Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


YIGIRMA TO’RTINCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet123/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   184
Bog'liq
Документ

YIGIRMA TO’RTINCHI JUZ’ *************************



  1. Axir, Alloh sha'niga (shirk va farzandni nisbat berib) yolg'on so'zlagan va rostgo'ylik (vahiy)ni o'ziga kelgan paytidayoq inkor etgan kimsadan kim ham zolimroqdir yoki jahannamda kofirlar uchun joy yo'qmi?!


  1. Rostlikni keltirgan zot (Muhammad) va uni tasdiq etgan (mo'minlar) - aynan o'shalar taqvoli zotlardir.


  1. Ular uchun Parvardigorlari huzurida (jannatda) xohlagan narsalari bordir. Bu ezgu ish qiluvchi kishilarning mukofotidir.


  1. (Bu) Allohning ular qilgan yomon amallarini o'chirib, qilib o'tgan chiroyli amallarining savobi bilan mukofotlashi uchundir.


  1. Alloh O'z bandasiga (Muhammadga uni asrashda) yetarli emasmi?! (Ey, Muhammad,) ular Sizni (Allohdan) o'zga narsalar bilan qo'rqiturlar. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun (biror) hidoyat qiluvchi bo'lmas.

Izoh: Ular Muhammad (a. s.)ni qo'rqitish maqsadida: "Sen bizning ma'budalarimizni tahqirlaganing uchun ular senga biror musibat yetkazurlar", - der edilar.

  1. Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas, uning uchun biror yo'ldan ozdiruvchi bo'lmas. Alloh qudratli va (dushmanlardan) intiqom oluvchi emasmi?!


  1. Qasamki, agar Siz ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan",- deb so'rasangiz, ular, albatta: "Alloh", - derlar. Ayting: "Endi xabar beringlar-chi, sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan butlaringiz - agar Alloh menga biror ziyon yetkazishni istasa - ular Uning ziyonini arita oluvchimilar? Yoki (Alloh) menga biror marhamat qilishni iroda qilsa, o'sha (butlar) Uning marhamatini ushlab qoluvchimilar?!" Ayting: "Menga Allohning O'zi yetarlidir. Tavakkul qiluvchilar faqat Unga tavakkul qilurlar".


  1. Ayting: "Ey, qavmim, joyingizda turib (ya'ni, kufrdan qaytmay) amalingizni qilaveringiz. Men ham amal qiluvchidirman. Bas, yaqinda bilursizlar,


  1. kimga rasvo qiladigan azob kelishini va mangu azob tushishini".


  1. Biz Sizga (bu) Kitobni haqiqatan barcha odamlar uchun nozil qildik. Bas, kimki hidoyat yo'liga yursa, o'zi uchun yurgan bo'lur. Kimki (yo'ldan) ozsa ham o'zining zarariga ozgan bo'lur. Siz ularning ustidan vakil (qo'riqchi) emassiz.


  1. Jonlarni o'lgan vaqtida, o'lmaganlarni esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur. Bas, O'zi o'limga hukm qilgan jonlarni (qaytarmasdan) ushlab qolur, boshqalarini esa belgilangan bir muddatgacha (ajallari yetguncha) qo'yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir.


  1. Balki ular Allohdan o'zga "oqlovchilar"ni ushlagandirlar. (Ey, Muhammad,) ayting: "Agar ular biror narsaga ega bo'la olmaydigan va (haqiqatni) anglamaydigan bo'lsalar-chi?!"


  1. Ayting: "Barcha shafoat (oqlov) faqat Allohnikidir. Osmonlar va Yerning hukmronligi ham Unikidir. So'ngra (barchalaringiz) Ungagina qaytarilursizlar".


  1. Qachonki, yolg'iz Alloh zikr qilinsa, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalarning dillari siqilib ketar. Qachonki, U zotdan o'zga (but)lar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib keturlar.


  1. Ayting: "Allohim, (ey) osmonlar va Yerni ilk yaratuvchisi, (ey) yashirin va oshkor narsalarni biluvchi zot, yolg'iz O'zinggina bandalaring o'rtasida ular ixtilof qilib o'tgan narsalar xususida hukm qilursan".


  1. Agar zolim (kofir) kimsalar uchun yerdagi (bor) narsa va u bilan birga yana o'shaning mislicha narsa bo'lsa, albatta, ular qiyomat Kunidagi azobning yomonligidan, o'sha (narsalar)ni to'lov qilib berib yuborgan bo'lur edilar. (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o'ylab ham ko'rmagan narsalar (azoblar) namoyon bo'lur.


  1. Ularga o'zlari kasb etgan yomonliklari oshkor bo'ladi va ularni o'zlari (dunyoda) masxara qilib o'tgan narsa (azob) o'rab oladi.


  1. Bas, qachonki, insonga biror ziyon yetsa, bizga duo qilur. So'ngra, qachonki, Biz O'z tomonimizdan unga biror ne'mat ato etsak, u, shubhasiz, bu (ne'mat) menga o'zimning bilimdonligim sababli berildi", - der. Aslida u sinovdir. Lekin, ularning aksariyati bilmaslar.


  1. U (so'z)ni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularga o'zlari topgan narsalari asqotgani yo'q.


  1. Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) bo'lmish zolimlarga ham yaqinda yomonliklari yetar. Ular (biror ishni) uddalay oluvchi emasdirlar.


  1. Axir, ular Alloh O'zi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va (O'zi xohlagan kishining rizqini) tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun alomatlar bordir.


  1. (Ey, Muhammad,) o'z jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: "Allohning rahmatidan noumid bo'lmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat qilur. Albatta, Uning O'zi mag'firatli va rahmlidir


  1. Sizlarga azob kelib, so'ngra yordam berilmay qolishidan ilgari Rabbingizga qaytinglar va Unga bo'yin suninglar!


  1. Sizlarga, o'zlaringiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolishidan ilgari, Rabbingiz (tomoni)dan sizlarga nozil qilingan go'zal narsa (Qur'on)ga ergashinglar!


  1. Biror jon: "Alloh haqida (Unga ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga afsus! Rostdan ham men masxara qiluvchilardan bo'lgan edim", - deb qolmasligi uchun.


  1. yoki: "Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo'lur edim", - deb qolmasligi uchun


  1. yoki azobni ko'rgan chog'ida: "Qani edi, men uchun yana bir karra (yashashning imkoni) bo'lsa-yu, men ham chiroyli amal qiluvchilardan bo'lsam", - deb qolmasligi uchun (Qur'onga ergashinglar)!


  1. "Yo'q, senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg'on degan eding va kibrlanib, kofirlardan bo'lgan eding!"


  1. Qiyomat Kunida Alloh sha'niga yolg'on so'zlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda ko'rursiz. Jahannamda mutakabbir kimsalar uchun joy yo'qmi?!


  1. Alloh, taqvo qilgan zotlarni yutuqlari sababli (oxirat azobidan) qutqarur, ularga biror noxushlik ham yetmas va ular g'amgin ham bo'lmaslar.


  1. Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir. U barcha narsaga vakil (homiy)dir.


  1. Osmonlar va Yerning ochqichlari Undadir. Alloh oyatlariga kofir bo'lgan kimsalar - ana o'shalargina ziyon ko'ruvchilardir.


  1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Hali sizlar meni Allohdan o'zgaga ibodat qilishga buyuryapsizlarmi, ey, nodonlar!"


  1. Darhaqiqat, Sizga va Sizdan oldingi (payg'ambarlarga) (shunday) vahiy qilingan edi: "Qasamki, agar mushrik bo'lsang, albatta, qilgan amaling behuda ketur va albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolursan!


  1. Balki faqat Allohgagina ibodat qilgin va shukr qiluvchilardan bo'lgin!"


  1. Ular Allohni haqqoniy (ravishda) qadrlamadilar (tanimadilar). Butun Yer qiyomat kunida Uning uchun bir siqimdir. Osmonlar esa Uning "qo'li"ga yig'iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir!


  1. Sur chalinadi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot o'ladi, illo Alloh xohlagan zotlargina (tirik qolurlar). So'ngra u yana bir bor chalinganda, nogoh ular (barcha xaloyiq tirilib, qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) qarab turarlar.


  1. Yer (mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishadi; kitob (nomai a'mol hozirlab) qo'yiladi; payg'ambarlar va guvohlar keltiriladi va ularning o'rtalarida zulm qilinmagan holda haqqoniy hukm qilinadi.


  1. Har bir jonga qilgan amali (uchun mukofot yoki jazo) komil qilib beriladi U ularning qilayotgan ishlarini juda yaxshi biluvchidir.


  1. Kofir bo'lgan kimsalar guruh-guruh qilinib, jahannamga haydalur. To qachonki, ular (jahannamga) kelib yetganlargalarida, uning darvozalari ochiladi va uning qo'riqchilari ularga: "Sizlarga o'zlaringizdan bo'lgan payg'ambarlar - Rabbingiz oyatlarini sizlarga tilovat qilib sizlarni mana shu Kuningizdagi muloqotdan ogohlantirgan hollarida kelmaganmidilar", - deganlarida, ular: "Ha, (kelganlar), lekin azob So'zi kofirlar bo'yicha muqarrar bo'lgandir",- deydilar.


  1. (Shunda ularga) aytiladi: "Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o'sha joyda mangu qolursizlar!" Bas, kibrli kimsalarning joylari naqadar yomondir!


  1. Parvardigorlaridan qo'rqqan taqvoli zotlar ham guruh-guruh holda jannatga "haydalurlar". To qachonki, ular uning darvozalari ochilgan holda ekanida yetib kelganlarida va uning qo'riqchilari: "Sizlarga salom! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qoluvchi bo'lgan hollaringizda kiringiz", - deganlarida (ular behad shodlanurlar).


  1. Ayturlar: "Bizlarga va'dasini rost qilgan va bizlarni (bu) yerga voris qilgan Allohga hamdki, jannatdan o'zimiz xohlagan yerdan o'rin olyapmiz", - derlar. Bas, (chiroyli) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir!


  1. (Ey, Muhammad,) Siz (o'sha Kunda) farishtalar Arsh atrofini o'rab olgan hollarida,

Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh aytayotganlarini ko'rarsiz. (Zero,) ularning o'rtalarida haqqoniy hukm qilindi va "Hamd (barcha) olamlarning Parvardigori Allohgadir!" deyildi.
G'OFIR SURASI
Bu surani uch xil nom bilan ataganlar. Birinchisi - suraning o'zidan olingan Allohning ismi - G'ofir, ya'ni, gunohni kechiruvchi. Ikkinchisi - Mo’min. U ham suraning 40-oyatidan olingan. Uchinchisi - Ho, mim. Shu harflar bilan boshlangani uchun mazkur nom berilgan. Surada Islom aqidasiga oid ma'lumotlar, imon, e'tiqod, kufr, shirk, haq va nohaqlik, umuman ezgulik bilan yovuzlik o'rtasidagi kurash, farishtalar va payg'ambarlar qissasi, xususan Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasida kechgan mojarolar o'z ifodasini topgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling