Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir. Ey, imon keltirganlar, sizlar nega o'zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?! Sizlarning o'zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz, Alloh nazdida katta nafrat (boisi)dir. 4.Albatta, Alloh O'zining yo'lida go'yo tutash binolardek saf tortib, jang qiladigan zotlarni sevar. Eslang, Muso o'z qavmiga: "Ey, qavmim, nega sizlar menga Allohning sizlarga (yuborgan) payg'ambari ekanimni bila turib, ozor berursizlar?" - degan edi. Bas, qachonki, ular (Haq yo'lidan) og'ishgach, Alloh ularning dillarini (hidoyatdan) og'dirib qo'ydi. (Zotan), Alloh fosiqlar qavmini hidoyat etmas. Eslang, Iso ibn Maryam: "Ey, Isroil avlodi, men Allohning sizlarga (yuborgan) payg'ambaridirman. (Men) o'zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi va o'zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg'ambar haqida xushxabar beruvchiman", - degan edi. Bas, qachonki, (Iso) ularga (payg'ambar ekaniga) hujjat (mo''jiza)larni keltirgach, ular "bu aniq sehr", - dedilar. O'zi Islomga da'vat qilinayotganda (uni qabul qilish o'rniga) Alloh sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan kim ham zolimroqdir?! Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmas. Ular Allohning nurini (Islomni) og'izlari (behuda gaplari) bilan o'chirmoqchi bo'lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar ёqtirmasalarda, O'z nurini (dinini) kamolga yetkazuvchidir. U o'z payg'ambarini hidoyat va haq din bilan - garchi mushriklar yoqtirmasalar-da - barcha dinlar uzra g'olib qilish uchun yuborgan zotdir. Ey, imon keltirganlar, sizlarni alamli azobdan qutqaradigan bir "tijorat"ga boshlayinmi? (O'sha "tijorat" shuki) - Alloh va Uning payg'ambariga imon keltirursizlar va Alloh yo'lida mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilursizlar. Mana shu, agar bilsangizlar, o'zlaringiz uchun yaxshi (ish)dir. (Agar shunday qilsangizlar, Alloh) sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilur hamda sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga va abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritur. Bu esa ulkan yutuqdir. (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir ne'matni ham berurki, u) Alloh tomonidan bo'lajak g'alaba va yaqin(da ro'y beruvchi) fathdir*. (Ey, Muhammad,) mo'minlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing! Izoh: U Makka fathidir. Bu voqea hijratning sakkizinchi yili ro'y berdi. Ya'ni, Makka ahli qurolli to'qnashuvsiz o'z ixtiyorlari bilan Islomga kirdilar. Ey, imon keltirganlar, Allohning yordamchilari bo'lingiz! Xuddi Iso ibn Maryam havoriylarga: "Allohga (ya'ni, uning diniga da'vat qilishimda) kim mening yordamchilarim bo'lur?" - deganidek. Havoriylar aytdilar: "Biz Allohning (diniga) yordam beruvchilarmiz". Bas, Isroil avlodidan bir toifa (Isoga) imon keltirdi. Va bir toifa kofir bo'ldi. Bas, Biz imon keltirgan zotlarni dushmanlaridan kuchli qildik, bas, ular g'olib bo'ldilar. JUM'A SURASI Surada bir necha muhim ma'lumotlar qatorida jum'a namozining ahamiyati, unga azon aytilganda, savdoni to'xtatib uning sari ravona bo'lish lozimligi, Tavrot va Injilga amal qilmagan ahli kitoblar tanqidi va boshqa eslatmalar aks ettirilgan. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa (mutlaq) podshoh, (nuqsonlardan) pok, qudrat va hikmat sohibi bo'lmish Allohga tasbeh aytur. U (Alloh) omiylar (savodsiz kishilar) orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga Kitob (Qur'on) va Hikmat (Hadis)ni o'rgatadigan (bir) payg'ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. Haqiqatan, ular payg'ambar kelishidan) ilgari aniq zalolatda edilar. (Alloh uni) yana ulardan boshqalarga - ularga yetisha olmagan (dunyoga keyin keladigan insonlarga ham yubordi). U qudrat va hikmat sohibidir. Bu Allohning fazlidirki, uni O'zi xohlagan kishilarga berur. Alloh ulug' fazl sohibidir. Tavrot yuklatilgan (berilgan), so'ngra uni ko'tara olmagan (unga amal qilmagan) kimsalarning misoli xuddi kitoblarni ko'tarib ketayotgan eshakka o'xshaydi. Allohning oyatlarini inkor etgan qavmning misoli naqadar yomondir. Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmas. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, yahudiy bo'lganlar, agar sizlar (boshqa) odamlarni emas, faqat o'zlaringizni Allohning do'stlari deb da'vo qilsangizlar - agar (shu da'volaringizda) rostgo'y bo'lsangizlar - o'limni orzu qilinglar-chi?" Qo'llari (o'zlari) qilib qo'ygan ishlari (Tavrotga xilof qilmishlari) sababli hech qachon (o'limni) orzu qila olmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir. Ayting: "Sizlar qochayotgan o'lim, albatta, sizlarga yo'liquvchidir! So'ngra sizlar yashirin va oshkora narsalarni biluvchi (Alloh)ga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini berur". Ey, imon keltirganlar, qachonki, jum'a kunidagi namozga (azon) chaqirilsa, darhol Allohning zikri sari harakatga tushingizlar va savdo-sotiqni tark qilingizlar! Agar biladigan bo'lsangizlar, mana shu (ish) o'zlaringiz uchun yaxshidir. Bas, qachonki, namoz ado qilingach, yerda tarqalib, Allohning fazli (rizqi)dan istayveringizlar! Allohni ko'p yod etingizlar, shoyad (shunda) najot topursizlar. Qachonki, ular biror tijoratni yoki o'yin-kulgini ko'rib qolsalar, o'shanga qarab tarqalib ketib, Sizni (minbarda) tik turgan holingizda tark eturlar. Ayting: "Alloh huzuridagi narsa (mukofotlar) o'yinkulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir. Alloh rizq beruvchilarning yaxshirog'idir". Izoh: Darhaqiqat, bu bo'lgan voqea ekanligi rivoyatlarda sobitdir. Qaysiki, Madinada jum'a namozi oldidan Rasululloh minbarda xutba aytib turganlarida tijoratchilar karvoni yuk bilan kelib qoladi. Buni sezgan namozxonlarning ko'pchiligi namozni tark etib, karvon sari ketib qoladilar. Mana shu nuqsonni Alloh Taolo tanbeh uchun eslatmoqda. MUNOFIQUN SURASI Suraning nomi uning mazmuniga dalolat qilib turibdi. Unda munofiqlar tanqididan boshqa ilohiy eslatma va nasihatlar ham mavjud. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling