Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet144/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qachonki, Qiyomat voqe (qoyim) bo'lganda -


  1. uning voqe bo'lishining yolg'oni yo'qdir -


  1. (u odamlarni) ostin-ustun etuvchidir.


  1. Yer larzaga kelgan,


  1. tog'lar titilib (to'zib),


  1. to'zonga aylangan (bo'lur).


  1. Sizlar esa uch toifa bo'lursizlar.


  1. Bas, (u uchning birinchisi) o'ng tomon egalaridir. O'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!


  1. (Ikkinchi toifa) chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir!

Izoh: Qiyomat kuni bu dunyoda qilgan yaxshi-yomon amallari yozilgan nomai a'mollari qaysi tarafidan berilishiga qarab taqdiri ma'lum bo'ladi Kitobi o'ng tomondan berilsa, bu uning baxtli ekaniga dalolat. Agar chap tomonidan yoki orqa tomonidan berilsa, uning baxtsiz ekanligiga ishoratdir.

  1. (Uchinchi toifa ezgu ishlarda) o'zib-o'zib ketgan zotlardir.


  1. Aynan o'shalar (Allohga) yaqin zotlardir


  1. noz-ne'mat bog'larida


  1. (O'zib ketganlar) avvalgi (ummat)lardan ko'pchilik,


  1. keyingilar (Muhammad ummatlari)dan esa ozchilikdir.


  1. (Ular oltindan) yasalgan so'rilarda,


  1. yastangan hollarida bir-birlariga ro'baro' bo'lib (o'ltirurlar).


  1. Ustilarida esa mangu yosh bolalar aylanib yururlar


  1. oqar chashmadan olinmish (mayli) qadahlar, ko'zalar va kosalar bilan.


  1. U (may)lardan ularning boshlari ham oqrimas, mast ham bo'lmaslar.


  1. Yana o'zlari tanlab oladigan meva bilan,


  1. ishtahalari tortgan qush go'shtlari bilan ham (aylanib tururlar).


  1. Yana (ular uchun) ko'zlari keng va tiniq hurlar ham bo'lurki,


  1. ular xuddi yopiq marvarid misolidirlar.


  1. (Bu) ular (dunyoda) qilib o'tgan amallarining mukofotidir.


  1. Ular u joyda behuda va gunoh (so'z)ni eshitmaslar,


  1. faqat "Salom-salom" so'zinigina (eshiturlar).


  1. O'ng tomon egalari - o'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!


  1. (Ular) tikansiz butazorlarda,


  1. tizilgan bananzorlarda,


  1. yoyiq soya (osti)da,


  1. oqizib qo'yilgan suv (bo'yi)da,


  1. ko'plab meva (uzra)ki,


  1. (ular) tuganmas va man etilmasdir.


  1. Shuningdek, (ular) baland to'shalgan ko'rpachalar (usti)dadirlar.


  1. Biz ularni (hurlarni) daf'atan paydo qildik (onadan tuqilmadilar).


  1. So'ng ularni bokira qizlar qildik.


  1. (Ular) jozibali va tengqurdirlar.


  1. (Ular) o'ng tomon egalari uchundir.


  1. (O'ng tomon egalari) avvalgi (ummat)lardan ham ko'pchilik,


  1. keyingilaridan (Muhammad ummatlaridan) ham ko'pchilikdir.


  1. Chap tomon egalari - chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir! -


  1. (Ular) Samum (shamoli) va qaynoq suv ichida,


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling