Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet134/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bir guruh Islomga kirgan musulmonlarning muayyan daraxt ostida Rasululloh huzurida qasamyod qilganliklari qayd etilgan.

  1. (Ular) oladigan ko'pdan-ko'p o'ljalar bilan ham (mukofotladi). Alloh qudratli va hikmatli zotdir.


  1. (Ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga o'zingiz oladigan ko'pgina o'ljalar va'da qildi. Endi mana bu (Xaybar jangidagi o'ljalar)ni esa naqd qilib qo'ydi va (dushman) odamlarning qo'llarini sizlardan to'sib qo'ydi. Toki (bu ne'matlar) mo''minlarga alomat bo'lgay va (Alloh) sizlarni To'g'ri yo'lga hidoyat qilgay.


  1. Yana sizlar hali qodir bo'lmagan boshqa (o'lja)lar ham borki, Alloh ularni ihota qilib qo'ygandir. Alloh barcha narsaga qodir zotdir.


  1. Agar kofir bo'lgan kimsalar sizlar bilan jang qilganlarida, albatta, (ular) ortlariga qarab qochgan bo'lur edilar. So'ngra ular na bir do'st va na bir yordamchi topurlar.


  1. (Bu) Allohning yo'li (qonuni) bo'lib, ilgari ham o'tgandir. Allohning yo'liga esa o'zgartirish topa olmassiz.


  1. U (Alloh) Makkaning ichida (Hudaybiyyada) sizlarni ularning (Makka mushriklarining) ustiga g'olib qilganidan keyin ularning qo'llarini sizlardan, sizlarning qo'llaringizni ulardan to'sgan (sulh qildirgan) zotdir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.


  1. Ular (Makka mushriklari) kofir bo'lgan va sizlarni Masjidul-Haromdan, qurbonlikni esa mahbus holida, o'z joyiga yetishdan to'sgan kimsalardir. Agar (Makkada) sizlar bilmagan mo'min kishilar va mo'mina ayollar bo'lmasa edi - sizlar ularni bilmagan holingizda (mushrik deb o'ylab) oyoqosti qilib qo'yib, ular sababli sizlarga or yetmasa edi, (Alloh sizlarni Makkaga yurishdan qaytarmagan bo'lur edi). Alloh O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga doxil qilish uchun (shunday qildi). Agar (mo''minlar) ajralib olganlarida, albatta, ulardan (Makka ahlidan) kofir bo'lganlarini alamli azob bilan azoblagan bo'lur edik.


  1. O'shanda kofir bo'lgan kimsalar dillariga g'urur - johiliyat g'ururini solganlarida Alloh O'z payg'ambarining va mo''minlarning ustiga xotirjamligini tushirdi va ularga taqvo kalimasini (ya'ni, "Lo iloha illalloh"ni) lozim qildi. Ular o'sha (kalima)ga juda haqli va ahl edilar. Alloh barcha narsani biluvchi zotdir.


  1. Qasamki, Alloh O'z Payg'ambariga (u ko'rgan) tushni ro'yobga chiqardi, albatta, sizlar (ey, mo'minlar), inshoalloh, Masjidul-Haromga emin-erkin, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va (yoki) qisqartirgan hollaringizda qo'rqmasdan kirursizlar. Bas, (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g'alabani (Xaybar g'alabasiga ega) qildi.

Izoh: Payg'ambar (a. s.) Hudaybiya sulhidan oldin tushlarida sahobalar bilan Makkaga tinch holatda kirib, Ka'bani ziyorat qilganlar va ularning ba'zilari sochlarini qirdirgan, ba'zilari esa sochini qisqartirgan. Lekin o'sha yili Makkaga kiraolmaganlar, balki Hudaybiya bilan sulh tuzilgan. Makka fathidan oldin yana bir g'alabani va'da qilinishiga binoan, bu fath Xaybar fathi, navbatdagisi esa Makka fathi ekanligi ma'lum bo'ladi.

  1. U O'z Payg'ambari (Muhammad)ni hidoyat va Haq din (Islom) bilan, u (din)ni barcha din(lar)ga g'olib qilishi uchun yuborgan zotdir. Allohning O'zi (bunga) yetarli guvohdir.


  1. Muhammad Allohning rasulidir. U bilan birga bo'lgan (mo'min)lar kofirlarga qahrli, o'z oralarida (mo'minlarga nisbatan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) Allohdan fazl va rozilik tilab ruku', sujud qilayotgan hollarida ko'rarsiz. Ularning yuzlarida sajda asoratidan (qolgan) belgilari bordir. Mana shu (sifatlar) ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yo'g'onlashib o'z novdasida tik turgan, dehqonlarni ajablantiradigan o'simlikka o'xshaydi. (Bu) ular sababli kofirlar jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan imon keltirib, solih amallarni qilgan zotlarga mag'firat va ulkan mukofot va'da qilgandi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling