Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet136/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qof. Ulug' Qur'onga qasam!

Izoh: Qasamyod etildi, lekin qasamning javobi, ya'ni nimaga qasamyod etilgani oyatda zikr etilmadi. Buning sababi javob keyingi oyatlar mazmunidan ayon bo'lib turganidadir. Bu taqdirda qasam javobi - Siz, Ey Muhammad, qayta tirilish haq ekanligini har qancha isbotlamoqchi bo'lsangiz ham Makka ahli ishonmaydi, degan so'zdir.

  1. Ha, ularga (farishta o'rniga) o'zlaridan bo'lmish bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelganidan ajablandilar. Shunda kofirlar aytdilar: "Bu juda qiziq narsa-ku!


  1. Bizlar o'lib, tuproqqa aylanganimizda (yana tirilamizmi)?! Bu juda uzoq (aqlga sig'mas) qaytishdir!"


  1. Biz ular(ning murdalari) ni yer kamaytirayotganini (chirib tuproqqa aylanayotganini) bilganmiz. Bizning huzurimizda esa, (qilmishlarini) saqlovchi Kitob (Lavhul-Mahfuz) bordir.


  1. Yo'q, ularga Haq (Qur'on) kelganda, uni ham yolg'onga yo'ydilar. Bas, ular iztirobli ishga (holga) tushib qolganlar.

Izoh: Iztirobli hollari - Qur'onni bir sehr desalar, bir she'r dedilar, bir afsona desalar, bir folbinlik kitobi deyishlaridir.

  1. Axir, ular ustilaridagi osmonni - Biz uni qanday bino qilib, (yulduzlar bilan) bezab qo'yganimizni va uning teshik(yoriq)lari yo'q ekanini ko'rmadilarmi?!


  1. Yerni esa yoyiq (keng) qildik va unga tog'larni o'rnatib qo'ydik hamda unda (o'simlik, mevalardan) har turli go'zal juftlarni undirdik.


  1. (Parvardigorga) qaytuvchi har bir bandaga ko'rgazma va eslatma bo'lishi uchun (shunday qildik).


  1. Biz osmondan barakotli suv (yomg'ir) yog'dirib, u bilan bog'larni va o'rib olinadigan donlarni undirdik.


  1. Shuningdek, zich mevali, novdalari baland xurmolarni ham.


  1. Bandalarga rizq bo'lsin uchun (shunday qildik). Yana u (suv) bilan "o'lik" shaharni (yerni) "tiriltirdik". (Qabrlardan tirilib) chiqish ham mana shunday bo'lur.


  1. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi, quduq egalari (Shuayb qavmi), Samud (qabilasi) inkor qilgan edilar.


  1. Shuningdek, Od(qabilasi), Fir'avn (qavmi), Lutning og'a-inilari,


  1. daraxtzor egalari (ya'ni,Shuayb qavmi) va Tubba' qavmi ham. (Ularning) barchalari payg'ambarlarni inkor etishgach, Mening va'dam (azobim ularga) muqarrar bo'ldi.


  1. Axir, Biz avvalgi yaratishga (yo'qdan bor qilishga) ojizlik qildikmi? Yo'q, ular esa yangi yaralishdan shubhadadirlar.


  1. Insonni (Biz) yaratganmiz, (demak,) uning nafsi vasvasa qiladigan (ko'nglidan o'tgan) narsalarni ham bilurmiz. Biz unga bo'yin tomiridan ham yaqinroqdirmiz.


  1. Zotan, o'ng va chap (tomon)da o'tirgan ikki (yozib turuvchi farishta) qabul qilib(yozib) tururlar.


  1. U biror so'zni talaffuz qilsa, albatta, uning oldida hoziru nozir bo'lgan bir kuzatuvchi (so'zni yozib oluvchi farishta) bordir.


  1. Mana o'lim mastligi (jon chiqish payti) haqiqatan (yetib) keldi. (Ey, inson,) bu (o'lim) sen undan qochuvchi bo'lgan narsadir.


  1. (Tasavvur qiling,) Sur ham chalindi. Bu (kofirlarga azob) va'da qilingan Kundir!


  1. Har bir jon o'zi bilan birga (uni mahsharga) haydovchi (bir farishta) va (amallariga) guvohlik beruvchi (ikkinchi farishta) bilan birga kelur.


  1. (Ey, inson,) sen bu (og'ir Kun)dan g'aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni ochib yubordik. Endi, bugun ko'zing o'tkirdir.


  1. Uning (kofirning) yaqini (bo'lgan farishta) deydi: "Mana bu (nomai a'mol) mening huzurimda (doimo) hozir bo'lgan narsadir".


  1. (Do'zax xodimlaridan ikki farishtaga aytilur): "Har bir noshukr, qaysarni jahannamga tashlangiz!


  1. Shuningdek, yaxshilikni man etuvchi, tajovuzkor va (Allohga) shak keltiruvchini hamki,


  1. u Alloh bilan boshqa "iloh"ni sherik qigan edi, uni qattiq azobga tashlangiz!"


  1. Uning yaqini (shayton): "Parvardigoro, uni men tug'yonga solganim yo'q, lekin uning o'zi (haq yo'ldan) yiroq zalolatda bo'ldi", - deydi.


  1. (Alloh) aytadi: "Mening dargohimda bahslashmanglar! Men ilgari sizlarga tahdid qilganman.


  1. Mening dargohimda (qilingan) so'z o'zgartirilmas va Men bandalarga zulm qiluvchi ham emasdirman".


  1. U Kunda Biz jahannamga "to'ldingmi?", - dermiz, u esa: "Yana qo'shimcha bormi?" - der.


  1. Jannat taqvodor zotlarga yiroq bo'lmagan (bir makonga) keltirilur


  1. (va ularga:) "Mana shu (ne'matlar) sizlarga - (Allohga) qaytuvchi, (ahdini) saqlovchiga (va'da qilinib yurgan narsadir).


  1. Shuningdek, Rahmondan g'oyibona qo'rqqan va tavba etuvchi qalb bilan kelgan kishilarga ham.


  1. Unga (jannatga) salomat kiringiz! Bu (kun) mangu (qoladigan) Kundir", ( - deyilur).


  1. Ularga u joyda xohlagan narsalari bordir. Bizning dargohimizda yana qo'shimcha (in'omlar) ham bordir.


  1. Ulardan (Quraysh kofirlaridan) oldin ulardan quvvatliroq qanchalab avlodni halok qildik. Bas, o'shalar najot bormikan, deb shaharlarni kezib yurdilar.


  1. Albatta, bunda (o'yg'oq) qalb egasi bo'lgan yoki o'zi hozir bo'lib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir.


  1. Biz osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsani olti kunda yaratdik va Bizga hech qanday charchoq yetgani yo'q.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) ular (kofirlar) aytayotgan so'zlarga sabr qiling va Quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting (namoz o'qing)!


  1. Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (namozlar) ortidan tasbeh ayting!

Izoh: Ushbu va oldingi 39-oyatlarda besh vaqt namozlarning vaqtlariga ishorat bordir. Masalan, "Quyosh chiqishidan ilgari" jumlasi bomdod namozining vaqtiga, "Botishidan avval" jumlasi peshin bilan asr vaqtlari,

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling