Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet126/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: 37-38-oyat Sajda oyatlari.

  1. Uning alomatlaridan (biri) yerni qo'riq holda ko'rishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga suv (yomg'ir) yog'dirsak, u harakatga kelar va unar. Albatta, o'sha yerni tiriltirgan zot o'liklarni ham tiriltira oluvchidir. Zero, U barcha ishga qodirdir.


  1. Albatta, Bizning oyatlarimizga qing'irlik qiladigan kimsalar Bizga maxfiy bo'lib qolmaslar. Axir, do'zaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi yoki Qiyomat Kunida (Allohning azobidan) xotirjam holda keladigan kishimi?! Nimani xohlasangizlar, o'shani qilaveringizlar! Albatta, U qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.


  1. O'zlariga Zikr (Qur'on) kelgan vaqtda unga kofir bo'lgan kimsalar (azobga yo'liqurlar). Shubhasiz, u aziz Kitobdir.


  1. Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil (nohaqlik) kelmas. (U) hikmat va hamd egasi (tomoni)dan nozil qilingandir.


  1. (Ey, Muhammad,) Sizga ham, faqat Sizdan avvalgi payg'ambarlarga (kofirlar tomonidan) aytilgan so'zlargina aytilur. Shubhasiz, Parvardigoringiz mag'firatli va alamli azob sohibidir.


  1. Agar, Biz (Qur'onni) ajamiy (arab tilida bo'lmagan) Qur'on qilganimizda, albatta, ular: "Uning oyatlari (o'z tilimizda) bayon qilinmabdi-da. (Muhammadning o'zi) arab-ku, (nega unga) ajamiy (Qur'on tushibdi?)" - degan bo'lur edilar". Ayting: "(Ushbu Qur'on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dildagi ma'naviy illat uchun) shifodir". Imon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og'irlik (karlik) bordir va u (Qur'on) ularga ko'rlik (omili) bo'lur. Ular (go'yo) uzoq bir joydan chaqirilayotgan kishilar (kabi)dirlar.


  1. (Ey, Muhammad,) Darhaqiqat, Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etganimizda, u (Tavrot) haqida ham ixtilof qilingandir. Agar Rabbingiz tomonidan (jazo qiyomat Kuni bo'lishi haqida) So'z kechmaganida, ularning o'rtasida ajrim qilingan bo'lur edi. Haqiqatan ham, ular u (Qur'on) haqida shakshubhadadirlar.


  1. Kimki yaxshi amal qilsa, o'zi uchundir. Kim yomonlik qilsa ham o'z ziyonigadir. Rabbingiz bandalarga zulm qiluvchi emasdir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling