Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


YIGIRMA IKKINCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet112/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184
Bog'liq
Документ

YIGIRMA IKKINCHI JUZ’ *************************



  1. Sizlardan kim Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va ezgu amal qilsa, Biz uning mukofotini ikki hissa qilib berurmiz va uning uchun farovon rizq (jannat)ni tayorlab qo'ygandirmiz.


  1. Ey, Payg'ambar ayollari, agar taqvodor bo'lsangizlar, (o'zga) ayollarning birortasi kabi emasdirsizlar. Bas, sizlar (nomahram erkaklarga) mayin so'z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo'lgan kimsa ta'ma qilib qolur. Yaxshi (to'g'ri) so'zni so'zlangizlar!


  1. O'z uylaringizda qaror topinglar, (ko'chaga chiqqanlaringizda esa) ilgarigi johiliyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar! Namozni mukammal ado etinglar, zakotni beringlar hamda Alloh va Uning payg'ambariga itoat etinglar! Ey, (Payg'ambarning) xonadon ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni obdon poklashni istaydi, xolos.


  1. Uylaringizda Allohning tilovat qilinadigan oyatlari va hikmat (ya'ni, payg'ambar hadislari)ni zikr qilinglar! Albatta, Alloh lutfli va ogoh zotdir.


  1. Albatta, muslim va muslimalar, mo'min va mo'minalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, rostgo'y erkaklar va rostgo'y ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozu'li (kamtar) erkaklar va tavozu'li ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, ro'za tutuvchi erkaklar va ro'za tutuvchi ayollar, avratlarini (haromdan) saqlovchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlovchi ayollar, Allohni ko'p zikr qiluvchi erkaklar va (Allohni ko'p) zikr qiluvchi ayollar - ular uchun Alloh mag'firat va ulug' mukofot (ya'ni, jannat)ni tayyorlab qo'ygandir.


  1. Alloh va Uning payg'ambarlari bir ishni hukm qilganda - hech bir mo’min va mo’minaga (uni bajarish yoki bajarmaslik) ishlarida ixtiyor bo'lishi mumkin emasdir. Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoatsizlik qilsa, bas, u aniq zalolat bilan yo'ldan ozibdi.


  1. (Ey, Muhammad,) eslang, Allohning va Sizning in'omingizga erishgan (Zayd ibn Horisa)ga: "Juftingni o'zingga saqlagin (taloq qilishga shoshmagin), Allohdan qo'rqqin", - deb, Alloh oshkor qiluvchi bo'lgan narsani ichingizda yashirgan edingiz va Allohdan qo'rqishga haqliroq bo'lgan holingizda, Siz odamlardan (ta'nalaridan) qo'rqqan edingiz. Bas, qachonki, Zayd undan (Zaynabdan) hojatini ado etgach (uni taloq qilgach), Biz Sizni unga uylantirdik. Toki mo’minlarga asrandi bolalari o'z xotinlaridan hojatlarini ado etishgach (taloq qilishgach), ularga (uylanishlarida tanglik bo'lmasligi uchun (shunday) qildik). Allohning amri esa bajariluvchidir.


  1. Allohning payg'ambarga farz (halol) qilgan narsada unga tanglik bo'lmas. (Bu) ilgari o'tgan (payg'ambarlar) haqidagi Allohning yo'lidir. Allohning ishi o'lchovli taqdirdir.


  1. Ular (o'tgan payg'ambarlar) Allohning farmonlarini (bandalarga) yetkazadigan, Undan qo'rqadigan va Allohdan o'zgadan qo'rqmaydigan zotlardir. Allohning O’zi yetarli hisobdondir.


  1. Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg'ambarlarning muhridir. Alloh barcha narsani biluvchi zotdir.

Izoh: Bu yerda Alloh taolo Muhammad alayhissalomni "Payg'ambarlarning muhri" deb atagan. Zero, har bir muhim yozma ish so'ngida muhr bosilgani kabi Payg'ambarimiz ham oxirgi payg'ambar bo'lganlari va endilikda to qiyomatgacha boshqa payg'ambar kelmasligi aniq bo'lgani uchun payg'ambarlar kitobiga muhr bosilgandek bo'ldi.

  1. Ey, imon keltirganlar, Allohni ko'p zikr qilinglar


  1. va erta-yu kech Unga tasbeh aytinglar!


  1. U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga marhamat ko'rsatadigan zotdir. Uning farishtalari ham (sizlarga mag'firat tilaydilar). U mo’minlarga mehribondir.


  1. Unga (Allohga) ro'baro' bo'ladigan kundagi ularga (Allohning) istiqbol so'zi salomdir. Ular uchun ulug' mukofot (jannat) tayyorlab qo'ygandir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling