Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet139/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qasamyod etaman Tur (tog'i) bilan,


  1. satrlangan Kitob (Qur'on) bilanki,


  1. (u) ochiq sahifadadir;


  1. yana Baytul-Ma'mur bilan,

Izoh: "Baytul-Ma'mur"ning mazmuni obod uy demakdir. Undan murod osmondagi bir dargohdirkim, beadad farishtalar unga kelib-ketib turadilar. Demak, farishtalar bilan obod uy degani bo'lur.

  1. baland ko'tarilgan tom (osmon) bilan


  1. va to'lqinlangan dengiz bilan-ki,


  1. Rabbingizning azobi, shubhasiz, voqe bo'luvchidir!


  1. Uni daf etuvchi (kuch) yo'qdir.


  1. U Kunda osmon aylanur.


  1. Tog'lar ham (samoda to'zon kabi) sayr qilur.


  1. Ana o'sha Kunda (payg'ambarlarni) inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Ular (zalolatga) cho'mib, beparvo o'ynab yuradigan kimsalardir.


  1. U Kunda ular jahannam olovi sari haydalurlar.


  1. Va ularga deyilur): "Sizlar yolg'on deb yurgan do'zax mana shudir.

15.Qani, bu ham sehrmi yoki sizlar ko'rmayapsizlarmi?!

  1. Unda toblaningiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar- sizlarga barobardir! Sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan qilmishlaringiz jazosini olursizlar".


  1. Taqvodor zotlar esa bog'lar va ne'matlar ichradirlar.


  1. Parvardigorlari ato etgan narsalar bilan shod-xurramdirlar. Parvardigorlari ularni do'zax azobidan saqlagandir.


  1. (Ularga aytilur): "Sizlar qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli bemalol yenglar va ichinglar!


  1. Qator so'rilarda yastangan hollaringizda". Biz ularga keng, qora ko'zli hurlarni juft qilib berurmiz.

  2. O'zlari imon keltirib, zurriyotlari ham ularga imon bilan ergashgan zotlarga (o'sha) zurriyotlarini qo'shib, ularga qilgan amallaridan biror narsani ham kamaytirmaymiz. Har bir kimsa o'zi qilgan ishi bilan garovlangandir.


  1. Yana Biz ularni ko'ngillari istaydigan meva va go'sht bilan quvvatlantirurmiz.


  1. Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib (qo'lma-qo'l) qilib ichurlarki, unda na behuda gap va na gunoh ish bo'lur.


  1. Ularning ustida go'yo (sadaf ichida) yashiringan gavhardek (pok va xushsurat) g'ulomlar aylanib (xizmat qilib) yurar.


  1. Ular bir-birlariga qarab, savol-javob qilishurlar.


  1. Ayturlar: "Haqiqatan, bizlar ilgari (dunyoda) oilamiz orasida (Alloh azobidan) qo'rquvchi edik.


  1. Mana, Alloh bizlarni mamnun etdi va bizlarni "samum" (do'zax shamoli)dan saqladi.


  1. Darhaqiqat, bizlar ilgari (dunyoda) Unga duo qilar edik. Albatta, Uning O'zi marhamatli va rahmlidir".


  1. Bas, (ey, Muhammad,) (insonlarga) eslatma beravering, chunki Siz Rabbingizning ne'mati sababli kohin (folbin) ham, majnun ham emasdirsiz.


  1. Balki, ular (mushriklar): "(Muhammad) shoirdir. Bizlar unga zamon hodisotlari (yetishi)ni kutarmiz", - derlar?!


  1. Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman".


  1. Balki, ularni "aqllari" mana shunga buyurar?! Yoki ular tug'yonga ketgan qavmdirlar?!


  1. Balki, ular: "(Muhammad Qur'onni) o'zi ichidan to'qib olgan",- derlar?! Yo'q, ular imon keltirmaslar!


  1. Bas, agar rostgo'y bo'lsalar, o'zlari ham o'sha (Qur'on)ga o'xshash biror so'z (kitob) eltirsinlarchi?!


  1. Yoki ular hech narsadan (ya'ni, Yaratuvchisiz) yaralib qolganmilar?! Yoki ular o'zlari yaratuvchimilar?!


  1. Yoki osmonlar va Yerni ham ular yaratganmilar?! Yo'q, ular ishonmaslar!


  1. Yoki ularning huzurlarida Rabbingizning xazinalari bormi?! Yoki ular (butun borliqni) boshqarib turuvchimilar?!


  1. Balki, ularda (chiqib, farishtalarning so'zlarini) eshitib oladigan narvon bordir?! U holda ularning eshitib oluvchisi aniq hujjat keltirsin!


  1. Yoxud qizlar (farishtalar) Unga-yu, o'g'illar sizlargami?


  1. (Ey, Muhammad,) balki Siz ulardan (payg'ambarligingiz uchun) haq so'rayotgandursizki, ular (o'sha) to'lovdan qiynalgandirlar?!

  2. Yoki ularning huzurlarida g'ayb (ilmi) bo'lib, ular (undan ko'chirib) yozib olayotirlarmi?!


  1. Balki, ular (Sizni halok qilish uchun) biror hiyla qilmoqchidirlar?! U holda o'sha kofir bo'lgan kimsalarning o'zlari "hiyla"ga giriftor bo'lurlar.


  1. Yoxud ular uchun Allohdan o'zga iloh bormi?! Alloh ularning shirklaridan pokdir!


  1. Agar ular (ustilariga) osmonning bir parchasi tushayotganini ko'rsalar ham "Bu qalin bulutdir", - derlar.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni, to o'zlari halok qilinadigan kunlariga ro'baro' bo'lgunlaricha, qo'yib bering!


  1. U Kunda ularning hiylalari hech foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.


  1. Albatta, zolim (kofir) bo'lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob(lar) bordir. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaslar.


  1. (Ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling! Zotan, Siz Bizning ko'z o'ngimizda (himoyamizda)dirsiz! (Tongda uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting!


  1. Shuningdek, kechadan (vaqt ajratib) va yulduzlar yuz o'girgach (botgach), (saharda) ham Unga tasbeh ayting.

NAJM SURASI
Surada kelgan eng ajib ma'lumotlardan biri - bu me'roj kechasining tasviridir. Ya'ni, Muhammad (a. s.)
Makkadan to Masjidi Aqsogacha, so'ng u yerdan osmonlar uzra parvoz qilib, Alloh buyurgan joygacha samoviy sayr qilgan kechalari haq ekanligiga ushbu surada qat'iy dalillar mavjud.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling