Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
YIGIRMA YETTINCHI JUZ’ *************************
Download 0.71 Mb.
|
Документ
YIGIRMA YETTINCHI JUZ’ *************************(Ibrohim) dedi: "Ey, elchilar, yumushlaringiz nedir?" Aytdilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga) yuborildik. Loy sopolidan qilingan toshni ular uzra yog'dirishimiz kerak. Parvardigoring nazdida haddan oshuvchi kimsalar uchun (har bir toshga) belgi qo'yilgan (nomlari yozib qo'yilgan). " Bas, Biz u joydagi mo''minlardan bo'lmish kishilarni chiqarib yubordik. U joyda bir xonadondan (Lut xonadonidan) o'zga musulmonlarni topmadik. 37.Biz (kofirlarni halok qilganimizdan so'ng) alamli azobdan qo'rqadigan zotlar uchun u joyda alomat qoldirdik. Muso (qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz uni aniq hujjat bilan Fir'avn oldiga yuborgan edik. U o'z arkoni (davlati)ga suyanib, imon keltirishdan yuz o'girdi va: "(Muso) sehrgar yoki majnun", - dedi. Bas, Biz uni ham, qo'shinlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik (g'arq qilib yubordik). U malomatga loyiqdir. Od (qabilasi qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, Biz ularning ustiga yaxlit (foydasiz) bo'ronni yuborgan edik. U (bo'ron) nimaning ustidan o'tsa, albatta, uni (halok etib), xuddi chirigan suyaklardek qilib qo'yar edi. Samud (qabilasining qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, ularga (man etilgan tuyani so'yib yuborganlarida) "bir vaqtgacha (ya'ni, uch kungacha tiriklik ne'matidan) bahramand bo'lingiz", - deyilgan edi. Bas, ular Parvardigorning amri (itoati)dan kibr qilishgach, qarab turgan hollarida ularni chaqmoq urdi. Bas, ular (qochish uchun o'rinlaridan) turishga ham qodir bo'lmadilar va (hech kim tomonidan) yordam beriluvchi ham bo'lmadilar. (Mazkur qavmlardan) oldin Nuh qavmini ham (halok qilgandirmiz). Chunki, ular fosiq (itoatsiz) qavm edilar. Osmonni Biz "qo'llar" bilan barpo etdik. Darhaqiqat, Biz qudratlidirmiz. Yerni esa (yoyib) to'shab qo'ydik. Bas, (Biz) naqadar yaxshi yoyuvchidirmiz! Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik. (Ey, Muhammad, ularga ayting): "Bas, Allohga (imon keltirish uchun) qochinglar! Albatta, men sizlar uchun U zot(ning azobi)dan aniq ogohlantiruvchidirman. Alloh bilan birga yana boshqa iloh bor, demanglar! Albatta, men sizlar uchun U(ning azobi)dan anig' ogohlantiruvchidirman". Xuddi shuningdek, ulardan (Makka mushriklaridan) avvalgi (kofir)larga (biror) payg'ambar kelsa, ular ham, albatta, uni sehrgar yoki majnun, der edilar. Ular o'sha (so'z)ni bir-birlariga vasiyat qilib qoldirganmilar? Yo'q! Ular tug'yonga ketgan qavmlardirlar! Bas, (ey, Muhammad,) Siz ulardan yuz o'giring! Endi Siz malomat qilinuvchi emassiz. Eslating! Zero, eslatma mo'minlarga manfaat etkazur. Men jin va insni faqat O'zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. Men ulardan biror rizq istamasman va ular Meni taomlantirishini ham istamasman. Zero, Allohning O'zi (barcha xaloyiqqa) rizq beruvchi, quvvat sohibi va qudratlidir. Bas, zolim (kofir)lar uchun, shubhasiz, xuddi (ilgari o'tgan kofir) do'stlarining nasibalari kabi (azobdan) nasiba bordir. Bas, ular Meni(ng azobimni) qistamay qo'ya qolsinlar! Bas, kofir bo'lgan kimsalarga va'da quilinayotgan Kunlarida ularning hollariga voy! TUR SURASI Tur - tog' nomi. Muso (a. s.) Alloh bilan shu tog'da so'zlashgan. U Misr arab respublikasining Sinay yarim orolida joylashgandir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling