Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Samum - qattiq issiq shamol, garmsel.
qora tutun soyasi ostidaki, na sovuqdir va na yoqimli. Ular bundan ilgari (dunyoda) ishratchi edilar. Yana ulkan gunoh (shirk) uzra ustivor edilar. 47.Yana aytar edilar: "Bizlar o'lib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tiriltiriluvchimizmi?! Avvalgi ota-bobolarimiz hammi?!" (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham ma'lum Kundagi belgilangan vaqtda, albatta, to'planuvchidirlar! So'ngra sizlar, ey, (qayta tirilishni) inkor etuvchi gumrohlar, albatta, (jahannam giyohi) Zaqqum daraxtidan yeguvchi, undan qorinlarni to'ldiruvchidirsizlar. So'ng uning ustiga qaynoq suvdan ichuvchi, (ichganda ham) tashna tuyalar kabi ichuvchidirsizlar. Mana shu jazo Kunidagi ularning "ziyofat"idir. (Ey, insonlar,) sizlarni Biz yaratdik-ku! Bas, (yana qayta yarata olishimizni) tasdiq etmaysizlarmi?! Sizlar (xotinlaringiz bachadoniga) to'kadigan maniy (urug')ni (o'ylab) ko'rdingizmi? Uni sizlar (inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz yaratuvchimizmi?! Sizlarning o'rtangizdagi o'limni ham Biz o'lchab qo'ygandirmiz. Bizdan o'zib ketilmas. Biz (o'rningizga) sizlarga o'xshaganlarni almashtirib qo'yishga hamda sizlarni o'zlaringiz bilmaydigan holat - suratda qayta paydo qilishga ham (ojiz emasdirmiz). Sizlar ilk bor paydo bo'lishlaringiz (qanday bo'lgani)ni bildingiz-ku! Bas, eslatma olmaysizlarmi?! Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida o'ylab ko'rdingizmi?! Uni sizlar undirurmisizlar yoki Biz undiruvchimizmi?! Agar Biz xohlasak, uni quruq cho'p qilib qo'ygan bo'lur edik, sizlar esa ajablanib qolavergan bo'lur edingiz. "Bizlar ziyon ko'ruvchilarmiz. Balki, bizlar (rizqimizdan) mahrumdirmiz" (deb nadomatda qolgan bo'lur edingizlar). Sizlar o'zlaringiz ichayotgan suvni (o'ylab) ko'rdingizmi?! Uni bulutlardan sizlar yog'dirdingizmi yoki Biz yog'diruvchimizmi?! Agar Biz xohlasak, uni sho'r va achchiq qilib qo'ygan bo'lur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?! Sizlar yog'ayotgan olovni (o'ylab) ko'rdingizmi?! Uning daraxtini sizlar paydo qildingizmi yoki Biz paydo qiluvchimizmi?! Biz uni (jahannam haqida) bir eslatma va yo'lovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qo'ydik. Bas, (Ey, Muhammad,) Ulug' Rabbingiz nomini (poklab) tasbeh ayting! Men yulduzlarning botish joylari bilan qasamyod eturman - bu (qasam) agar bilsangizlar, albatta, buyuk qasamdir -. albatta, u Qur'oni karimdir yashirin Kitobdagi (Lavhul-Mahfuzdagi). Uni (Qur'onni) tahoratli kishilardan o'zgalar ushlamaslar. (U) olamlar Parvardigori (tomoni)dan nozil qilingandir. Bas, (ey, kofirlar,) sizlar shu So'zga (Qur'onga) beparvolik qilayapsizlarmi?! Yana (Qur'onni) yolg'onga chiqarishingizni o'z rizqingiz qilib olayapsizlarmi?! Bas, qachonki, (kishining joni) halqumga yetganida, holbuki, o'sha vaqtda sizlar qarab turursizlar. Biz esa unga sizlardan ko'ra yaqinroqdirmiz, lekin sizlar (buni) ko'rmassizlar. Bas, qani endi, sizlar jazolanmaydigan bo'lsangizlar, va rostgo'y bo'lsangizlaru, o'shani (jonni) qaytara olsangizlar! Bas, agar o'sha (vafot etgan zot Allohga) yaqinlardan bo'lsa, (uning uchun) rohat, rayhon (bo'yi) va ne'matlar jannati bordir. Endi, agar u o'ng tomon egalaridan bo'lsa, bas, (ey, saodatli banda,) senga o'ng tomon egalaridan salom! Bordi-yu, u (dinni) inkor etuvchi gumrohlardan (chap tomon egalaridan) bo'lsa, bas, qaynoq suvdan iborat "ziyofat" va do'zaxning toblashi bordir. Albatta, bu (zikr qilingan narsalar) ayni haqiqatning o'zidir. Bas, Ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting! HADID SURASI Hadid - temir. Suraning 25-oyatida temirning xislatlari ko'p ekani haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, surada ilohiy ko'rsatmalar va aqidaviy ta'limotga doir oyatlar bayon etilgan. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling