. (Shuningdek), sizlar "zihor"* qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni o'z bolalaringiz qilgan emasdir. Bu sizlarning og'izlaringizdagi so'zingizdir*. Alloh esa haqiqatni aytur va Uning O'zi yo'lga boshlar.

Izoh(a): Shariatda nikoh, taloq kabi oilaviy munosabatlar qatorida zihor degan narsa ham bor. Bu ko'proq arab xalqida joriy etilgan yaramas odatlardan biri edi. Zihorda er o'z xotiniga: "Sen menga onamning badani kabi haromsan" - kabi so'zlarni aytishi bilan qattiq gunohkor bo'ladi, lekin xotini o'z onasiga aylanib qolmaydi. Bu gunohni yuvish uchun er ma'lum miqdorda kafforat (jarima) to'lash zarurligi qayd etiladi.
Izoh(b): Oyatdagi ikkinchi masala asrandi bola haqida. Boqib olingan asrandi bola hech qachon o'zi tuqqan bolalaridek mahram bo'laolmasligi, nikoh va meros masalalarida ularning huquqi begonalar huquqi bilan barobar bo'lishi haqida ko'rsatmalar berilgan. Bu bilan bola asrab olish va uni tarbiya qilib voyaga yetkazish savobi inkor etilayotgani yo'q. Masalan, bir oilada asrandi o'g'il voyaga yetsa, shu oiladagi "singil" ga uylanishi mumkin va aksincha ham. Surada Muhammad (a. s.) asrab olgan Zayd ibn Horisa voqeasi batafsil bayon etiladi.

  1. Ularni (asrandi farzandlarni) o'z otalari (ismi) bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. Bas, agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz va do'stlaringizdir. Qilgan xatolaringiz sababli sizlarga gunoh yo'qdir, lekin ko'ngillaringiz (bilan) qasd qilingan narsadagina (gunohkor bo'lursizlar). Alloh kechirimli va mehribon zotdir.


  1. Payg'ambar mo'minlarga o'zlaridan ham haqliroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridir.

Allohning Kitobida qarindoshlar (merosxo'rlikda) bir-birlariga (qarindosh bo'lmagan) mo'minlardan va muhojirlardan ko'ra haqliroqdirlar. Magar sizlar (diniy) do'stlaringizga (meros berishlik bilan) yaxshilik qilmog'ingiz (mumkin). Bu, Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) bitiklidir.

  1. Eslang, Biz (barcha) payg'ambarlardan va Sizdan, Nuhdan, Ibrohim, Muso va Iso ibn Maryamdan qat'iy ahd olgandik.


  1. Bu rostgo'ylardan (qiyomatda) sodiqliklari haqida so'rash uchun edi. (Alloh) kofirlar uchun alamli azob tayorlab qo'ygandir.


  1. Ey, imon keltirganlar, sizlarga (qarshi) qo'shinlar kelgan paytida Biz ularning ustiga shamol va sizlar ko'rmagan qo'shinlar (farishtalar)ni yuborganimizni - Allohning sizlarga bergan ne'matini eslanglar! Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchi zotdir.


  1. O'shanda ular sizlarning ustingizdan ham, sizlardan quyi (tomon)dan ham (bostirib) kelgan edilar. O'shanda ko'zlar tinib, yuraklar bo'g'izga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli) gumonlar qila boshlagan edingizlar.


  1. Ana o'sha joyda mo'minlar imtihon qilindilar va (dahshatdan) qattiq larzaga tushdilar.


  1. O'shanda munofiqlar va dillarida illat bo'lgan (e'tiqodlari zaif) kimsalar: "Alloh va Uning payg'ambari bizlarga faqat yolg'on va'da qilgan ekanlar", - deya boshladilar.


  1. O'shanda ulardan bir toifasi dedi: "Ey, Yasrib (Madina) ahli, sizlar uchun (bu qadar ko'p sonli yovga qarshi) turish imkoni yo'qdir, bas, (o'z uylaringizga) qaytib ketinglar". Ulardan yana bir guruhi esa: "Uylarimiz ochiq-sochiq", - deb Payg'ambardan izn so'radilar. Holbuki, (uylari) ochiq-sochiq emas edi. Ular faqat (jangdan) qochishnigina istardilar.


  1. Agar ularning (munofiqlarning) ustiga (Madinaning turli) tomonlaridan kirilsa, so'ngra ulardan fitna talab qilinsa, albatta, ular ko'p (ikkilanib) turmasdan unga (fitnaga) kelgan bo'lur edilar.


  1. Holbuki, ular ilgari ortga chekinmaslari haqida Alloh bilan ahdlashgan, Allohga berilgan ahd esa (qiyomat kunida) so'raluvchidir.


  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Agar sizlar o'lishdan yo o'ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga sira foyda bermas, demak, sizlar hayotdan juda oz foydalanursizlar".


  1. Ayting: "Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda etsa, sizlarni kim undan asray olur yoki U sizlarga marhamatni iroda qilsa (kim uni to'sa olur)?!" Ular o'zlariga Allohdan o'zga do'st ham, yordamchi ham topa olmaslar.


  1. Alloh sizlarning orangizdagi (jihodga) to'sqinlik qiladigan va o'z do'stlariga: "Biz tomonga o'tinglar", - deydigan kimsalarni aniq bilur. Ular jangga kamdan-kam kelurlar.


  1. (Bu) sizlarga nisbatan baxilliklaridir. Bas, qachonki, (yov tomonidan) xavf kelsa, siz ularni o'lim o'rab behush bo'lgan kimsa kabi ko'zlari o'ynab, siz tomonga qarayotganlarini ko'rasiz. Bas, qachonki, xavf ketsa, ular yaxshilik (o'ljalar) ustida ochko'zlik qilib, sizlarni o'tkir tillar bilan ranjiturlar. Ular imon keltirmaganlar, bas, (shu sababli) Alloh ularning amallarini behuda ketkazdi. Bu Allohga osondir.


  1. Ular (munofiqlar) u firqalarni (yovni) ketmagan deb o'ylaydilar va agar u firqalar (qaytib) kelib qolsalar, ko'chmanchi badaviylar orasida bo'lib, sizlardan xabar so'rab turishni istaydilar. Agarda ular sizlarning orangizda bo'lganlarida ham kamdan-kam jang qilgan bo'lur edilar.

Izoh: Ya'ni munofiqlarning qo'rqoqliklari fosh qilinmoqda. Mazkur oyatlarda hijratning 5-yili kechgan Xandaq jangi to'g'risida so'z yuritiladi. Makka va Madina mushriklaridan iborat turli firqalar Madinaga musulmonlar ustiga bostirib kirmoqchi bo'lganida, Salmoni Forisiy nomli sahobiy maslahati bilan Madina tevaragiga xandaq kovlangani va yov qo'shinlari unga qulab halok bo'lgani to'g'risida Islom tarixida keng ma'lumotlar mavjud.

  1. (Ey, imon keltirganlar,) sizlar uchun - Alloh va oxirat kunidan umidvor bo'lgan hamda Allohni ko'p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg'ambarida go'zal namuna bordir.


  1. Mo'minlar firqalarni (yovni) ko'rgan vaqtlarida: "Bu Alloh va payg'ambari bizlarga va'da qilgan narsadir (imtihondir). Alloh va payg'ambarining so'zi rostdir", - dedilar va (bu) ularning imon va itoatlarini yanada ziyoda qildi.


  1. Mo'minlar orasida Allohga bergan ahdiga sodiq kishilar bordir. Bas, ulardan o'z ahdiga vafo qilgani (shahid bo'lgani) va ulardan (shahid bo'lishni) kutayotgani bordir. Ular (ahdu paymonlarini) o'zgartirganlari yo'q.


  1. Alloh (ahdiga) sodiq kishilarni sadoqatlari sababli mukofotlash uchun, munofiqlarni esa, agar xohlasa, azobga giriftor etish yoki tavbalarini qabul qilish uchun (mazkur sinovni o'tkazdi). Alloh mag'firatli va mehribon zotdir.


  1. Alloh kofirlarni darg'azab hollarida qaytardi. Ular biror yaxshilik (foyda)ga erishmadilar. Alloh mo'minlarga jang to'g'risida kifoya qildi (mo'minlarni jangsiz g'olib qildi). Alloh kuchli va qudratli zotdir.


  1. U (firqalarga) yordam bergan, ahli kitobdan iborat kimsalarni (Alloh) o'z qal'alaridan tushirdi va dillariga qo'rquv soldi. (Ulardan) bir guruhni o'ldirursizlar, bir guruhni asir olursizlar.


  1. Sizlarni ularning yerlariga, maskanlariga, mol-mulklariga va oyoqlaringiz yetmagan yerlariga voris qildi. Alloh har narsaga qodir zotdir.


  1. Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga ayting: "Agar sizlar dunyo hayotini va uning zebu ziynatlarini istaydigan bo'lsangizlar, u holda kelinglar, men sizlarni (o'sha narsalar bilan) bahramand qilay va yaxshilab kuzatay (taloq qilay).


  1. Agar Allohni, Uning payg'ambarini va oxirat diyorini istaydigan bo'lsangizlar, u holda Alloh sizlarning orangizdagi chiroyli amal qiluvchilar uchun ulkan mukofot (jannat)ni tayyorlab qo'ygandir".


  1. Ey, Payg'ambar ayollari, sizlardan kim aniq fahsh ishini qilar ekan, uning uchun azob ikki barobar ziyoda qilinur. Bu Allohga osondir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling