Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet129/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Ho, Mim.


  1. Aniq Kitob (Qur'on)ga qasamki,


  1. albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz ogohlantiruvchidirmiz.

Izoh: Muborak kecha - bu Laylatul-qadr kechasi. Hadislarda kelgan ma'lumotlarga qaraganda, "Qadr kechasi" Ramazon oyining 26-dan 27-ga o'tar kechasi ekanligi ma'lum bo'ladi. Ushbu suraning 4-oyatida va Qadr surasining 4-oyatida berilgan ilohiy bashoratlarga qaraganda, shu qadr kechasida kelgusi yilning shu kechasiga qadar yuz beradigan barcha ishlar o'lchab-hisoblanib qo'yilar ekan.

  1. U (kecha)da barcha hikmatli ish(lar) ajrim qilinur.


  1. (U ishlar) Bizning huzurimizdan bo'lgan ishlardir. Darhaqiqat, Biz (payg'ambar) yuboruvchidirmiz.


  1. Bu Rabbingiz (tomoni)dan rahmatdir. Albatta, Uning O'zi eshituvchi va biluvchidir.


  1. Agar (chindan) ishonuvchi bo'lsangizlar, (Rabbingiz) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi bor narsalarning ham Parvardigoridir.


  1. Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) o'ldiradi va tiriltiradi. Sizlarning Parvardigoringiz ham, avvalgi otabobolaringizning Parvardigori ham (Uning O'zidir).


  1. Yo'q, ular (hali ham) shak ichra (masxara qilib) o'ynarlar.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) Siz osmon aniq tutunni keltiradigan Kunni kuting!


  1. U (tutun barcha) odamlarni o'rab olur. Bu alamli azobdir.

Izoh: Oyatdagi tutundan murod, Imom al-Buxoriy rivoyatlariga qaraganda, Makka mushriklarining yovuz qilmishlari evaziga qahatchilik va qurg'oqchilik bo'lib, yerdan ko'tariluvchi chang-to'zon bamisoli tutun bo'lib ko'rinishi haqida ogohlantirish, demakdir. Haqiqatan, xabar berilgan narsa ro'y bergani To'g'risida hadis va siyrat kitoblarida yozilgan.

  1. "Ey, Rabbimiz, bizlardan (bu) azobni aritgin. Albatta, bizlar imon keltiruvchidirmiz" (- deydilar).


  1. Ularda qayoqdan ham eslatma bo'lsin, holbuki, ularga aniq payg'ambar kelgan edi.


  1. So'ngra undan yuz o'girdilar va: "(Unga Qur'on birovlar tomonidan) o'rgatib qo'yilgan, (u) majnun", - dedilar.


  1. Biz bu azobni (sizlardan) biroz arituvchidirmiz, sizlar ham (o'z kufru isyonlaringizga) qaytuvchidirsizlar.


  1. Dahshatli tutish bilan tutadigan kunimizda (Badr jangida yoki Qiyomatda) Biz intiqom oluvchidirmiz.


  1. Biz ulardan ilgari Fir'avn qavmini ham imtihon qilganmiz va ularga bir ulug' payg'ambar (Muso) kelgan edi.


  1. (U ularga degan edi): "Sizlar menga Allohning bandalarini (Isroil qavmini) topshiringlar! Albatta, men sizlar uchun ishonchli payg'ambardirman.


  1. Allohga kibr qilmanglar! Men sizlarga (payg'ambar ekanimga) aniq hujjat (mo''jiza) keltirurman.


  1. Men Rabbim va Rabbingizdan meni toshbo'ron qilishlaringizdan panoh so'radim.


  1. Agar menga imon keltirmasangizlar, u holda mendan chetlaningizlar!"


  1. Bas, u Parvardigoriga: "Ular jinoyatchi qavmdir", - deb duo qildi.


  1. Bas, (Musoga vahiy bo'ldiki:) "Bandalarim (Isroil avlodi) bilan birga tunda yo'lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur.


  1. Dengizni sokin qo'yavergin. Ular g'arq qilinuvchi qo'shindir".

25-26. Ular qanchadan-qancha bog'larni, chashmalarni, ekinzorlarni va so'lim joylarni qoldirib (g'arq bo'lib) ketdilar.

  1. Yana (qanchadan-qancha) o'zlari bahramand bo'lgan ne'matlarni (qoldirib ketdilar).


  1. Mana shunday. Biz u (ne'matlar)ni boshqa qavmga meros qilib berdik.


  1. Bas, ularga osmon ham, Yer ham (aza tutib) "yig'lagani" yo'q va ularga (tavba qilish uchun) muhlat ham berilmadi.


  1. Darhaqiqat, Biz Isroil avlodiga xor qiluvchi azobdan najot berdik,


  1. Fir'avndan. U, haqiqatan, mutakabbir va haddan oshuvchilardan edi.


  1. Darhaqiqat, Biz ularni (Isroil avlodini) bilgan holimizda olamlar (odamlar)dan tanlagan edik.


  1. Yana ularga mo''jizalardan zimnida aniq sinov borlarini ato etdik.


  1. Albatta, ana ular aytadilar:


  1. "O'lim faqat birinchi o'limimizdir va bizlar qayta tiriluvchi emasmiz.


  1. Bas, agar ("oxirat bor" degan so'zlaringizda) rostgo'y bo'lsangizlar, ota-bobolarimizni (qayta tiriltirib) keltiringlar-chi?"- derlar.


  1. Ular (kuch-quvvatda) yaxshiroqmi yoki Tubba' qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki, ular jinoyatchi (osiy) edilar.

Izoh: Tubba' qavmi deganda qadimda yashab o'tgan Tubba' ismli bir solih podshoning fuqarolari tushuniladi. Ular juda baquvvat va bahaybat bo'lishlariga qaramay o'z podshohlariga itoat etmaganlaridan keyin Alloh taolo u qavmni halok qilib yuborgan. Makka ahlining itoatsizligi tufayli shu kabi halokatga duchor bo'lishlari mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda.

  1. Biz osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab (behuda) yaratganimiz yo'q.


  1. Biz ularni faqat Haq (jiddiyat) bilan yaratganmiz. Lekin, ularning aksariyati bilmaydilar.


  1. Ajrim kuni (qiyomat kuni) barchalarining (hisob-kitob) vaqtidir.


  1. U Kunda do'st do'stga biror narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.


  1. Illo, Alloh rahmat qilgan kishilargagina (yordam berilur). Albatta, Uning O'zi qudratli va rahmlidir.


  1. Albatta, (do'zaxda o'sadigan) Zaqqum daraxti


  1. gunohkorning taomidir.


  1. (U) qorinlarda yog'dek qaynar


  1. qaynoq suvning qaynashidek.


  1. (Do'zax farishtalari:) "Uni (gunohkorni) ushlab do'zaxning o'rtasiga sudrab olib boringlar


  1. so'ngra boshidan qaynoq suv azobidan quyinglar!", - derlar.


  1. (Unga masxara sifatida: "Mana bu azobni) totib ko'rgin! Darhaqiqat, sen "aziz va mukarram"dirsan.


  1. Darvoqe, bu (azob) sizlar shubha qilib yurgan narsangizdir!" (deyilur. )


  1. Albatta, taqvoli zotlar (U Kunda) osoyishta joyda -


  1. bog'lar va chashmalar ustida bo'lurlar.


  1. Ular bir-birlariga ro'baro' bo'lgan hollarida, qalin va yupqa shoyidan liboslar kiyurlar.


  1. Mana shunday! Yana, Biz ularni tiniq va keng ko'zli hurlarga uylantirurmiz.


  1. Ular u joyda xotirjam bo'lgan hollarida har turli mevani chorlagaylar.


  1. Ular (jannatda) birinchi (dunyodagi) o'limdan boshqa o'limni totmaslar. (Alloh) ularni do'zax azobidan saqlagandir.


  1. (Bu) Parvardigoringiz (tomoni)dan bo'lmish fazldir. Mana shu ulkan yutuqdir.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) darhaqiqat, eslatma olishlari uchun Biz (bu Qur'onni) Sizning tilingiz bilan oson (yengil) qilib berdik.


  1. Bas, endi Siz (kofirlar holi ne kechishiga) ko'z tuting! Ular ham, albatta, (sizning halokatingizga) ko'z tutuvchidirlar.

JOSIYA SURASI
Josiya - tiz cho'kib o'tiruvchi degan ma'noni bildiradi.
Suraning 28-oyatida qiyomat kuni har bir ummat o'z taqdiri nima bo'lishini kutib, tiz cho'kkan holda o'tirishlari tasvirlangan. Shu sababli suraga mazkur so'z nom qilib olingan. Surada Isroil avlodining Allohga nisbatan noshukurchiliklari, umuman itoatsizlik va dunyoparastlikning mudhish oqibatlari haqida tanbehlar berilgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling