Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet115/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to'rt qanotli elchilar qiluvchi Allohgadir. U yaratgan narsalarida nimani xohlasa (o'shani) ziyoda qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir.


  1. Alloh odamlar uchun ne bir rahmatni ochib qo'ysa, bas, uni tutib qoluvchi bo'lmas va neni tutib qolsa, bas, Undan so'ng uni (bandalarga) yuboruvchi bo'lmas. U qudrat va hikmat egasidir.


  1. Ey, insonlar, sizlarga (ato etgan) Allohning ne'matini eslangiz! Sizlarga osmonu zamindan rizq beradigan Allohdan o'zga yaratuvchi bormi?! Undan o'zga iloh yo'q! Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!


  1. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki,) Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham inkor etilgandirlar. (Barcha) ishlar, albatta, Allohga qaytarilur.


  1. Ey, insonlar, albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo'ymasin!

Izoh: Ya'ni sizlarga shayton Alloh nomidan va'da qilib: "Gunoh ishlarni qilaveringiz, toat-ibodat shart emas, Alloh kechiruvchi" kabi so'zlar bilan aldab qo'ymasin!

  1. Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U o'z firqasini (o'ziga ergashganlarni) do'zax ahli bo'lishga da'vat qilur.


  1. Kofir bo'lgan kimsalar uchun qattiq azob bordir. Imon keltirgan va solih amallarni qilganlar uchun esa mag'firat va katta mukofot bordir.


  1. Axir (qilgan) yomon ishi o'ziga chiroyli ko'rsatilib, uni go'zal (ish) deb o'ylagan kimsa (hidoyat topgan zot kabi bo'lurmi)?! Zotan, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo'ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas, (Ey, Muhammad,) ularga hasratlar chekib joningiz (chiqib) ketmasin. Albatta, Alloh ularning qilayotgan sir-sinoatlarini biluvchidir.


  1. Alloh shamollarni yuborib, bulutni qo'zg'atgach, Biz uni "o'lik" shaharga haydab, u bilan "o'lgan" yerni "tiriltirdik". Јiyomatda qayta tirilish ham shu tarzdadir.


  1. Kimki qudratni istaydigan bo'lsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. (Har bir) xush kalima U sari chiqur. Solih amalni esa, (Alloh O’z dargohiga) ko'tarur. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun qattiq azob bordir va ularning makrlari ham halok bo'lur (behuda ketur).


  1. Alloh sizlarni (Odamni) tuproqdan, so'ngra (uning naslini) nutfadan yaratib, keyin sizlarni juft-juft (erkak-ayol) qilib qo'ydi. Har bir ayolning homilador bo'lishi va ko'zi yorishi faqat Uning ilmi bilan bo'lur. Biror uzoq umr ko'ruvchining umri uzaytirilgan bo'lsa yoki umridan kamaytirilgan bo'lsa, albatta, u Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo'lur. Albatta, bu Allohga osondir.


  1. Ikki dengiz teng bo'lmas - bunisi shirin-totli va yutumli, unisi esa sho'r-nordondir. Sizlar (ularning) har biridan yangi go'sht (baliq) yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olursizlar. (Allohning) fazlidan (rizqidan) istashlaringiz uchun (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko'rasizlar. Shoyad shukr qilsangizlar.


  1. (Alloh) kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur, U quyosh va oyni ham (sizlar uchun) bo'yin sundirib qo'ygandir - har biri muayyan muddatgacha joriy bo'lur. Ana shu sizlarning Rabbingiz - Allohdir, Podshohlik faqat Unikidir. (Ey, mushriklar,) sizlar U zotni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (but)laringiz esa, xurmoning dumicha narsaga ham ega emasdirlar.


  1. Agar sizlar ularni chorlasangizlar, chaqiriqlaringizni eshitmaslar. Eshitganlarida ham sizlarga javob qila olmaslar va qiyomat kunida shirklaringizni inkor qilurlar. (Ey, Muhammad,) Sizga xabardor zot (Alloh)dek (hech kim) xabar bera olmas.


  1. Ey, insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Alloh esa, albatta, behojat va hamdga loyiq zotdir.


  1. Agar U xohlasa, sizlarni (yer yuzidan) ketkazib, (o'rningizga) yangi bir xalqni keltirur.


  1. Bu (ish) Allohga qiyin emasdir.


  1. (Qiyomat kunida) hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jon)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. Agar og'ir gunoh egasi o'z yuki - (gunohini ko'tarish)ga chorlansa, (garchi chorlanuvchi) qarindoshi bo'lsa-da, u (gunoh)dan biror narsa yuklatilmas. (Ey, Muhammad,) Siz faqat Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqadigan va namozni mukammal ado etgan zotlarnigina ogohlantira olursiz. Kimki poklansa, u faqat o'zi uchun poklangan bo'lur. Qaytish faqat Alloh saridir.


  1. Ko'r (kofir) bilan ko'ruvchi (mo'min) barobar bo'lmas.


  1. Zulmatlar (kufr) bilan nur (imon) ham.


  1. Soya (jannat) bilan jazirama (do'zax) ham (barobar bo'lmas).


  1. Tiriklar (mo'minlar) bilan o'liklar (kofirlar) ham barobar bo'lmas. Albatta, Alloh O’zi xohlagan kishilarga (quloqlariga) eshittirur. (Ey, Muhammad,) Siz qabrlardagi kimsalarga (qalbi o'liklarga) eshittira oluvchi emasdirsiz.


  1. Siz faqat ogohlantiruvchidirsiz.


  1. Albatta, Biz Sizni haq (din) bilan, xush xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Har bir ummat ichida ham, albatta, bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) o'tgandir.


  1. Agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki), ulardan avvalgilar ham (payg'ambarlarni) inkor etganlar. Holbuki, payg'ambarlari ularga aniq mo''jizalar, (ilohiy) sahifalar va nurafshon Kitob keltirgan edilar.


  1. So'ngra kofir bo'lganlarni (kufrlari sababli) ushladim (jazoladim). Bas, Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?!


  1. Alloh osmondan suv (yomg'ir-qor) yog'dirib, u bilan ranglari turli bo'lgan mevalarni

chiqarganimizni ko'rmadingizmi?! Yana tog'larning oq, qizil, rangbarang yo'l(lisi) ham, tim qorasi ham bordir.

  1. Shuningdek, odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari orasida ham turli ranglilari bordir. Allohdan bandalari orasida ulamolargina qo'rqurlar. Haqiqatan, Alloh qudratli va mag'firatlidir.


  1. Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni mukammal ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora ehson qiladigan zotlar sira kasod bo'lmaydigan tijoratdan (mukofot bo'lishidan) umidvordirlar.


  1. Zero, (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va O’z fazlini ularga yanada ziyoda qilur. Albatta, U mag'firatli va o'ta shukr qiluvchidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling