Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Shavvol oyining oxirgi chorshanbasidan boshlab bir hafta.
(U) odamlarni sug'uriluvchi xurmo (daraxti) tanalaridek sug'urib ketar edi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday ekan?! Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?! Samud (qabilasi ham) ogohlantirishlarni inkor etdi. Bas, aytdilar: "Bizlar o'zimizning oramizdagi bir odamga ergashamizmi?! U holda bizlar haqiqatan ham gumrohlik va nodonlikda bo'lurmiz-ku! Bizlarning oramizdan o'shanga eslatma (vahiy) tashlanibdimi?! Yo'q, u kazzob va kibrlidir". Ular tongla (oxiratda) kim kazzob va kibrli ekanini bilib olurlar. Biz ularni sinash uchun bir tuya yuboruvchidirmiz. Bas, (ey,Solih,) sen (ularni) kuzat va (aziyatlariga) sabr qilib tur! Suvning ular bilan (tuya) o'rtasida taqsimlab qo'yilgani va har bir ichishga (navbat bilan) hozir bo'lish (lozimligi) haqida ularga xabar bergin! So'ngra ular (Samud qabilasi) o'zlarining bir sheriklarini (tuyani so'yishga) chorlagan edilar, u ishga kirishdi va (tuyani) so'yib yubordi. Bas, (ularga) Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday bo'ldi?! Biz ularning ustiga bir qichqiriq yuborgan edik, ular xuddi qo'raning cho'plari kabi (yakson) bo'ldilar. Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi? Lut qavmi (u keltirgan) ogohlantirishlarni inkor etdi. Darvoqe, Biz ularning ustiga (toshli) bo'ron yubordik. Illo, Lut oilasigagina (tong) saharda najot berdik. (Bu) Bizning huzurimizdan bo'lmish ne'matdir. Shukr qilganlarni mana shunday mukofotlaymiz. (Lut) Bizning (azob bilan) ushlashimizdan ularni (o'z qavmini) ogohlantirgan edi, (ammo) ular ogohlantirishlarga shubha bilan qaradilar. Ular (Lutning) mehmon(lar)ini yo'ldan urmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularning ko'zlarini ko'r qilib qo'ydik. Bas, Mening azobimni va ogohlantirishlarimni totib ko'ringlar. Haqiqatan, erta tongda ularga ustivor azob keldi. Bas, Mening azobimni va ogohlantirishlarimni totib (inkor etib) ko'ringlar. Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?! Fir'avn zodagonlariga ham ogohlantirishlar keldi. lar Bizning mo''jizalarimizni inkor etganlaridan so'ng, Biz ularni kuchli va qudratli zot ushlashi bilan ushladik. (Ey, Makka ahli,) sizlarning kofirlaringiz ana ulardan yaxshiroqmi yoki sizlar uchun (samoviy) kitoblarda oqlov (vasiqasi) bormi?! Balki, ular: "Biz yenguvchi jamoatdirmiz", - deyishar?! Yaqinda o'sha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar. Izoh: Bu musulmonlarning Badr jangida erishajak g'alabalari haqida bashorat edi. (Bugina emas,) balki ularga va'da qilingan vaqt Qiyomatdir. Qiyomat esa yanada halokatli va achchiqdir. Albatta, jinoyatchilar gumrohlik va nodonlikdadirlar. Ular yuz tuban hollarida do'zax sari sudraladigan Kunda (ularga): "Do'zax ta'sirini totib ko'ringlar!" - (deyilur). Albatta, Biz har bir narsani o'lchov bilan yaratdik. Bizning farmonimiz faqat birgina ("Bo'l", - degan so'z)dir. (Muddati) ko'z yumib ochgunchadir. Biz sizlarning o'xshashlaringizni halok qildik. Bas, eslatma oluvchi bormi? Ular qilgan har bir narsa bitiklarda (nomai a'mollarida)dir. Har bir kichik va katta (ish Lavhul-Mahfuzda) bitilgandir. Albatta, taqvodorlar jannatlarda va daryolar uzra qodir Podshoh huzuridagi sadoqat maqomida bo'lurlar. AR-RAHMON SURASI Ar-Rahmon - Allohning go'zal ismlaridan biri. Surada Alloh taolo insoniyat va jinlarga bu dunyo va oxiratda ato etgan va etajak ne'matlaridan ba'zilarini eslatib, o'ttiz bor: "Bas, Rabbingizning qaysi bir ne'matlarini inkor etasizlar?!" - deb ularga xitob etgan. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling